Demokratik institutlar tushunchasi va ularning o’ziga xos hususiyatlari
Reja:
1. Maxalliy davlat xokimiyati asoslari
2. O'zbekistonning jug'rofiy-strategik o'rni va imkoniyatlari
3. Strategik ahamiyatga molik resurslar
1. Maxalliy davlat xokimiyati asoslari
Maxalliy xokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
Qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash;
Xududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
Maxalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, maxalliy soliklar, yigimlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamgarmalarni xosil qilish;
Maxalliy kommunal xujalikka raxbarlik qilish;
Atrof-muhitni muxofaza qilish;
Fuqarolik xolati aktlarini kayd etishni ta'minlash; Normativ xujjatlarni qabul qilish hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Siyosiy partiyalar haqida
Siyosiy partiya O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat xokomiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan kosmining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiluvchi hamda o'z vakillari orkali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi kungilli birlashmasidir. O'zbekiston Respublikasining «Siyosiy pratiyalar tug'risida»gi Qonuni, 1-modda Shu bilan birga 1. Davlat siyosiy partiyalar, jamoat harakatlarining rivojlanishiga yordam bermokda, chunki siyosiy partiyalarsiz respublikada vakillik demokratiyasini tasavvur qilib bo'lmaydi.
2. Demokratiyaning sifati partiyalar sonining ko'p bo'lishi bilan belgilanmasligini xamma yodda to'tishi darkor. …Partiyalarning paydo bo'lishi, ularning soni, dasturiy yo'l-yuriklarining o'ziga xosligi va xokazolar esa ijtimoiy manfaatlar yig'indisi va jamlanishi orkali tabiiy yo'l bilan belgilanmogi kerak.Siyosiy partiyalar mavjud bo'lishining asosiy va birdan-bir prinsipi davlatning konstitusiyaviy me'yorlarini xurmat qilish va ularga rioya etishdan iborat bo'lmogi lozim.
3. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar Xalq bilan xokimiyat o'rtasida asosiy bog'lovchi bugin bo'lgan demokratik institutga tezroq aylanishi g'oyat muhimdir.
Jamiyatda barqarorlikni saqlash zarurligi haqida gapirar ekanmiz, siyosiy institut sifatidagi muxolifat masalasini tilga olmaslik mumkin emas. Bunday institutning mavjud bo'lishi demokratik jamiyat uchun shart bo'lgan va normal xoldir.
Muxolifat – siyosiy institut sifatida
Demokratik muxolifatning mavjud bo'lish shartlari
1. Konstitusiya va qonun normalarini xurmat qilish kerak.
2. Tashkiliy jihatdan rasmiylashgan bo'lishi kerak.
3. Tegishli yuridik makomga ega bo'lishi kerak.
4. Davlat qurilishining muqobil loyixalariga ega bo'lishi lozim.
5. O'z harakatlari bilan mamlakatdagi davlat va ijtimoiy tuzumning qat'iy, barqaror xolati uchun mas'ul bo'lishi lozim.Jamiyatning ko'p asrlik taraqqiyoti jarayonida shakllanib, doimo rivojlanib kelayotgan xar bir fanning o'ziga xos predmeti mavjud. O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kursi bundan istisno emas. Mazkur kursning predmetini O'zbekistonda davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi, demokratik, fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish, bozor munosabatlariga asoslangan ko'p ukladli iqtisodiyotni qaror toptirish, jamiyatimizni ma'naviy qayta tiklash va yuksaltirish, O'zbekistonning teng huquqli xamkorlikka asoslangan tashqi siyosati nazariyasi va amaliyoti tashkil etadi. Bundan yaqqol ko'rinib turibdiki, «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» bir biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan quyidagi besh turkum muammolardan tarkib topgan.
1. O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati bilan bog'liq bo'lgan muammolar.
O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi muhim ijtimoiy-siyosiy, tarixiy va olamshumul voqea hisoblanadi. Bunga biz tasodifiy ravishda yoki bo'lmasa oppa-osongina erishganimiz yo'q. Uni hech kim bizga hadya etgan xam emas.
Mustaqillikka Xalqimiz ko'p yillar davom etgan jiddiy va mashaqqatli kurashlar evaziga erishdi. Avlod-ajdodlarimiz tomonidan olib borilgan kurashlar bo'lmaganda biz hech qachon mustaqillikka erishmasdik.
O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi – bu jamiyatimizning oldingi taraqqiyoti tomondan tayyorlangan, bosqichma-bosqich jiddiy kurashlar tufayli sodir bo'lgan ob'ektiv va qonuniy jarayondir.
Xalqimizning asriy orzusi bo'lgan mustaqillikni qo'lga kiritishda Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimovning xizmatlari katta. Yurtboshimizning o'zbek xalqini ozodlikka chiqarib, siyosiy va iqtisodiy inkroz botkogidan olib chiqish yo'lidagi sa'y-xarakatlari btun dunyo e'tirof etdi.
Mustaqillikka erishish tarixini batafsil o'rganmasdan turib mazkur hodisaning mohiyati va ahamiyatini tug'ri anglab olish mumkin emas.
2. O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat asoslarining barpo etilishi va xususiyatlari. Respublikamizning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi bilan jamiyatimizda siyosiy islohotlar avj olib ketdi. O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurishning nazariy asoslari va ularni hayotga tatbiq etish yo'llari ishlab chiqildi. Shunga muvofiq, respublikamizda eski ma'muriy-buyrukbozlikka asoslangan xokimiyat tizimidan milliy davlatchilik tizimiga o'tish mexanizmi yaratildi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilindi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyati barpo etildi. Maxalliy davlat xokimiyati organlari – viloyat, shahar, tuman xokimiyatlari tashkil etilib ularning vakolatlari belgilab berildi. Demokratik institutlari va fuqarolik jamiyatni qaror toptirish siyosati ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi. Siyosiy partiyalar, nodavlat jamoa tashkilotlari va boshqa jamoat barlashmalarning O'zbekiston respublikasi hayotidagi o'rni asoslab berildi.
Shuningdek, davlat mudofaa qobiliyatini mustaxkamlash, islohotlar huquqiy asoslarini yaratish, inson huquqlarini himoya qilish, huquqiy ongni rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan nazariy va amaliy tadbirlar ishlab chiqildi. Mazkur masalalar «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kursning asosiy muammolari deb hisoblanadi.
3. Iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlarini shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan muammolar. Mazkur muammolar turkumiga O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li, uning asosiy tamoyillari va xususiyatlari, iqtisodiy islohotlar va bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini yaratish va ularni hayotga tatbiq etish, ko'p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfining shakllanishi, tadbirkorlik, kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, bozor infratuzilmasini shakllantirish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, aholini ijtimoiy muxofaza qilish kabilar kiradi. Mazkur masalalarni chuqur va atroflicha anglab olish jamiyatimizda sodir bo'layotgan iqtisodiy islohotlarning mohiyatini ongli ravishda idrok etib faoliyat ko'rsatishning muhim omilidir. 4. Jamiyatimizning madaniy-ma'naviy tiklanishi va yuksalishi bilan bog'liq bo'lgan muammolar. Mustaqillikni qo'lga kiritgach, dastlabki kunlardanok ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bexabo ma'naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash - davlat siyosatining muhim yo'nalishlariga aylanadi. Natijada Xalqimizning o'z takdirining chinakam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga xos milliy qadriyatlarning, madaniyatining sohibiga aylanadi. Davlatimiz tomonidan ma'naviy tiklanishning ijobiy, bunyodkorlik mohiyatini kuchaytirishga qaratilgan, bir-birini to'ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va madaniy dasturlar majmuasi ishlab chiqildi. «Ushbu dasturlar, - deydi I.A.Karimov, - birinchi navbatda, qayta tiklanayotgan merosga farqlab yondoshishga, eng muhim, umuminsoniy qadriyatlari boyitadigan hamda jamiyatimizni demokratiyalash va yangilash talablariga javob beradigan, axloq jihatdan ahamiyatli an'analarni, urf-odatlarini tanlab olish zaruriyatiga asoslangan edi». Mazkur dasturning hayotga izchillik bilan tatbiq etish natijasida ma'naviy hayotimizda muhim o'zgarishlar ro'yobga chiqdi. Milliy merosimiz, qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz tiklandi, dinga munosabatimiz o'zgardi, ona tilimizga davlat makomi berildi, milliy iftixori usdi. Ta'lim-tarbiya sohasida, kadrlar tayyorlash tizimida muhim o'zgarishlar bo'layotir. Milliy qadriyatlarimiz mazmunan boyib jahon madaniyatiga qo'shilishda vositachilik rol o'ynab kelmokda. Jamiyatimizning ma'naviy hayotidagi tub sifat o'zgarishlarni sinchiklab anglab olish O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish jarayonini ilmiy asoslab berishda katta ahamiyat kasb etadi. 5. O'zbekistonning milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli xamkorlikka asoslangan tashqi siyosati bilan bog'liq bo'lgan muammolar. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko'p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish – davlatimizning mustaqilligini mustaxkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va Xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g'oyat muhim vositasidir. Shuni e'tiborga olgan xolda Respublikamiz o'zining Xalqaro obro'-e'tiborini qozonish va mustaxkamlash, Xalqaro huquqning teng huquqli sub'ekti sifatida o'zini qaror toptirishga qaritalgan tashqi siyosati, uni amalga oshirish yo'llarini belgilab oldi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlarini mamlakatimiz milliy xavfsizligini ta'minlash, unga taxdid solib turgan mintaqaviy mojarolar, diniy ekstrimizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, maxalliychilik va urug-aymokchilik, ekologik muammolarni oldini olish, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlikni saqlab qolish, O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalari, MDG', Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama xamkorligi kabilar tashkil etadi. Mazkur masalalar xam «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kursi muammolar doirasiga kiradi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan yo'nalishlarga daxlli bo'lgan muammolar bir-biri bilan o'zviy bog'langan, shuning uchun xam ularni birini ikkinchisidan ajratib qarash mumkin emas. Shuni xam aholida eslatib o'tish joizki, «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kursning predmeti, muammolar doirasi hayotiy extiyojlardan kelib chiqkan xolda mazmunan boyib, o'zgarib turadi. Shu tariqa eski muammolar xal etilgandan keyin uning o'rnini yangi muammolarning qalqib chiqishi tabiiy xoldir. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, mazkur kursni o'zlashtirishda xar bir masalaga ijodiy yondoshish maqsadga muvofiqdir. «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» predmeti doirasiga kiradigan muammolar bilan «Davlat va huquq asoslari», «Iqtisodiyot nazariyasi», «Ma'naviyat asoslari», «Siyosatshunoslik», «Falsafa», «Sotsiologiya» va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlari xam shug'ullanadi. «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kursi jamiyatning umumiy tuzilishi, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy, millatlararo va davlatlararo munosabatlarining shakllanishi va taraqqiy etish qonuniyatlari bilan shug'ullanadi. Shu sababli u boshqa jamiyatshunos fanlarga nisbatan kishilarni keng ko'lamli ma'lumotlar bilan qurollantiradi. Mana shu xususiyati bilan «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kursi jamiyatni falsafiy tushunishga yordam beradi. Lekin u falsafaning o'rnini bosa olmaydi. Chunki Falsafa «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti»ga nisbatan nafaqat jamiyat, balki tabiat, inson tafakkurining eng umumiy aloqadorlik va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadigan fandir. Shuning uchun xam u barcha tabiiy va ijtimoiy fanlarning umumiy metodologik asosini tashkil etadi.2. Dunyo xaritasida paydo bo'lgan yosh mustaqil davlatlar safida O'zbekiston Respublikasining mavjudligi jahonda yuz bergan va kelajak uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan ulkan voqeadir. O'zbekiston davlat mustaqilligi nixoyatda og'ir, uta murakkab, qaltis va taxlikali vaziyatda amalga oshdi. Bu paytlarda davlat mustaqilligimizga xavf-xatar va taxdid solayotgan, uni gudakligidayok bugib uldirishga shay turgan, tish-tirnogigacha qurolmagan yovuz kuchlar respublikamizning xam ichkarisida, xam tashkarisida to'lib-toshib yotgandi. O'sha kezlarda vaziyat o'ta ketgan darajada xatarli tus olgandi. Vaziyatni boshqarishni eplay olmay qolgan sobiq Markaz mustaqillik, erkinlik yo'lida qilinayotgan xar qanday xarakatlarni shafqatsiz ravishda bostirib yo'q qilib tashlashga tayyor edi.
O'zbekiston vaziyat qanchalik og'ir va mashaqqatli bo'lishiga qaramasdan va zarracha cho'chimasdan mustaqillik, istiqlol va erkinlik uchun dadillik bilan kurash boshladi. Respublika Oliy kengashining 1989 yil 21 oktyabrda O'zbekistonning Davlat tili haqida qabul qilgan qonuni mustaqillik yo'lidagi dastlabki qadam bo'ldi.
Respublika Oliy Kengashi o'zining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida o'sha paytdagi SSSR respublikalari ichida birinchi bo'lib O'zbekistonda prezidentlik lavozimini ta'sis etish haqidagi qaror qilindi. O'sha sessiyada o'tkaziladigan saylovda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi Islom Abdug'aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo'li bilan O'zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi. O'zbekistonda Prezidentlik lavozimining ta'sis etilib Islom Karimovning Prezident etib saylanishi mamlakatimiz mustaqillik yo'lidagi yangi bir yutuq edi. Moskva o'sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar raxbarlari orasida islom Karimovning birinchi bo'lib prezidentlikka saylanganligini juda salbiy qabul qildi.
O'zbekiston o'zining erkinlik va mustaqillik sari uzoqni kuzlagan adolatli, qonuniy xarakatni zarracha bo'lsa-da to'xtamasdan davom ettiraverdi. Bu sohada erishgan eng katta muvaffaqiyatlardan yana biri - O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»dir. «Mustaqillik Deklaratsiyasi»da O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilingan. Ana shu muhim xujjatda, shuningdek, O'zbekiston davlatining o'z xududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanxo xokimligi, davlat xududi chegarasi dahlsizligi va bu xudud Xalqning muxokamasiga qo'yilmay turib, o'zgartirilishi mumkin emasligi belgilab qo'yilgan.
Mustabid, ma'muriy-buyrukbozlik tuzumi tarafdorlari chok-chokidan smirilib borayotgan va siyosiy buxron botqog'iga botib qolgan Ittifoqni qanday qilib bo'lsa-da saqlab qolish ilinjida kurashni avj oldirib yubordilar. O'z maqsadlarini amalga oshirish uchun turli yo'llar, vositalar va imkoniyatlardan foydalandilar. Bir gurux amalparastlar 1991 yilning 19-21 avgustida Moskvada Yanayev raxbarligida davlat to'ntarish qilishga xam urinib ko'rdilar. Favqulodda xolat davlat Qo'mitasi-GKChP tuzilib M.S.Gorbachev xokimiyatdan zo'ravonlik yo'li bilan chetlashtirildi. Fitna qatnashchilarining asosiy maqsadlari SSSR tarkibidagi barcha Xalqlar va millatlarning mustaqillikni qo'lga kiritishlariga yo'l kuymaslik, Ittifoqdan chiqish yo'lidagi xarakatlarni bo'g'ib tashlash, eskirib, o'z umrini tugatib bo'lgan totalitar tuzumni xalok bo'lishdan saqlab qolish edi.
O'zbekiston raxbariyati Islom Karimov raxbarligida g'oyatda murakkab va qaltis bir paytda ro'y berayotgan voqealar va siyosiy jarayonlar rivoji va taraqqiyotiga siyosiy xushyorlik va donolik bilan baxo berdi. O'zbekistonning o'z mustaqilligiga erishish uchun boshlangan xarakati kat'iy ekanligi, bu yo'ldan hech qachon qaytmasligi yana bor alohida ta'kidlandi.
Vaziyat tobora taranglashib, Markaziy xokimiyat kalovsirab, boshqaruv qobiliyatini yo'qotib, siyosiy jihatdan karaxt bo'lib, kuchli inqirozga uchrab qolgan paytda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1991 yil 31 avgustda Toshkentda Oliy Kengash YI sessiyasi chaqirildi. Uning O'zbekistonni mustaqil davlat deb e'lon qilinishida tarixiy ahamiyati katta bo'ldi. O'sha sessiyada «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qilish tug'risida» O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qarori, «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi tug'risida» Oliy Kengash Bayonoti, hamda «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi Asoslari tug'risida» O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Oliy Kengash qabul kilgan bu xujjatlar mustaqillik haqidagi Xalqimiz orzu-niyatlarining ro'yobga chiqkanligining huquqiy asosi bo'ldi.
1 sentyabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni deb belgilanib va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilindi.
Shunday qilib, O'zbekistonda davlat mustaqilligi tinch, parlament yo'li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliklarsiz amalga oshdi. Murakkab tarixiy vaziyat davlat mustaqilligi borasida erishilgan yutuqlarni mustaxkamlashga zudlik bilan kirishishni takozo etardi.
Buning uchun, eng avvalo, Xalqning mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur edi. Ana shu maqsadda Oliy Kengash 1991 yilning 29 dekabr, yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasining referendumi o'tkazilishi haqida qaror qabul qildi. Ovoz berish referendumiga O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e'lon qilingan «O'zbekiston Respublikasininng davlat mustaqilligini ma'qullaysizmiq» degan savol kiritildi. Ovoz berish uchun tuzilgan ro'yxatga kiritilgan fuqarolar sonining 94,1 foizi ishtirok etdi. Saylovchilarning 98,2 foizi respublika davlat mustaqilligini quvvatlab ovoz berdi. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan shu tariqa to'la ma'qulladi. O'zbek Xalqining mustaqillikka ega bo'lish hamda dunyo xamjamiyati orasida o'zining munosib o'rniga ega bo'lish tug'risidagi orzu-niyatlari ro'yobga chiqdi.
Asosiy Qonun – Konstitusiyada belgilab qo'yilganidek, O'zbekiston Respublikasi mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat Gerbi, Davlat Bayrog'i, Davlat Madhiyasiga ega. Ular ma'naviyatimizning eng muhim timsollari xamdir. Davlat ramzlari uning tuzumini, Xalqning tabiati-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini, ma'naviyatini, ona-Vatanga iftixor va cheksiz xurmatni va boshqa muhim belgilarni anglatadi. Davlatimiz ramzlari-bayrok, tamg'a, madxiya O'zbekiston xalqlarining shon-sharafi, gururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e'zozlash-o'zining qadr-qimmatini, o'z mamlakatiga va shaxsan o'ziga bo'lgan ishonchni mustaxkamlash demakdir. O'z mamlakati bilan faxrlanadigan inson juda ko'p narsalarga qodirdir. Bu esa oilaning xam, o'z Vatanining xam shon-shuxratini oshiradi.
O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyin mamlakatda davlatni idora etishning zamonaviy va samarali shakli-prezidentlik shakli tizimi qaror topa boshladi. 1991 yil 18 dekabrda Oliy Kengashning navbatdagi YIII sessiyasida «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tug'risida» qonun qabul qildi. 1991 yil 29 dekabrda mustaqil O'zbekiston Respublikasida birinchi marta butun Xalqning xoxish-istagini ifoda etgan Prezident saylovi bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muqobillik asosida bo'ldi. Saylovda 9 million 900 ming 958 kishi qatnashdi. Bu barcha saylovchilar umumiy sonining 94,2 foizini tashkil etadi. islom Abdug'aniyevich Karimov nomzodi uchun 8 milion 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. Islom Karimov – umumxalq ovozini qozonish yo'li bilan saylangan O'zbekistonning birinchi Prezidentidir.
Prezident saylovi O'zbekistonning butun xududida chinakam demokratik asosda, fuqarolarning yuksak darajadagi faol ishtiroki bilan o'tkazildi. Dunyoning AKSh, Turkiya, Malaziya va boshqa mamlakatlaridan kelgan xolis kuzatuvchilar O'zbekiston Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan puxta tashkil etilganligini alohida ta'kidladilar.
O'zbekiston davlat mustaqilligini jahon xamjamiyati, Xalqaro jamoatchilik qo'llab-quvvatladi. Xozir dunyodagi 165 mamlakat O'zbekiston davlat mustaqilligini tan olgan. Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida O'zbekiston Xalqaro huquqining teng huquqli sub'ekti, mustaqil, yosh suveren davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi va BMT binosi oldida uning Davlat Bayrog'i kutarildi. Mustaqillik siyosiy sohada – O'zbekistonning milliy manfaatlari va istiqboliga mos keladigan ichki va tashqi siyosatni o'zi istaganicha, biron-bir buyuk davlatning ta'siri doirasiga tushib qolmasdan, buyruklarga quloq solmasdan, o'z xalqi irodasi asosida olib borish va amalga oshirish huquqiga ega bo'lishdir. O'zbekistonning o'zining Asosiy Qonuni-Konstitusiyasiga, davlat bayrog'iga, xokimiyat va boshqaruv idoralari tizimiga, davlat ramzlari va davlat mukofotlariga ega ekanligi xam uning siyosiy mustaqilligini bildiradi.
Mustaqillik iqtisodiy sohada – huquqiy asosni yaratdi. Bu xaqda 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi Asoslari tug'risida»gi Qonunining 7-moddasida shunday deyilgan: «O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir».
Mustaqillik ma'naviy sohada - bu o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni, madaniyatimiz va an'analarimizni, din va e'tikodimizni, tilimiz va ma'naviyatimizni qayta tiklash va rivojlantirishda erishilgan huquqdan xam iboratdir.
Mustaqillik Xalqaro sohada – bu xalqaro maydonda mustaqil davlat sifatida tan olinishi. Mustaqil tashqi siyosat yuritish. Xalqaro munosabatlarning mustaqil sub'ekti. Xalqaro xamjamiyatning, xalqaro tashkilotlarning to'la huquqli a'zosi. Jahon xamjamiyatidan munosib urin egallash. Jahonning ko'plab mamlakatlari bilan diplomatik, iqtisodiy, madaniy xamkorlik tug'risida shartnoma va bitimlar to'zish. Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan shartnoma va bitimlar orkali boglanish va xamkorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |