Pxesol to‘plamlari Pxesol to‘plamlari asar yozilgan davrdagi muhit va o‘sha davr adabiyoti haqida ma’lumot beruvchi muhim manba hisoblanadi. Ushbu asarlar orqali mamlakat hukmdori ya’ni qirolga muhim ma’lumotlar yetkazib turilgan. Ana shu jihatidan ham bu to‘plam muhim manba hisoblanadi. Chunki, bu to‘plamlarda o‘sha davr tarixi, madaniyati, o‘sha davr odamlari haqida qimmatli ma’lumotlar o‘z aksini topgan.
Pxesol to‘plamlaridan keltirilgan dastlabki namuna bu “Bekorchilikdan” nomli asardir. Bu asarni o‘qir ekanmiz bir qarashda Turnalar vodiysi deb atalmish makon ko‘z oldimizda jannatmakon o‘lka sifatida gavdalanadi. Ushbu asarni o‘qigandan keyin koreys va o‘zbek adabiyotining yana bir o‘xshash qirrasiga guvoh bo‘ldim. Koreys adabiyotidagi Turnalar vodiysini o‘zbek adabiyotidagi Susambil deb atalmish o‘lkaga tenglashtirsak bo‘ladi. Bilamizki, o‘zbek adabiyotida Susambil jannatmakon o‘lka sifatida tasvirlanadi. Xuddi shunday o‘lka sifatida koreys adabiyotida Turnalar vodiysi keltiriladi.
Ushbu asarda Turnalar vodiysi tabiati, uning go‘zalligi ajoyib tarzda ifodalangan. Turnalar vodiysi yerlarining unumdorligi ko‘p marta aytib o‘tilgan. Ko‘plab odamlar Turnalar vodiysini qidirib ketishi haqidagi ma’lumotlarni yaxshilab tahlil qiladigan bo‘lsak, mamlakatda ijtimoiy iqtisodiy vaziyat qiyinligini, xalq ocharchilikdan qiynalayotganligini bilib olishimiz mumkin. Nima sababdan bunday xulosaga kelganimni aytsam, insonlar jannatmakon o‘lkani qidirishi, farovon va to‘kin-sochin hayotni orzu qilishi ayni paytdagi yashash sharoiti qiyinchiliklarga to‘la ekanligini, mamlakatda oddiy xalq qiynalayotganligini anglatadi. Bunday hayotdan zerikkan oddiy xalq asta-sekin boshqa joylarga ko‘chib ketayotganligini ham bilib olishimiz mumkin.
“Unda Sin davrida olatasirda yashashdan bezor bo‘lgan odamlar xilvat bir joyni izlab topganlari va shu yerda tanda qurganlari haqida hikoya qilinadi”. Ushbu ma’lumotlar bir Zohidning “Shaftoli chashmasi” asarida keltirilgan. Tarixdan ma’lumki, Xitoyning qadimiy Sin sulolasi dehqonlar qo‘zg‘aloni tufayli tanazzulga uchragan. “Shaftoli chashmasi” asaridagi ma’lumotlarni hikoyada keltirishdan maqsad mamlakatda xalq noroziligi kuchli ekanligi, vaziyat yaxshilanmasa Sin sulolasi davrida sodir bo‘lgani kabi xalq qo‘zg‘aloni kelib chiqishi mumkinligiga ishora qilinmoqda. Pxesol to‘plamlarining har birida qirolga ma’lumotlar yetkazib turilganligini inobatga olib yuqoridagi xulosaga yetarlicha asos bor deb o‘ylayman.
Bu malumotlar nafaqat o‘z davri, balki hozirda ham qimmatbaho ma’lumotlar hisoblanadi. Bunga yuqoridagi ma’lumotlar orqali yana bir bora amin bo‘ldim.