Parodont to’qimasini tuzilishi, funksiyasi. Parodont kasalliklarini tasnifi. Parodontologiya to’g’risida umumiy tushuncha, terminologiya


Parodont kasalliklarini kelib chiqish sabablari (etiologiya) va



Download 355,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana14.02.2023
Hajmi355,43 Kb.
#911048
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Parodont to’qimasini tuzilishi, funksiyasi. Parodont kasalliklar

. Parodont kasalliklarini kelib chiqish sabablari (etiologiya) va 
rivojlanishi (patogenez). 
Ko’p sonli o’tkazilgan tadqiqotlarga qaramasdan, parodont kasalliklarining kelib 
chiqish sabablarini va kasallik rivojlanishining mexanizmi hozirgacha tulik 
aniklanmagan. Juda ko’p nazariyalar mavjud. Blessing 1911 yilda parodont 
kasalliklarining kelib chiqish sabablarini o’rganishga bag’ishlangan nazariyalar 
soni 350 ga yetganligi to’g’risida ma’lumot bergan edi. Tabiiyki, undan keyingi 
yillar ichida ham juda ko’p nazariyalar paydo bo’ldi. 
Barcha nazariyalarni uch guruhga bo’lsa bo’ladi. 1. Tashqi — ekzogen 
ta’sirotlarni maxalliy-parodont to’qkimalariga ta’siri; 
2. 
Ichki-endogen 
sabablar bo’lib, ular organizmdagi patologik o’zgarishlardir; 3. Ichki va tashki 
ta’sirotlar oqibatida kelib chiqishi. Albatta parodont kasalliklari tashqi va ichki 
sabablar, ularning umumiy ta’siri ostida kelib chiqishi to’g’riroq hisoblanadi, 
Lekin, shuni bilish kerakki, etiologiya va patogenez bir-biriga bog’lik, ularni 
ayri o’rganish to’g’ri emas. Bu hakda 1903 yildayok Arckovy aytgan edi. 
Mahalliy va umumiy ta’sirotlarni bir-biridan ayri holda emas, balki bu 
ta’sirotlar organizmga birin-ketin o’zaro bog’lanib ta’sir etadi. Lekin ularni 
o’rganish uchun shartli ravishda bo’lamiz. Parodont kasalliklarining tarkibi 
quyidagicha: 20 yoshgacha asosan gingivitlar, ular orasidan esa kataral 
gingivitlar (80—90 gacha). 20 yoshdan keyin ko’proq parodontitlar 
uchraydi. Parodontoz 4— 5 ni tashkil etadi. Demak, asosan yallig’lanish 
bilan kechadigan gingivit va parodontitlar ko’p uchraydi. 


Mahalliy omillar. Ba’zi tadqiqotchilar parodont kasalliklari mahalliy sabablar 
oqibatida kelib chiqishini yozadilar. Bu sababchilar: tish karashlari, tish 
toshlari, tishlarga tushadigan bosimning noto’g’gri taqsimlanishi (prikusning 
buzilishi, tishlar distopiyasi, zichligi), mikroflora va boshqalar. Shuni 
aytish kerakki, faqat mahalliy omillar parodont kasalligi sababchilari bo’la 
olmaydilar. 
Umumiy omillar. Organizmda modda almashinuvining buzilishi, asab tizimining 
buzilishi, endokrin buzilishlar kabi umumiy ta’sirotlar albatta kasallik kelib 
chiqishida axamiyatlidirlar. Oqsil modda almashinuvi. vitaminlar gipoavitaminozi 
holatlari, qon tomirlari vazifalarining buzilishi, maxalliy parodont tuqimasining 
kislorod bilan ta’minlanish jarayonining buzilishi, asab tizimi kasalliklari kabi 
holatlar parodont kasalligini paydo bo’lishi va rivojlanishida katta ahamiyat kasb 
etadilar. Yallig’lanish, infeksiya, kimyoviy, fizikaviy, mexanik, immunologik, 
organizm qarshilik kuchi (reaktivligi)ni pasayishi va boshqa ko’pgina sabablar 
ta’sirida maydonga keladi. 
VOZ (Butun dunyo 
SOG

LIKNI 
Saklash tashkiloti) ma’lumotlariga qaraganda, 
gingivitni kelib chiqishida tishda yig’iladigan mikrobli karashlar sababchi 
bo’ladilar. Tish pellikulasi ustida 
OG

IZ 
tozalik qoidalarini saqlash darajasiga 
qarab, turli 
HO
latlarda ko’p yoki oz karashlar yig’iladi. Karashlar asosan, 
polisaxoridlar va oksillar, karbonsuvlar, tuzlar, fermentlardan iborat. Undan 
tashqari organik tarkiblar bilan bog’langan noorganik moddalar—kalsiy, fosfor, 
magniy, kaliy, natriylar xam bor. Ye. V. Borovskiy, T. I. Lemeskaya va 
boshqalar parodontning 
YALLIG

LANISH 
kasalliklarnda mikrob omiliga ko’prok 
urg’u 
berishadi. 
Ularning 
fikricha, 
parodont 
to’qimasida 
yig’iladigan 
mikrorganizmlar ma’lum qonuniyatga amal qilib, 2—3 kecha — kunduzdan keyin 
milkda grammanfiy va grammusbat kokklar, 4—5 kundai keyin — 
fuzobakteriyalar, 7-kundan boshlab spiroxstalar, spirilalar paydo bo’la 
boshlaydi. Mikrobli karashlar tarkibini 70 yaqin mikroorganizmlar tashkil etar 
ekan. Ular tish toshlarini paydo bo’lishida ham muhim rol o’ynaydi. 
So’lak tarkibini, buzilishi (giposalivasiya, kserostomiya), ya’ni so’lak bezlari 
vazifalarining buzilishi oqibatida ham tish karashlari, toshlari paydo bo’lishi 
tezlashadi, chunki mexanik tozalanish jarayoni buziladi. Yana boshqa 
parodontning yallig’lanishining sabablaridan, mexanik (noto’g’ri qo’yilgan— 
milkni bosib, jaroxatlaydigan plomba qismlari, milkka ortiqcha kirib turadigan 
su’niy qoplamalar, noto’g’ri tayyorlangan ortopedik, ortodontik moslamalar, 
ularning klammerlari, boshqa yatrogen omillar), kimyoviy, va fizikaviy milk 
jarohatlari kabi sabablarni ko’rsatish mumkin. 


Mahalliy 
sabablardan, 
og’iz 
daxlizining 
kichikligi, 
lablar 
va til 
yuganchalarining yopishganlik anomaliyalari ham kasallikka sabab bo’la 
oladilar (Arifdjanov A. Q, Safarov T. X. va boshq, 1989). 
Umumiy sabablardan, qanddi diabet, Isenko — Kushing kasalligi, jinsiy tizimning 
garmonal buzilishi, asab va ichki kasalliklar (oligofreniya, revmatizm, modda 
almashinuv kasalliklari, nefropatnya va boshkalar), oshkozon-ichak kasalliklari 
(T. X. Safarov, 1970—1986; V. A. Yepishev, 1972 va boshkalar) parodont 
kasalliklarini kelib chiqishida, rivojlanishida katta ahamiyatga molik sabablar 
bo’la oladi. 
Keyingi yillarda (T. X. Safarov, I. S. Maщyenko, T. I. Lemeskaya va 
boshkalar) parodont kasalligida immunologii tizimning ishi buzilishi katta rol 
uynashini ilmiy asoslangan. T. X. Safarov (1986) kliniko-laboratoriya 
tekshiruvlar natijasida oshqozon-ichak kasalliklarida asosan (85) 
YALLIG

L
A
NISH 
bilan kechadigan parodont kasalliklari, kam (14) parodontoz uchrashini anikladi. 
Oshqozon-ichak kasalliklarida kechadigan parodont kasalliklarining asosiy 
xususiyati, ularning tarqalganligi (generallashganligi)dir, xususan oshkozon 
sekretorligini yetishmasligi bilan kechadigan gastritlar, oshkozon yarasi va o’n 
ikni barmoqli ichak yarasi kasalliklarida. Demak, parodont kasalliklarining kelib 
chiqish sabablari to’liq aniqlanmagan bo’lsada, ilmiy asoslangan dalillar 
mavjudligi ma’lum. 
VOZning pardontologiya (1977) buyicha ekspertlar komiteti gingivit va 
parodontitni etiologiyasini quyidagi sxema bo’yicha tushinishni taklif etadi: 

Download 355,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish