Parodontning vazifalari
Parodont to’qimasi tushadigan katta-kichik tashqi va ichki ta’sirotlarga odam umri
o’tib borishi bilan ko’nikib boraveradi. Masalan,
sut va doimiy tishlarning
chiqib borishi, ayrim tishlarni tish qatoridan chiqishi, ovqatlik maqsulotlarning
turli konsistensiyali bo’lishi, tananing turli kasalliklari,
turli jarohatlar va
hokazolarga parodontning moslasha borishi, uning katta moslashish qobiliyatidan
darak beradi.
Parodont quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. to’sik,— baryer vazifasi; 2.
oziqlantirish— trofik vazifasi; 3. chaynov bosimini taksimlash vazifasi;
4.
yangi
to’qima xosil qilish— plastik vazifasi; 5. amortizasiya vazifasi,
Himoya (to’siq) — baryer
vazifasi parodont to’qimasining butukligi,
SOG
’
LOM
davridagi muxit o’zgarishlariga bog’lik salbiy ta’sirotlardan
organizmni saqlab
qoliishi ta’minlash, infeksiyaga, sensibilizasiyaga, intoksikasiyaga qarshi
kurashish qobiliyatidir.
Parodontning baryer vazifasi quyidagilar bilai belgilanadi: 1. milk epiteliyasining
shoxlanishi (yallig’lanishda bu jarayon buziladi); 2.
kollagen tolalar
tutamlarining ko’pligi; 3. milkning chidamliligi;
4.
parodontning qo’shuvchi
to’qimasidagi glyukozaminoglikanlarning holati; 5. tish-milk yorig’i, ariqchasi
tuzilishining va vazifasining o’ziga xosligi; 6. so’lak tarkibidagi lizosim, ingibin,
immunoglobulin va shunga o’xshash biologik faol narsalar ta’sirida
uning
bakteriyalarga qarshi kurashish qobiliyatining bo’lishi; 7. semiz va plazmatik
hujayralarning bo’lishi munosabati bilan antitelolarning hosil bo’lishi kabilar.
Himoya vazifasini peroksidaza ham suyakning osteoklastlar ta’sirida so’rilishi
va lizosimal fermentlarning faolligini
:
boshqarib turishi bilan ta’minlaydi.
Oziqlanish
— trofik vazifasi undagi ko’p sonli kapilyarlar va asab tolalari
bo’lgani bilan belilanadi. Bu vazifa parodontdagi mikrosirkulyasiyaning
holatiga bog’liqdir. Parodontning reflektor boshqarilishi (regulyasiya) unga
tushadigan
chaynov bosimini taqsimlash, u yerdagi ko’p sonli asab uchlari
(reseptorlar) orqali turli reflektor yo’llarga uzatilishi bilan belgilanadi.
Yangi to’qimalarni hosil qilish — plastik
vazifasi parodont to’qimalarida me’yorda
doimiy ravishda va patologik xolatlarga javoban yangi to’qimalar hosil bulishi
bilan belgilanadi. Bu vazifani bajarishni sementoblast va osteoblast hujayralari
ta’minlaydi.
Undan tashkari fibroblastlar, semiz hujayra va boshkalar,
shuningdek kapillyarlar modda almashinuvi kam o’z hissalarini qo’shishadi.
Amortizasiya
qilish vazifasini kollagenli va elastik (egiluvchan) tolalar bajaradi.
Chaynov paytida tish alveolasini, parodont tomirlari va asablarini periodont
boylami — tish toj kismini aylana boylami (lig circularae dentis)
salbiy
ta’sirotlardan asrab turadi.
Shunday qilib, parodont kompleks adaptasion vazifalarni bajarishi butun organizm
uchun katta axamnyatga ega. Biror-bir vazifasini bajara olmasa, parodont
to’qimasining o’zaro bog’likligi buzilib, kasallik kelib chiqishiga sabab tug’iladi.
Demak, parodontning barcha vazifalari o’zaro bog’liq bo’lib, fiziologik ichki va
tashqi muvozanatni muvofiqlashtirib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: