O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT STOMATOLOGIYA INSTITUTI
Mavzu 4
Tishlarning xususiy anatomiyasi. Doimiy kesuvchi, qoziq va premolyar tishlarning anatomiyasi: umumiy tasnifi, chiqish vaqti, xar bir tish tuzilishining xususiyatlari va ularning o‘zaro farqlari. Yuqori va pastki jag‘ premolyar tishlarining o‘zaro farqlari. Tishlarning rivojlanish anomaliyalari
TISHLARNING XUSUSIY ANATOMIYASI
Doimiy tishlar
Doimiy tishlar – dentes permanents, 32 ta tishlardan iborat: 8 ta kesuv tishlar, 4 ta qoziq tishlar, 8 ta kichik oziq tishlar (premolyar) va 12 ta katta oziq tishlar (molyar).
Do'stlaringiz bilan baham: |