Pastki kesuv tishlar.
Medial (markaziy) pastki kesuv tish – oldingi tishlar orasida xajmidan eng kichikroq. Toj qismi tor, uzun. Kesuv qirrasining medial va distal qirralari to‘g‘ri burchak shaklida, shuning uchun toj burchak belgisi yaxshi sezilmaydi. Vestibulyar yuzasida vertikal yo‘nalgan 3 ta bolishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Til yuzasi bir tekis, bo‘yin qismida 1ta dumboqcha mavjud. Til qiyalari sezilarsiz. Odatda tish bir ildizli, kam xollarda 2ta illizli bo‘lishi mumkin. Kanallarining soni va tuzilishi ildizlarning tuzilishiga mos bo‘ladi. Ikkita kanalli ildizlar uchida birlashadi. Tish kanali ko‘ndalang kesimda oval shaklida, medio-distal tomonda biroz ezilgan. Uzunligi - 21,5 mm, tojning uzunligi – 9-9,5mm, tojning meziodistal diametri -3,5-5mm, vestibulo-lingval – 5,5- 6 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |