Tish ozi nima ?



Download 0,59 Mb.
Sana20.01.2020
Hajmi0,59 Mb.
#36006
Bog'liq
Tish ozi nima

Tish ozi nima ?

Tish- odam va ko`pchilik jag`og`izli umurtqali hayvonlar og`iz bo`shlig`idagi suyak tuzilma;ovqatni tishlab uzib olish; chaynash va tutib turish uchun xizmat qiladi. Odamda bundan tashqari, ba`zi tovushlarni talaffuz etishda ham qatnashadi. Tishlar ketma-ket joylashib, tish yoyi yoki qatorni hosil qiladi. Katta yoshdagi kishilarda har bir tish qatorida shakli va ildizlar soni bilan bir-biridan farq qiladigan 16ta : 4ta kechuvchi, 2 qoziq, 4ta kichik jag` va 6ta katta jag` tishlAR joylashgan.

Tish tuzilishi. T. koronka, boʻyin va ildizdan iborat; koronka va ildizni T. boʻyni chegaralab turadi. T. boʻyni toraygan boʻlib, uning atrofidagi shilliq qavat milk bilan oʻrab olingan. Koronka va ildiz ichida T. boʻshligʻi hamda ildiz kanallari bor. Kanal ildiz oxirida teshik orqali T. boʻshligʻiga ochiladi, bu teshik orqali T. boʻshligʻiga qon tomirlari va nerv tolalari oʻtadi. T.ning asosiy qismini dentin tashkil etadi. Koronka kismi emal, ildizi suyak toʻqima (sement) bilan qoplangan. T. ildizi va suyak katakchasi orasida uni ushlab turuvchi boylamlar (paylar) bor; ularni ildiz qobigʻi yoki periodont deyiladi. Periodontdan T. boʻshligʻiga T.ni oziklantiruvchi tomirlar va nervlar kiradi. T. ichidagi boʻshliqsa T. eti yoki pulpa bilan toʻlgan ildiz kanali bor. Pulpa gʻovak biriktiruvchi toʻqima, tomirlar, nervlar va har xil hujayralardan tuzilgan; pulpada T. dagi qattiq toʻqimalarning moddalar almashinuviga yordam beradigan hujayralar — odontoblastlar bor; ulardan kanalchalar orqali dentin ichiga kirib boruvchi shoxchalar (tarmokchalar) chiqadi.

Flyuoroz

Tish qattiq to‘qimalarida qayd etiladigan bunday xastalik organizm - ga tashqi muhitdan ichimlik suvi orqali me’yordan ko‘proq ftor ele- mentining (suvda erigan holda) kirishi oqibatida yuzaga keladi. Flyuo- roz bu ftor elementi chaqirishi mumkin bo‘lgan gipoplaziyadir, desak ham xato qilmaymiz. Kishi organizmining ftorga bo‘lgan bir sutkalik talabi 3,5 mg atrofidadir. Bu talab asosan ichimlik suvi tar kibida bo‘ladigan ftor orqali qondiriladi. Organizmning ana shunday talabini qondirish uchun ichimlik suvining 1 litrida 0,8–1,2 mg ftor bo‘lishi kifoyadir. Ichimlik suvi tarkibidagi ftor miqdori ko‘rsatil gandan oshib ketgan hollarda flyuoroz xastaligi kuzatiladi. Flyuoroz xastaligi 5 xil shaklda namoyon bo‘ladi.

  • Chiziqchali (shtrixli) shakli. Bunda tish emali sathida ko‘pincha vertikal yo‘nalishdagi bo‘rsimon chiziqlar paydo bo‘ladi. Ayrim hol lar- da bu chiziqlar faqat lupa oynasi orqali qaralganda aniqlanishi mum- kin bo‘lgan darajada nozik bo‘lishi tabiiy. Emal qavatining bu xil jaro hatlanishi ko‘pincha yuqori jag‘ markaziy va yon kurak tishlari sathi dagina, ba’zan esa pastki kurak tishlarda namoyon bo‘ladi. Bu xas talikda tish emal qavatining faqat dahliz (vestibulyar) sathigina o‘zgarishga uchraydi.
  • Dog‘simon shakli. Tish emal qavati sathida katta-kichik, yaqqol namoyon bo‘luvchi bo‘rsimon rangli dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘lar yalpi bo‘lib, unda chiziqlar bo‘lmaydi va ular butun emal qavati sathi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Ayniqsa bunday dog‘lar kurak tishlarining kesuvchi qirralari atrofida ko‘plab hosil bo‘ladi. Emaldagi bu xil dog‘- lar keskin sog‘lom to‘qimaga o‘tib ketadi. Dog‘li emal sathi silliq va yaltiroqdir. Dog‘lar aksariyat hollarda oldingi kurak tishlarda uchra- sada, boshqa tishlar ham ulardan xoli bo‘lmaydi
  • Hol-hol bo‘rsimon nuqtali shakli. Flyuoroz xastaligining bu xil shakli har xil klinik belgilar bilan kechadi. Odatda tish emal qavati bo‘r rangida bo‘ladi. Ba’zan esa u yaltiroqligini saqlashi yoki tiniqligini yo‘qotishi mumkin. Emal sathida jarohatli nuqta (chuqurcha)lar paydo bo‘lishi xususiy hol hisoblanadi. Bunday chuqurchalar atrofi (devorlari) notekis, qoramtir tusda bo‘lib, o‘lchamlari 1–1,5 mm diametrli, chu- qurligi esa 0,1–0,3 mm bo‘ladi. Bu xil nuqtasimon chuqurchalar, ak- sa riyat hollarda tish emalining dahliz sathida joylashgan bo‘ladi. Bun day sathlarda emalning jarohati natijasida ochilib qolgan dentin to‘qi masining yuzasi och sarg‘ish rangdan tortib, qo‘ng‘ir-to‘q jigar- ranggacha bo‘yalgandir.
  • Flyuoroz xastaligi ba’zan emalning eroziyasi shaklida ham na mo- yon bo‘ladi. Bo‘rsimon rangli emal sathida birmuncha keng va chu qur jarohatlar paydo bo‘lib, tish yuzasining katta qismini egalla shi mumkin. Hosil bo‘lgan jarohatlar har xil notekis shakllarga ega bo‘ladi. Emalning bu xil jarohatlanishi natijasida tishlar kuchli yemiriladi.
  • Destruksiya shaklida kechuvchi flyuoroz xastaligi. Emalning bu xil jarohatlanishi, aksariyat hollarda suv tarkibida ftorning me’yordan bir necha marotaba ko‘p bo‘lishi natijasida, shu suv ichiladigan hudud va tumanlardagina qayd qilinadi. Bunday hollarda tishning nafaqat emal qavati jarohatlanib qolmay, balki dentin to‘qimasining jarohat- lanishi ham kuzatiladi. Natijada tish koronkasining shakli o‘zgarishi, uning kuchli yemirilishi hollari namoyon bo‘ladi. Tish emal qavatining tusi keskin o‘zgaradi.
  • Flyuoroz xastaligida bemorlar tishlarining rangi o‘zgarishidan, ba’ - zan ularning yemirilayotganidan shikoyat qilishadi. Flyuoroz xasta- ligidagi emal rangining o‘zgarishini kariyes va gipoplaziya natijasi- da sodir bo‘ladigan aynan shu xildagi o‘zgarish lardan farqlay bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Solishtirma tashxis. Flyuorozni aniqlashda kariyes kasalligi bilan solishtirma tashxis o‘tkaziladi. Kariyesda nuqson bitta va bo‘yin qis- mida joylashgan, flyuorozda esa bir nechta va tishning vestibulyar yuzasida joylashadi.
  • Davolash. Davo tadbirlari tish qattiq to‘qimalaridagi o‘zgarishlar - ning chuqurligiga bog‘liqdir. Jarohatlarning chuqurligi natijasida tish- larda yemirilishlar, toj qismi shaklining o‘zgarishi sodir bo‘lgan taq- dirda davo tadbirlari ortopedik usulda olib boriladi. Yengil klinik belgilar bilan kechuvchi flyuoroz xastaligida terapevtik davo chora- tadbirlari qo‘llaniladi. Tishlar sathida hosil bo‘lgan dog‘larga kuchsiz kislotalar eritmasi bilan ishlov berilib, undan keyin minerallashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan eritmalar yordamida dog‘lar yo‘qotiladi. Pig- mentli dog‘larni yo‘qotishda 10% li xlorid, fosfat kislotasini ishla tish maqsadga muvofiqdir. Fosfat kislotasi kompozit plomba to‘ldirgich- lar tarkibida alohida shisha idishda bo‘ladi. Flyuorozni davolash va profilaktika qilish uchun suvdagi ftor miqdorini me’yorga olib kelish kerak. Hozirgi kunda flyuorozni fotopolimerlar bilan davolanadi.

E`tiboringiz uchun rahmat !!!

E`tiboringiz uchun rahmat !!!


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish