YUqorgi lateral (yon) kesuv tish –
medial kesuv tishiga o‘xshash, faqat uning o‘lchamlari kichikroq Vestibulyar (lab) yuzasi trapetsiyasimon yoki ovoid shaklida, 2 satxga bo‘ladigan to‘g‘ri tushgan chiziqni aniklash mumkin. Kesuv qirra qayrilgan. Til (tanglay) yuzasida tish dumbog‘i yaqqol ko‘rinadi, uning ostida botiqni aniqlash mumkin. Tish dumbog‘i 2ta qirralarga bo‘linishi mumkin. Buning natijasida xar xil shakldagi kesuv tishlar paydo bo‘ladi – ikssimon, bochkasimon, premolyarsimon. Tishning toj qismi va ildiz egriligi belgilari aniq seziladi. Lateral (yon) kesuv tish bir ildizli va bir kanalli, tish kanali ko‘ndalang kesimi yumaloq yoki oval shakliga ega. Uzunligi - 22,5 mm, tojning uzunligi – 8-10 mm, tojning meziodistal diametri-6,5 mm, vestibulo-lingval – 5,5 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |