Pastki qoziq tishlar – yuqorgi qoziq tishlarga o‘xshaydi, faqat o‘lchamlari kichikroq. Toj qismi tor, ovoid yoki rombsimon shaklida bo‘lishi mumkin. Kesuv qirrasida medial joylashgan dumboq mavjud. Toj burchak belgisi yaqqol ko‘rinadi. Til yuzasida tish dumboqlari va bolishlar yaxshi rivojlanmagan. Pastki qoziq tishlar bir ildizli, medio-distal tomoniga toraygan, ba’zida (10% odamlarda) ikkiga ayrilgan. Ikkiga ayrilgan tish ildizlari bir xil uzunligida yoki vestibulyar (lunj) tomonidani ildiz kalta va yo‘g‘on bo‘lishi mumkin. Tish ildiz belgisi yaxshi ko‘rinadi. Tish kanali ko‘ndalang kesimda oval shaklda, medio-distal tomoni biroz ezilgan. Tish uzunligi – 23-26 mm, tojning uzunligi – 9-12mm, tojning meziodistal diametri -6-7 mm, vestibulo-oral kesimi esa – 7-8 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |