7-mavzu. Bosimni о‘lchashda ishlatiladigan о‘lchov asboblari
Reja:
7.1.Bosimni o’lchash usullari va birliklari
7.2.Ikki trubali U-simon shisha manometri
7.3.Bir trubali chashkali manometrlar
7.4.Qalkovuchli suyuklik manometrlari
7.5.Egilgan (nishab) trubkali mikromanometr, halqasimon manometrlar.
Tekis sirtga normal ta‘sir ko’rsatuvchi ravon taksimlangan kuch bosim deyiladi.
bu yerda: S – tekislik yuza; F – teng ta‘sir kiluvchi bosim kuchi.
Bosim Xalqaro birliklar sistemasida Pa bilan o’lchanadi. Undan tashkari bosim o’lchashda (n/m2), kPa, MPa. KGk/sm2, bar, kgk/m2 (mm.suv.ust), mm.sim.ust. kabi birliklardan keng foydalaniladi.
O’lchashda absolyut ortiqcha atmosfera va vakuum bosim mavjud. Absolyut bosim – modda holatining parametri bo’lib, atmosfera va ortiqcha bosimlar yigindisidan iborat:
bu yerda, Pаtm – аtmosfera, Port – ortiqcha bosimlar.
Ortiqcha bosim absolyut va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:
Atmosfera bosimi – Еr atmosferasidagi xavo ustunining bosimi, uning qiymati barometrlar bilan o’lchanadi, shuning uchun bu bosim ko’pincha barometrik bosim ham deb ataladi.
Bosim o’lchaydigan asboblar ishlash printsipiga ko’ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionizatsion va Issiqlik turlanishli turlarga bo’linadi.
O’lchanayotgan kattalikning turiga ko’ra bosim o’lchaydigan asboblar quyidagilardan iborat:
Manometr – mutloq va ortiqcha bosimni o’lchaydigan asbob.
Barometr – atmosferada havoning barometrik bosimini o’lchash uchun ishlatiladigan asbob.
Vakkumetr – siyraklanishni (vakuumni) o’lchash uchun ishlatiladigan asbob.
Manovakuummetr – ortiqcha bosim va vakkumni o’lchaydigan asbob.
Naporomer (mikromanometr) – kichik miqdordagi ortiqcha bosimni o’lchaydigan asbob.
Tyagomer – kichik miqdordagi siyraklanishlarni o’lchaydigan asbob.
Tyagonaporomer – kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o’lchash uchun ishlatiladigan asbob.
Differentsial manometrlar – ikki bosim ayirmasini (bosimning o’zgarishi) o’lchaydigan asbob.
Ishlash printsipi jihatidan bosimni o’lchaydigan asboblar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) o’lchanayotgan bosimni suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashga asoslangan suyuqlikli asboblar;
2) yuk-porshenli monometrlar - bu’larda o’lchanadigan bosim porshenga ko’rsatiladigan tashki kuch orqali muvozanatlanadi;
3) deformatsion (prujinali) manometrlar – ularda o’lchanadigan bosim turli elastik unsurlarning deformatsiyasi yoki ularning kuchi boyicha aniqlanadi;
4) elektrik aboblarda bosim elektr kattalikka aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |