Oziq ovqat texnologiyasi kafedrasi oziq-ovqat texnologiyasi asoslari



Download 8,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/320
Sana06.02.2022
Hajmi8,57 Mb.
#432899
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   320
Bog'liq
oziq-ovqat texnologiyasi asoslari

Paxta moyi
. Bu moy paxta chiitidan olinadi. Tozalanmagan paxta moyi o’ziga xos hidi 
va achchiq ta’miga ega bo’lib, rangi qora-qo’nir tusda bo’ladi.
Tozalanganlik darajasiga qarab paxta moyi tozalangan va tozalanmagan turlariga 
bo’linadi. Moylarning bu ikki turi ham oliy, I, 2 navlariga bo’linadi.
Oshpazlikda presslash yuli bilan olingan tozalanmagan paxta moyning uchala navi ham 
tozalangan paxta moyining 2-navlari ishlatilmasdan, faqatina texnik maqsadlariga ishlatiladi.
Bundan tashqari, salat paxta moyi ham ishlab chiqariladi. Salat paxta moyi tozalangan 
paxta moyining oliy va I-navlarini 7,5-8
0
S haroratgacha sovutib olinadi. Bu haroratda moy suyuq 
va quyuq frakstiyalariga bo’linadi. Moyning ana shu suyuq frakstiyasi salat paxta moyi 
hisoblanadi. Bu moyda hech qanday begona hid va ta’m sezilmaydi, tiniq, rangi sal sariq, tez 
hazm bo’ladi.
Soya moyi
soya dukkagidan olinadi. Yuqorida qayd qilganimizdek, soya qimmatbaho 
ekinlardan biri hisoblanadi. Buning boisi shundaki, soya dukkagida 20 foiza yaqin moy bo’lishi 
bilan bir qatorda 40 foizdan oshiqroq miqdorda to’liq qiymatli oqsil moddasi bo’ladi. Soya oqsili 
inson origanizmi uchun zarur bo’lgan hayvon oqsilining o’rnini almashtira olishi mumkin. 
Chunki, soya oqsilining aminokislota tuzumi hayvon go’shti oqsilining aminokislota tuzumiga 
juda yaqindir. Keyina paytlarda, avval aytganimizdek, O’zbekiston Respublikasida soya 
etishtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu bilan bir qatorda, O’zbekiston Respublikasida ba’zi 
moy-ekstrakstiya zavodlari chet eldan keltirilayotgan soya dukkaklaridan moy ishlab chiqarishni 
allaqachon yo’la qo’yganlar. Savdo tarmoqlarida soya moyining ko’plab aholiga sotilayotganligi 
bundan dalolat beradi.
Tozalaganlik darajasiga qarab soya moylari gidrotastiya qilingan I va 2-nav, tozalangan 
oqartirilmagan, tozalangan oqartirilgan, tozalangan dezodarastiya qilingan moylar holida sotuva 
chiqariladi.
Soya moylaridan to’ridan-to’ri iste’mola yaroqlisi tozalangan dezorodastiya qilingan va 
gidrotastiya qilingan I-nav moylari hisoblanadi.
Er yonoq moyi
er yonoq mevasidan presslash yoki ekstrakstiya usuli yordamida ajratib 
olinadi. Er yonoq tarkibida yo miqdori 40-60 foizni tashkil etadi. Shuningdek er yonoq mevasi 
tez hazm bo’ladigan oqsil moddalariga ham boy hisoblanadi (30-35 %). Shu sababli er yonoqdan 
moy ajratib olingandan keyin hosil bo’ladigan kunjara qandolatchilik va non sanoatida 
boyituvchi xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Ishlov berish usuliga qarab er yonoq moyi tozalanmagan va tozalangan turlarda ishlab 
chiqariladi.
Oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan tozalanmagan er yonoq moyi oliy va 1-chi navlariga 
bo’linadi. Tozalangan er yonoq moyida ta’m va hidlar yaqqol sezilmaydi.
Er yonoq moyi tarkibida 20 % a yaqin to’yingan yo kislotalarining (palmitat, stearinat, 
araxinat) trilesteridlari mavjud bo’ladi. Shu sababli ham bu moy 0
0
S va undan past haroratda 
quyqa hosil qiladi.
Kunjut moyi
tarkibida 60 % a yaqin moy saqlovchi kunjut urugidan ajratib olinadi. 
Oziq-ovqat sohasida ishlatiladigan kunjut moyi asosan sovuq presslash usuli bilan ishlab 
chiqariladi. Bunday moyda fizik-kimyoviy o’zarishlar juda kam bo’lib, moyning tabiiyligi 
saqlanib qoladi.
Oziq-ovqat sohasida ishlatish uchun kunjut moylari tozalangan va tozalanmagan turlarda 
ishlab chiqariladi. Tozalanmagan kunjut moylari oliy va 1-chi navlariga bo’linadi. Tozalangan 
kunjut moyi esa tovar navlariga bo’linmaydi.
27



Download 8,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish