Oziq ovqat texnologiyasi kafedrasi oziq-ovqat texnologiyasi asoslari



Download 8,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/320
Sana06.02.2022
Hajmi8,57 Mb.
#432899
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   320
Bog'liq
oziq-ovqat texnologiyasi asoslari

Makkajo’xori moyi
presslash yoki ekstrakstiya usuli bilan kraxmal va un-yorma 
sanoatining mahsuli hisoblanadigan makkajo’xori donining murtagidan ishlab chiqariladi. 
Makkajo’xori murtagida yo miqdori 50 % gachani tashkil etadi. Savdo tarmoqlariga jo’natish 
uchun makkajo’xori moyi to’liq tozalangan holda ishlab chiqariladi. Tozalangan makkajo’xori 
moyi E – vitaminlik xususiyatiga ega bo’lgan tokoferol moddalariga boyligi bilan ham qadrlidir.
Qattiq yog’lar
sanoatda katta ahamiyatga ega, ular margarin, xo’jalik va atir sovunlar, 
stearin ishlab chiqarishda asosiy xomashyo xisoblanadi. Biroq tabiiy qattiq yog’lar miqdori 
chegaralangan, suyuq o’simlik yog’lari esa ko’p miqdorda ishlab chiqariladi. Shuning uchun 
suyuq yog’lar gidrogenlanib qattiq xolga keltiriladi. Gidrogenizastiya mahsuloti salomas 
deyiladi. Xozirgi vaqtda Uzbekistonda 2 ta gidrozavod ishlaydi. 
O’simlik yog’larining kimyoviy va fizik xususiyati ularning yog’ kislota tarkibiga 
bog’liq. O’simlik yog’larida ko’p miqdorda to’yinmagan yog’ kislotalar bor (olein, linol va x.k.). 
Ular bitta yoki bir nechta qo’shbog’ga ega. Gidrogenizastiya jarayonida to’yinmagan kislotalarni 
to’yinishi bilan birga qo’shbog’larni migrastiyasi va transizomerizastiya sodir bo’ladi, bu esa 
erish temperaturasi va yog’ qattiqligigi oshiradi.
Gidrogenizastiyada kungaboqar, paxta loviya, raps yog’lari va soapstokdan ajratib 
olingan yog’ kislotalari ishlatiladi.
Gidrogenizastiya vaqti xomashyoning kimyoviy tarkibiga va salomasning ishlab 
chiqarish maqsadiga bog’liq. Ishlab chiqariladigan salomaslarning bir necha xil turi bor. 
O’simlik yog’larini qisman gidrogenizastiya qilish yo’li bilan, erish temperautrasi Tpl-31-34
0
S, 
qattiqligi 160-320 g/sm, yod soni 62-82ga teng bo’lgan salomas olinadi, bu salomaslar margarin, 
kulinar yog’lar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bundan tashqari erish temperaturasi Tpl=35-37
0

qattiqligi 550-750 g/sm bo’lgan salomaslar olinib, ular konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishda 
ishlatiladi.
1-gidrozavod 1909 yilda Nijniy-Novgorodda ishga tushirilgan. 1911 yilda Peterburgda, 
1917 yilda Ekaterinburgda (Krasnodar) gidrozavodlar qurildi.
Vodorodning gidrogenizastiya jarayonida birikishini shartli ravishda quyidagicha 
ko’rsatish mumkin.
SN
3
(SN
2
)

SN=SNSN
2
SN=SN(SN
2
)
7
SOON + N
2

Linol kislota

SN
3
(SN
2
)
7
SN=SN(SN
2
)
7
SOON + N
2

SN
3
(SN
2
)
7
SN-SN
2
(SN
2
)
7
SOON
Olein kislota Stearin kislota
Oddiy sharoitda vodorod to’yinmagan yog’ kislotalarga va birikmaydi. Vodorod yog’ 
kislotalarga faqatgina katalizator ishtiroqida birikadi.
Gidrogenlash jarayonining tezligi: glisteridlarni gidrogenlash tezligi ulardagi yog’ 
kislotalari tarkibiga katalizator aktivligi va miqdoriga, sistemadan vodorod o’tkazishning 
intensivligi va uni yog’da bir tekis tarkalishiga, yog’ni qizdirish temperaturasiga bog’liq.
Katalizator qancha aktiv bo’lsa, gidrogenlash shunchalik tez kechadi. Katalizator 
miqdorini ko’payishi, reakstiyani tezlashtiradi. Lekin katali-zator yog’ massasidan 0,3-0,4% dan 
ko’proq olinsa, reakstiya tezligi sezilarli darajada ortmaydi. Temperatura oshishi bilan 
gidrogenlash tezligi ham oshadi. Sanoatda gidrogenlash 180-220
0
S temperaturada olib boriladi.
Gidrogenlash temperaturasi katalizator aktivligiga va yog’ tabiatiga bog’liq. Jarayonning 
borishi va salomas sifati katalizator tabiatiga bog’liq. Cu-Ni katalizator Ni katalizatoriga 
qaraganda selektivroqdir ya’ni ozuqa salomasi ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Ishlatilgan 
kattalizator yangi katalizatorga qaraganda 
selektivliroqdir.
28


Izokislotalarning hosil bo’lishi yarim gidrogenlanish mahsulotlarini hosil bo’lishi bilan 
izohlanadi. Izokislotalar xosil bo’lishi salomasning qattiqligini oshiradi. Masalan, stis-olein 
kislotaning 16
0
S bo’lsa, trans-olein kislotaning (elaidin kislota) erish xarorati 44
0
S.
Izomerizastiya tezligi ham katalizator tabiatiga, temperatura va N
2
bosimga bog’liq. 
Aktiv katalizatorda gidrogenlash tezligi izomerlanish tezligiga qaraganda yuqori. Shuning uchun 
aktiv katalizatorlarda yumshoq konsistenstiyali salomaslar olinadi. 
Yog’larni gidrogenizastiyalash jarayonida katalizatorlar.
 
Yog’larni gidrogeni-zastiya 
qilish sanoat katalizatorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) faqatgina gidrogenizastiya jarayonini tezlatish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak va noxush 
reakstiyalar yuz berishi kerak emas.
2) yuqori aktivlik ishlab chiqarish quvvati va selektivlikga ega bo’lishi kerak.
3) katalizator salomasdagi oson ajralishi kerak.
4) katalizator bahosini arzonligi, xomashyo va materiallarni serobligi.
Yog’larni gidrogenizastiyasida nikel asosidagi katalizatorlar ishlatiladi, shuningdek nikel 
va mis katalizatorlari ham ishlatiladi. Katalizatorlar strukturasiga ko’ra ko’kunsimon va 
granullangan, qotishma holida bo’ladi. Ko’kunsimon katalizatorlar suspenziya (yog’da) 
ko’rinishida ishlatiladi, ularni dispersli yoki suspenziyalangan deyiladi, zarrachalar kattaligi 15 
mkm. Katalizatorlarni yuzasini ko’paytirish uchun metallarni yuzasi g’ovakli bo’lgan materialga 
cho’ktiriladi. Bu usul bilan olingan katalizatorlar tashuvchili katalizatorlar deyiladi.
Katalizatorlarni olinish usuliga qarab 2ga bo’linadi.
1)cho’ktirilgan
2)qotishmali
Katalizator harakatining mohiyati. Kimyoviy reakstiya amalga oshishi uchun 
molekulalar to’qnashishi kerak, lekin to’qnashishlarning juda kam qismi molekulalarning 
birikishiga olib keladi. Bu shu bilan izohlanadiki, juda kam qism molekulalarning energiyasi 
bog’larni uzib, yangi bog’lar hosil qilish qobiliyatiga ega. Molekulaning bu minimal energiyasi, 
reakstiyaning energiya aktivligi deyiladi. 
Katalizator reakstiyaga kirishuvchi moddalar bilan birikib, yuqori reakstiya qobiliyatli 
yuzani hosil qiladi. Katalizatorlar reakstiya tezligini 10
6
- 10
16
marta tezlashtiradi. 
Gidrogenizastiya quyidagi bosqichlardan iborat:
1)reakstiyaga kirishuvchi moddalarni katalizator yuzasiga keltirish 
2)bu molekulalarni katalizator yuzasida adsorbstiyasi
3)sorbstiyalangan molekulalarning kimyoviy almashinish va mahsulot hosil bo’lishi.
4)mahsulot molekulalari bog’larining katalizator yuzasidagi sarfi
5)katalizator yuzasidan ularni ajratish
Katalizator yuzasida turli aktivlikka ega bo’lgan adsorbstiya markazlari bor. Bunday 
adsorbstion markazlar katalizatorning aktiv markazlari deyiladi. 
Sanoatda katalizatorni olish uchun konstentrastiyasi 35 g/l bo’lgan Ni : Cu = 3:1 yoki 
1:1 nisbatda bo’lgan Ni va Cu sulfat eritmasi tayyorlanadi. Eritmaga 40-45
0
S xaroratda 20-30 % 
ortiqcha miqdorda sodaning 10 % li eritmasi qo’shiladi.
NiSO
4
+ Na
2
CO
3
NiCO
3
+ Na
2
SO
4
CuSO
4
+ Na
2
CO
3
CuCO
3
+ Na
2
SO
4
29


Cho’kmani filtrlab, filtrda soda va sulfatlardan yuviladi. Keyin cho’kmani 120
0

temperaturada quritiladi va maydalanadi. Ni – Cu katalizator oson qaytariladi (200-220
0
S).
Ishqor bilan ishlangandan so’ng, A1ni erishi natijasida, qotishma yuzasi aktiv bo’lib, 
qoladi. Ishqor bilan yuvilgan qotishma kondensat bilan neytral reakstiyagacha keyin quritiladi, 
temperatura 160
0
S gacha ko’tarilib turiladi.

Download 8,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish