Oqartirish usuli asosan moyni rang beruvchi moddalardan tozalash uchun qo’llaniladi. Bu
jarayon faqatina moyni marigarin va kulinariya yolari tayyorlash uchun zarur bo’lgan
hollardagina o’tkaziladi. Moyni oqartirishda asosan rang beruvchi moddalarni o’ziga yutish
qobiliyatiga ega bo’lgan obdon maydalangan oqartiruvchi tuproqlardan (umbrin, floridin va
boshqalar) va aktivlashtirilgan yooch ko’mirdan foydalaniladi. Ishlatishdan oldin oqartiruvchi
tuproqlar 300-400
0
S gacha qizdirilib yoki sulfat kislotasi bilan ishlov berilib faollashtiriladi. Bu
usul oqartiruvchi vositalardan begona aralashmalar, hidlarning chiqib ketishiga yordam beradi va
strukturasini yaxshilaydi. Oqartiruvchi vositalar moya aralashtirilib turilgan holda, foiz
miqdorida qo’shiladi. Jarayon 100
0
S da 30 minut davomida olib boriladi. So’ngra rang beruvchi
moddalarni o’ziga yutib olgan tuproqlar moydan filtrlash yo’li bilan ajratiladi.
Dezodorastiya jarayoni natijasida moydan xushbo’ylik beruvchi tabiiy birikmalar yoinki
saqlash jarayonida hosil bo’lgan moya hid beruvchi moddalar hamda benzin qoldiqlari chiqarib
yuboriladi. Bu moddalar uchuvchan bo’lganligi sababli suv buglari bilan haydalganda moydan
oson chiqib ketadi.
Dezodarastiya jarayoni maxsus jihozlarda (dezodorator) vakuum sharoitida o’tkaziladi.
Bunda dezodoratordagi moy qatlamlariga 170-230
0
S haroratga ega bo’lgan neytral bug
yuboriladi. Natijada bug yordamida uchuvchan birikmalar moydan chiqib ketadi.
Ma’lumki, yolarni tozalash jarayonida begona aralashmalar bilan bir qatorda fiziologik
ahamiyatga ega bo’lgan moddalar ham moydan chiqib ketadi. Bu esa moyning ozuqaviy
qiymatining pasayishini keltirib chiqaradi. Shu sababli savdo tarmoqlarida iste’molchilariga
sotish uchun chiqarilayotgan moylar har doim ham tozalana bermaydi. Ko’pchilik hollarda
moylar to’liq tozalanmagan holda ham chiqariladi.
O’simlik moylari ba’zi bir xususiyatlari bo’yicha guruhlanadi. O’simlik moylari uy
haroratida qanday holatda bo’lishiga qarab suyuq moylariga va quyuq moylar guruhlariga
bo’linadi. Biz iste’mol qiladigan moylar asosan suyuq moylar guruhiga kiradi. Suyuq moylariga
kungaboqar, paxta, ziir, kunjut, soya, raps, er yonoq moylarini kiritish mumkin. Ba’zi o’simlik
moylari uy harorati sharoitida quyuq holatda bo’ladi. Quyuq yolariga kakao yoi, palma daraxti
mevasidan olinadigan yo va kokos yolarini kiritish mumkin. Bundan tashqari moylar havo
kislorodi ta’sirida qanday o’zarishlariga qarab quriydigan, yarim quriydigan va qurimaydigan
guruhlariga ham kiritilishi mumkin.
O’simlik moylari tozalanganlik darajasiga qarab ham guruhlariga bo’lish mumkin.
Tozalanmagan moy - bu faqat mexanik aralashmalardanina suzichdan o’tkizish va
markazdan qochma kuch ta’sirida yoki tindirish yuli bilan tozalangan moydir.
Rang beruvchi moddalardan tozalanmaganligi tufayli bunday moylarning rangi to’q, hidi,
va ta’mi esa qanday urugdan olingan bo’lsa ana shu uruglarning hidi va ta’miga xos, quyqasi
ustida sal loyqasi bo’lishi mumkin.
Tozalangan moy - bu mexanik aralashmalardan tozalangan hamda ishqor eritmalari
yordamida ishlov berilgan moydir.
Gidrotastiyalangan moy - bu mexanik aralashmalardan tozalanib, 60
0
S gacha qizdirilgan
moy qatlamlari orqali 70
0
S haroratdagi suvni o’tkazish yuli bilan ishlov berilgan moydir. Bunday
ishlov berish natijasida fosfatid, oqsil va shilimshiq moddalari bo’kib cho’kmaga tushgandan
keyin moy ajralib qoladi.
Dezodorastiyalangan moy - bu ta’m va hid beruvchi uchuvchan moddalari 170
0
-230
0
S
haroratli isiq quruq bug yordamida vakuum sharoitida ishlov berilib, chiqarilib yuborilgan
moylardir.
Yuqorida aytganimizdek o’simlik moylarining turlarini ulardan qanday moy uruglardan
olinganligi belilaydi. Quyida inson rastionida katta ahamiyatga ega bo’lgan ba’zi moylarning
assortimenti, tarkibi va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: