Oziq ovqat texnologiyasi kafedrasi oziq-ovqat texnologiyasi asoslari



Download 8,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/320
Sana06.02.2022
Hajmi8,57 Mb.
#432899
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   320
Bog'liq
oziq-ovqat texnologiyasi asoslari

Yog’larni dezodorastiyalash.
Rafinastiya jarayonining oxirgi bosqichi dezodorastiyadir 
(xidsizlantirish), uning maqsadi - yog’dagi noxush ta’m va xidni yukotish. Bu ta’m va xidni 
yog’dagi murakkab moddalar aralashmasi hosil qiladi. Bu moddalarga quyi molekulali yog’ 
kislotalar (kaprin, kapril va x.k.), alifatik uglevodorodlar, tabiiy efir moylari, aldegidlar, ketonlar, 
oksi kislotalar va x.k. kiradi. Xidsizlantirish vaqtida zaharli bo’lgan boshqa organik birikmalar 
ham yukotiladi.
Xidsizlantirish jarayoni moxiyati - suyuqlik qatlamidagi aromatik moddalarni bug’latib 
yukotishdir.
Xidsizlantirish samaradorligi aromatik moddalar tarkibi, uchuvchanligiga va jarayon 
temperaturasiga bog’liq.
Temperaturaning ko’tarilishi bilan aromatik moddalar ning uchuvchanligi oshadi. 
Biroq temperatura juda yuqori bo’lsa, yog’larning polimerizastiyasi va oksidlanishiga olib 
keladi. Temperatura 250
0
S dan oshsa, yog’lar termik parchalanadi. Shuning uchun aromatik 
moddalarni xaydashda temperaturani pasaytirish uchun xidsizlantirish jarayoni vakuum ostida 
o’tkir bug’ ta’sirida olib boriladi.
Iste’mol qilishga mo’ljallangan yog’larni sifati dezodorastiya jarayonining to’liq va 
kamchiliksiz olib borilishiga ham bog’liqdir. Shuning uchun dezodorastiya moylarni 
tozalashdagi asosiy jarayonlardan biridir. 
Yuqori sifatli dezodorastiya qilingan moy olish uchun umumiy talablardan tashqari 
quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
22


1.Dezodorastiya vaqtida yuqori haroratda moyni iloji boricha uzoq vaqt ushlamaslik 
kerak.
2.Moylarni dezodorastiyalashdan oldin deaerastiya ya’ni xavosiz-lantirilishi shart.
3.Moylarni dezodorastiya va sovutish vaqtida nam havo bilan kontaktda bo’lishdan 
saqlash kerak.
4.Dezodorastiya tamom bo’lgandan keyin uskunalar tuxtatilsa ulardan yog’ bushatilishi 
va barcha qismlari yuvib tozalanishi kerak.
Yog’larni dezodorastiya qilish uchun turli dezodoratorlar ishlatiladi:
Davriy (uzlukli) dezodoratorlar, Uzluksiz ishlayditgan dezodoratorlar (De-Smet, Pinch-Bamag, 
Ole).
Davriy xidsizlantirish jarayonida harorat 170-210
0
S bo’lsa, uzluksiz jarayonda esa 
230
0
S gacha bo’ladi. Apparatlardagi qoldiq bosim 5 mm. simob ustuniga teng bo’ladi. Vakuum 
hosil qilish uchun ko’pbosqichli bug’liejektorlar (bug’ejektor vakuum nasoslar) ishlatiladi.
Dezodorastiya qilishdan oldin yog’lar va moylar yaxshilab rafinastiya qilinishi kerak. 
Dezodorastiyaga berilayotgan yog’ va moylar tarkibida sovun va oqlovchi tuproq qoldiqlari 
umuman bo’lmasligi kerak. Dezodorastiyaga berilayotgan moyda agar sovun yoki oqlovchi 
tuproq qoldiqlari bo’lsa, ular qayta filtrlashga yuboriladi.
Dezodorastiya qilingan moyni sifatini saqlab qolish uchun unga dezodorastiya 
jarayonida limon kislotasi eritmasi (20%-li) 1t moyga 0,6l miqdorda qo’shiladi. 
Dezodorastiya qilish uchun berilayotgan bug’ tarkibida tuz, kislorod va boshqa gazlar, 
bo’lmasligi kerak va bug’ quruq va neytral bo’lishi kerak.
Davriy usulda dezodorastiya qilish prinstipial sxemasining bayoni quyidagicha: 
Rafinastiyalangan moy bakdan vakuum yordamida dezodoratorga so’rib olinadi va dezodorator 
moy bilan yarmigacha tuldiriladi. Moy 100
0
S xaroratgacha qizdiriladi va dezodoratorga pastki 
qismidagi barbatyordan ochiq bug’ beriladi. Harorat 180
0
S ga etgach bug’ miqdori oshiriladi. 
Dezodoratordagi vakuum bug’liejektorlar bloki yordamida hosil qilinadi. Apparatdagi qoldiq 
bosim 5mm. sim. ustunidan oshib ketmasligi kerak. Dezodoratordan chiqayotgan bug’-havo 
aralashmasi tomchi ushlagichdan o’tib vakuum sistemasiga so’rib olinadi va tomchi ushlagichda 
ushlanadi. 
Dezodorastiyaning harorati kokos yog’i uchun 180
0
S, salomas va qolgan o’simlik 
moylari uchun 210-230
0
S atrofida bo’ladi.
Dezodorastiya vaqti 1,5-3soat atirofida bo’ladi. Dezodorastiya qilingan moy sovitiladi 
va qadoqlash bo’limiga beriladi.

Download 8,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish