Yоg’ kislotalarning uglevodorod radikali ishtirokida boradigan reaktsiyalarda eng ko’p qatnashuvchi yоg’ kislotalar bu to’yinmagan yоg’ kislotalardir. To’yinmagan yоg’ kislotalarining vodorod bilan to’yinishi yopiq shisha ampulada, qizil fosfor ishtirokida, kontsentrlangan vodorod yodit kislotasi (zichligi 2000kg/m3) bilan qo’shib 220-2400C haroratda qizdirganda sodir bo’ladi.
R -СНСН-R1-СООН 2НJ R-СН2 - СН2-R1-СООН J2
To’yinmagan yоg’ kislotalar molekulyar vodorod ta’sirida maxsus tayyorlangan katalizatorlar (palladiy, platina, nikel) bo’lmasa to’yinmaydilar. Ko’pincha bu katalizatorlar dispers holatda ishlatiladi. Juda aktiv katalizatorlar (palladiyli) ta’sirida vodorod atmosfera bosimida ham 1000C haroratda nafaqat barcha qo’shbog’larni, hatto atsetilen bog’larini ham to’yintiradi. Gidrogenizatsiya jarayonida har bir qo’shbog’ga bir molekula, atsetilen bog’iga ikki molekula vodorod birikadi:
С 18Н 34О 2 Н2 С 18Н 36О 2
СН3(СН2)7 СНСН(СН2)7СООН 2Н2 СН3(СН2)7СН2-СН2 (СН2)7СООН
To’yinmagan yоg’ kislotalar qo’shbog’larining to’yinish reaktsiyasi qaytar hisoblanib, reaktsiyaning yo’nalishi harorat va bosimga bog’liq. Degidrogenizatsiya gidrogenizatsiyaga nisbatan ancha yuqori haroratda (3000C dan yuqori) boradi.
Ko’p qo’shbog’li yоg’ kislotalarda qo’shbog’lar birin-ketin to’yinganligi sababli, masalan linol kislotasidan, oraliq mahsulotlar sifatida, olein kislotaning ikkita pozitsion izomerlari hosil bo’ladi:
H2 CH3(CH2)7CHCH(CH2)7COOH
CH3(CH2)4 CHCHCH2CHCH(CH2)7COOH
H2 CH3(CH2)4CHCH(CH2)11COOH
So’ngra bu izomerlar stearin kislotasigacha gidrogenlanadi. Linolen kislotasi gidrogenlanganda bu jarayon uch bosqichda boradi.
To’yinmagan yоg’ kislotalar gidrogenlanish qonuniyatlari quyidagicha:
-bir necha qo’shbog’li yоg’ kislotalarda birinchi qo’shbog’ning vodorod bilan to’yinish tezligi ancha katta bo’lib, bu tezlik qo’shbog’lar soniga proportsional. Shuning uchun linolen kislotaning linol kislotaga aylanish tezligi linol kislotaning oleinga aylanish tezligidan katta. Olein kislotaning stearin kislotaga aylanish tezligi hammasidan kichik.
-yоg’ kislotalarning gidrogenlanish tezligi, ulardagi qo’shbog’lar soni teng bo’lgan holda, shu yоg’ kislotalar molekulyar massasiga teskari proportsional. Bu qonuniyat yоg’ kislotalar efirlariga ham xosdir.
-sis-to’yinmagan yоg’ kislotalar trans-to’yinmagan yоg’ kislotalarga nisbatan kattaroq tezlikda gidrogenlanadilar.
-yоg’ kislotalarga nisbatan ularning metil efirlari tezroq gidrogenlanadi.
-karboksil guruhidan uzoqlashgan sari qo’shbog’larning gidrogenlanish tezligi ortib boradi. Shuning uchun linol kislotasining (12-13) eng uzoqdagi qo’shbog’i bir oz bo’lsa ham tezroq gidrogenlanadi. Biroq bu tezlik jarayon harorati o’zgarishiga juda bog’liq.
-qo’shni turgan qo’shbog’larlari bo’lgan yоg’ kislotalar qo’shbog’lari bir-biridan uzoqda turgan yоg’ kislotalarga nisbatan vodorod bilan tezroq to’yinadilar.
Gidrogenlanish jarayoni boshlang’ich davrida fazoviy izomerlanish bilan bir vaqtda qo’shbog’larning pozitsion izomerlanishi ham sodir bo’ladi. Biroq bu izomerlanishlar katalizatorning izomerlash ta’siri tufayli emas, balki qo’shbog’lar gidrogenizatsiyasi ikki bosqichliligining natijasidir. Asosan bu pozitsion va fazoviy izomerlar olein kislotaning izomerlaridir. Olein kislotasining izomerlanish tezligi uning gidrogenlanish tezligidan 2-4 marta katta. Shunday qilib qo’shbog’i bilan katalizator yuzasiga sorbtsiyalangan har qanday mono- yoki ko’p to’yinmagan yоg’ kislotalarning uglevodorod radikallari gidrogenlanavermaydi. Ularning bir qismi pozitsion yoki fazoviy izomerga aylanib katalizator yuzasidan desorbtsiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |