O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

 


87 
3.5. Sakrashlar 
 
Voleybolchilar ikki turdagi sakrashdan foydalanadilar – bir yoki ikki 
oyoqda  siltanish;  ular  yugurib  yoki  joydan  turib  bajariladi.  Sakrashlar 
ayrim  o‘yin  usullarida:  hujum  zarbalari,  to‘siq  qo‘yish,  uzatishning 
ayrim  usullari  va  himoyadagi  o‘yinlarda  muhim  tarkibiy  qism 
hisoblanadi. 
Voleybolchilarning  tayanch-harakat  apparatlari  elementlaridan 
biomashinaning  samarali  elementlarini  shakllantirish,  o‘yinchilarga 
balandroq  sakrashga  imkon  berish  usullarini  muvaffaqiyatli  joriy  etib, 
yugurgan va joyidan yuqoriga sakrashlarning fizik mohiyatini tushunish 
zarur. 
Voleybolchining  sakrashi,  boshqa  harakatlar  kabi,  yerning  tortish 
kuchi  ta’siri  maydonida  bajariladi.  U  yer  yuzasida  muntazam  mavjid, 
ya’ni sakrovchi va yerning markazi o‘rtasidagi masofa bir xildir, sakrash 
balandligi unchalik ahamiyatga ega emas. 
Voleybolchi  sakrashni  bajarishi  jarayonida  yerning  tortishish  kuchi 
salbiy tezlanishni (ya’ni tezlik sekinlashuvini) keltirib chiqaradi, pastga 
tomon harakatlardan esa ijobiy tezlanish kuzatiladi. 
Sakrovchining  yuqoriga  ko‘tarilish  tezligi  qancha  katta  bo‘lsa, 
voleybolchi  shuncha  yuqoriga  sakraydi,  bu  siltanishdagi  ma’lum  vaqt 
davomida  qo‘yiluvchi  kuch  impulsi  (boshqa  har  xil  ehtimollar  bilan) 
belgilanadi. 
Tezlik  vektorining  o‘zgarishi,  harakatdagi  voleybolchiga  nisbatan 
qandaydir  burchak  ostida  tashqi  kuchlar  ta’sirida  kelib  chiqadi.  Ta’sir 
etuvchi  tashqi  kuch  (yoki  tashqi  kuchga  sabab  bo‘ladigan  ichki  kuch, 
masalan,  tayanchning  ta’sirlanish  kuchi)  uning  kattaligi  va  burchagiga 
bog‘liq tezlik vektori o‘zgarishini ta’minlaydi. 
Sakrovchi  gavdasining  siljish  yo‘nalishiga  nisbatan  90
o
  burchak 
ostidagi  kuch,  yugurishning  gorizontal  tezligi  vektori  kattaligiga  hech 
qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. U tayanchga suyanib, oyoq muskullari kuchi 
ta’siri natijasida uning vertikal holati hisobidan uning kattaligi va tezlik 
vektori  yo‘nalishini  o‘zgartiradi.  Bunda  tayanchning  ta’sirlanish  kuchi 
vujudga  keladi,  u  miqdor  jihatdan  tayanchga  ta’sir  kuchiga  teng  va 
qarama-qarshi  yo‘nalgan  bo‘ladi.  Tezlikning  ikkala  tarkibining  natijasi 
sakrovchi  yo‘nalishi  tezligini  belgilaydi,  shu  tarzda  tezlik  vektori 
o‘zgaradi. 
Agar  kuch  harakatlanayotgan  sakrovchining  gavdasiga  kichik 
burchak ostida ta’sir etsa (izidan orqaga siltanishda), unda sportchining 


88 
yugurish tezligi vektori, itarilish kuchi bilan vujudga keluvchi gorizontal 
tezlik  vektori  kattaligigacha  o‘zgaradi.  Gavdaning  o‘sib  boruvchi 
gorizontal  siljish  tezligi  vektori  va  vertikal  tashkil  etuvchining  vektor 
tezligi sakrovchi vektor tezligini belgilab beradi. 
Itarilish  mexanizmini  tushunish  va  sakrash  balandligini  oshirish 
shartlarini  shakllantirishda  sakrash  jarayoni  muskul  energiyasidan 
foydalanish samaradorligi jihatidan o‘rganilib chiqilishi lozim. 
Mashqlar  hisobidan  muskullar  faolligini  oshirish  usullari  va 
muammolari  quyidagicha  beriladi:  sakrovchi  mushaklari  faolligini 
hisobga olib, asosiy e’tiborni sakrash balandligini oshirish uchun muskul 
energiyasidan samarali va tejamli foydalanish sharoitlarini izlash zarur. 
Nazariy  jihatdan  sakrovchi  gavdasining  yugurish  va  pastlashish 
tezligi  qancha  yuqori  bo‘lsa  (buning  uchun  ancha  yuqoriga  sakrashni 
bajarish  lozim),  pastlayotgan  gavdaning  energiyasi  suyak-muskul 
tarmoqlarining egiluvchan elementlariga shunchalik ko‘p tarqatiladi. 
Biroq,  bu  sakrovchining  bo‘shashmagan  holda  siltanishga  kuchi 
yetadigan sharoitdagina imkonli bo‘lib, bu holatda, oyoq muskullaridagi 
egiluvchan  elementlarni  quvvatlamasdan  turib,  foydasiz  taranglashuv 
jarayonida pasayayotgan gavdaning kinetik energiyasi sochilib ketadi. 
Istalgan  sakrashda  yugurishning  optimal  tezligi  va  sakrash 
balandligini tanlash o‘yinchining oyoq muskullari kuch xarakteristikasini 
hisobga  olgan  holda  amalga  oshirilishi  lozim,  bu  amortizatsiya  va 
siltanishda ularning bo‘shashgan tartibda ishlashini bartaraf etadi. 
Oyoq  muskullari  qanchalik  kuchli  bo‘lsa,  shunchalik  katta  tezlikda 
yugurish  va  ko‘proq  balandlikka  sakrashni  bajarish  mumkin.  Ushbu 
aytilganlar  yana  shuni  anglatadiki,  vertikal  sakrashni  bajarishda 
(masalan,  to‘siq  qo‘yish  uchun),  joyida  turib  sakrash  uning  balandligini 
oshiradi. 
Bir  oyoqda  siltanib  sakrashda  asosiy  rolni  tayanch  oyoqda  biroz 
o‘tirib,  oxirgi  qadam bajaradi.  Uni ko‘rinish  jihatidan  sakrash deb  ham 
bo‘lmaydi  –  yugurishning  gorizontal  tezligi,  siltanishni  amalga 
oshiruvchi  muskullar  egiluvchan  elementlarni  “quvvatlash”  uchun 
deyarli yetadi. 
Sakrash  balandligini  oshirish  shartlarini  ro‘yobga  chiqarishga, 
muskul  faolligini  boshqarish  tegishli  mexanizmlari  ham  yordam  beradi. 
Bu  mexanizmlar  evolyutsiya  jarayonida  yaratilgan  va  fiziologlarga 
allaqachon 
ma’lum 
bo‘lgan 
shartsiz 
reflekslar 
ko‘rinishida 
mustahkamlangan.  Bunda  chap  bo‘yin  –  tonik  (faollik)  va  shartli 


89 
reflekslar  haqida  so‘z  boradi.  Muskullar  tonusi  faolligi  ham  tez  nafas 
chiqarilganda refleksiv holda oshadi. 
Ularning 
funksiyasi, 
ma’lum 
bir 
sharoitlarda, 
ishlovchi 
muskullarning  kuchli  qisqarishini  ta’minlovchi,  kuchli  efferent 
signallarni  shakllantirishdan  iboratdir.  Birinchi  holatda  boshni  tezlik 
bilan  engashtirish  lozim.  Boshni  birdaniga,  masalan,  orqaga  (gavdaga 
nisbatan)  engashtirish  gavdani  to‘g‘ri  tutib  turuvchi  muskullarning 
tonusini oshiradi. Ikkinchi holatda muskullarni birdaniga cho‘zish kerak, 
bu  kuchlanish,  qisqarishdan  oldin  bo‘lib,  ballistik  harakatlarda  ularning 
kuchini  namoyon  etishiga  yordam  beradi.  Kuchlangan  muskullarning 
bunday  oldindan  cho‘zilishi  oyoq  muskullarida  sakrovchi  gavdasining 
taranglashganda,  amortizatsiya  holatida  yuz  beradi.  Uchinchidan, 
yakuniy  ballistik  harakatni  nafas  chiqarish  bilan  birgalikda  bajarish 
lozim. 
Endi siltanish va sakrsh mavjud variantlarini ko‘rib chiqamiz. 
Sakrovchi  qadamidan  boshlaymiz.  Hujum  zarbalarini  amalga 
oshirishda  yugurib  kelib  sakrashni  bajarishda  qadamni  chap  oyoqdan 
birdaniga ikki marta, chapaqaylar uchun o‘ng oyoqda ikki marta bajarish 
maqsadga muvofiqdir. Teskari tartibda sakrash (o‘ng oyoqli hujumchilar 
uchun  ikki  qadamda)  hujumchiga  zarar  keltiradi,  uning  harakatlarini 
sekinlashtirib  qo‘yadi  va  unchalik  yaxshi  natija  bermaydi.  Tayanchga 
o‘ng  tovonni  oldinga  qo‘ygan  holda  siltanishda  (juda  ko‘pchilik 
o‘yinchilar  sakrashni  shunday  bajaradilar),  hujumchi  to‘rga  o‘ng  yoni 
bilan yaqinlashadi. Bu hujumchi voleybolchiga gavdani o‘ngga burishga 
va qo‘llarni yozishga xalaqit beradi. Bir qator xatolarning paydo bo‘lishi 
yoki  mustahkamlanishi  quyidagicha  tashkil  topadi:  uruvchi  qo‘lning 
“yumshoq” sxemaga tushib qolishi, zarbada gavda burilishining ishtirok 
etmasligi, qulochning qisqarishi va boshqalar. 
Yana  bir  holatni  ta’kidlash  muhim:  siltanish  jarayonida  oyoqning 
tayanch  bilan  o‘zaro  ta’sirini  ta’minlash  zarur,  bu  bilan  yugurish  va 
sakrashda sakrovchi gavdasi kinetik energiyasi sochilishining kamayishi 
mumkin.  Bunga  tovonni  tayanchga  egiluvchan  –  qattiq  holatda  qo‘yish 
bilan erishiladi, buning uchun sakrashni har ikkala “qattiq” tovonda bir 
vaqtda bajarish zarur. 
Tayanchga  tovonlarni  ketma-ketlikda  qo‘yish  bilan  siltanish 
jarayonida oyoq muskullarining egiluvchan elementlari kamroq samarali 
bo‘ladi.  Bunday  variantda  voleybolchining  taranglashgan  holda 
harakatlanayotgan gavdasi oldiniga bir oyoq bilan, keyin ikkinchisi bilan 
sekinlashtiriladi.  Bu  siltanish  vaqtini  oshiradi,  energiya  sochilishiga 


90 
yordam  beradi  va  oyoq  muskullarining  egiluvchan  elementlarida  uning 
jamlanishini  kamaytiradi.  Tezlik  bilan  siltanish  birinchi  temp  bilan 
hujumni  bajarishda,  siljishdan  keyingi  to‘siq  qo‘yishda,  hujumchining 
to‘pga kechikib chiqishida katta ahamiyatga ega. 
Tayanchga  oyoqlarni  ketma-ketlikda  qo‘yish  odatda  bir  oyoqni 
boshqasidan  oldinroqqa  qo‘yish  bilan  kuzatiladi  (bir  metrgacha). 
Siltanish  samaradorligi  bunda  pasayadi,  “izma-iz  quvishda”  amalga 
oshiriladi, bunda sakrovchining gavda og‘irligi bir oyoqdan ikkinchisiga 
o‘tkaziladi, bu ma’lum darajada navbatma-navbat siltanishga olib keladi, 
oqibatda  esa,  uning  vaqt  davomida  “cho‘zilishi”  bilan  ta’sir  kuchi 
kattaligi pasayadi. Bunda kuchli egiluvchan harakatning “oltin qoidasi” 
buziladi  va  yanada  kuchli  boshlang‘ich  siltanish  ta’minlanmaydi.  Bu 
bilan  tezlantiruvchi  oyoq  mushaklariga  energiya  uzatish  koeffitsienti 
pasayadi,  energiyaning  jamlanishi  va  uning  siltanish  jarayonida 
erkinlashuvi  uchun  egiluvchan  son  mushaklardan  foydalanish  darajasi, 
kuch impulsi kattaligi muqarrar sur’atda pasayadi. 
Shu  tarzda,  siltanish  uchun  tayanchga  oyoqlarni  taranglashtirish 
jarayonida  har  ikkala  tovonni  bir  vaqtda,  bir  chiziqqa,  yugurish 
yo‘nalishiga perpendikulyar holatda qo‘yish kerak. Siltanishni tovondan 
oyoq uchiga tomon siljish bilan, “ballistik harakatlarning oltin qoidasini” 
amalga oshirishga intilib bajarish maqsadga muvofiqdir. 
Oyoqni  tayanchga  bunday  qo‘yish  usuli  boshqa  ustunliklardan 
tashqari  yana,  ikkinchi  himoya  hududidan  hujumda,  hujum  qilish 
zonasiga  “kirib  qolish”  xatosiga  yo‘l  qo‘ymaslikka  va  to‘rga  yaqinroq 
joydan  to‘pga  zarba  berishga  imkon  beradi,  bu  hujumchining 
imkoniyatlarini  oshiradi.  Siltanishning  yana  bir  muhim  mexanizmini  – 
sakrovchi  qo‘l-oyoqlarining  siltanish  –  qo‘l-oyoqlarning  birgalikdagi 
ishlash harakatlarini qarab chiqamiz.  
Sakrovchi  tomonidan  qo‘l-oyoqlarning  birgalikdagi  harakatini 
amalga  oshirishda  ikkinchi  mushakning  funksiyasini  quloch  yozishda 
oyoq-qo‘llarning  aylanma  harakatlari  natijasida  vujudga  keluvchi 
markazdan  qochma  kuchning  faqat  vertikal  tashkil  etuvchisigina 
bajaradi. Aynan uning kattaligi (oyoq muskullarini rivojlantiruvchi kuch 
bilan  birga)  amortizatsiya  va  itarilish  jarayonida  tayanchga  ta’sir 
kuchining impulsini belgilaydi. 
Qo‘l  va  oyoqlarning  birgalikdagi  harakatlari  vertikal  tashkil 
etuvchisi tayanchga bilvosita – gavda va oyoqlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. 
Amortizatsiya  va  itarilish  vaqtida  u  avvaliga,  qo‘l-oyoqlarning  aylanma 
harakati bo‘yicha markazdan qochma kuch vektorining yerning tortishish 


91 
kuchi  bilan  tobora  ko‘proq  mos  kelishi  hisobidan  tayanchga  bosimni 
ko‘paytiradi. Keyin esa itarilishni yengillashtiradi, chunki quloch yozish 
jarayonida  voleybolchi  massasining  bir  qismi  sifatida  (birgalikda 
harakatlanuvchi qo‘l-oyoqlar) vertikal uchishning ancha yuqori tezligiga 
erishadi.  Havoda  tezliklarning  tenglashuvi  hisobidan  harakat  organlari 
kinetik energiyasi qayta taqsimlanadi. 
Shu  tarzda,  oyoq-qo‘llarga  ta’sir  kuchining  ortishi  aylanma 
harakatning  kinetik  energiyasi  oshishiga  olib  keladi,  bu  tashqi  kuchlar 
ta’sirida sekinlashuvda ortib boruvchi harakat energiyasiga  o‘tib boradi, 
bu qo‘l-oyoqlar uchun gavda va oyoqlar massasining inersiyasi bo‘ladi. 
Oyoq-qo‘llarning  maydondagi  harakatini  katta  amplituda  bo‘yicha 
keng  quloch  yozishda  bajarish  kerak.  Bunda  kamida  ikkita  vazifa  hal 
etiladi: 
1.
 
Uzoq  masofa  davomida  harakatlanuvchi  qo‘l-oyoqlar  yuqori 
tezlikka  ega  bo‘lishi  mumkin  (bu  aylanma  harakat  uchun  kinetik 
energiya formulasida kvadratdan iborat bo‘ladi. 
2.
 
To‘g‘rilangan  holatdagi  qo‘l-oyoqlar  bilan  keng  qadam  tashlab 
bajarila-yotgan  harakatda  tayanchga  eng  katta  bosim  yaratiladi  –  bu 
qo‘llarning  pastki  vertikaldan  o‘tishi  vaqtidagi  holatiga  mos  keladi. 
Ushbu holatda tezlanish belgisi teskarisiga almashinadi. 
Mantiqan  qo‘l-oyoqlar  quloch  yozish  umumiy  xarakteristikasi 
oshirilishi  (harakatda  qo‘l-oyoqlar  sonini  va  ularning  inersiya 
momentlarini  ko‘paytirish  hisobidan,  bu  qo‘l-oyoqlar  geometrik 
massasini  tegishlicha  o‘zgartirilganda  mumkin  bo‘ladi)  sakrash 
balandligining oshishiga olib keladi. 
Biroq,  doimo  ham  shunday  bo‘lavermaydi.  Masalan,  qo‘l  bilan 
yonma-yon  harakatlanish  vaqtida  bir  oyoqdan  foydalanilsa,  ikkinchisi 
bilan  esa  itarilsa,  unda  bo‘sh  oyoqdagi  faol  harakat  hisobidan 
voleybolchi  uchish  tezligining  ko‘payishi  effekti,  itarilishda  qo‘yilgan 
kuchning  pasayishi  bilan  tenglashib  qolishi  mumkin.  Chunki  itarilish 
ikkala oyoqda emas, bir oyoqda bajariladi. 
Shunga e’tibor berish zarurki, sakrovchi gavdasining vertikal uchish 
tezligi  kuchning  mutlaq  ko‘rsatkichlari  bilan  emas,  balki  uning  vaqt 
davomidagi  ta’siri  –kuch  impulsi  bilan  aniqlanadi.  Kattaligi  turlicha 
bo‘lgan,  turlicha  vaqt  oraliqlarida  harakatlanuvchi  kuchlar  ta’sirida  bir 
xil natijaga erishish mumkin. 
Tayanchdan  bir  oyoq  bilan  itarilgan  holatda,  o‘yinchi  ikki  oyoq 
bilan  sakraganidan  ko‘ra  kamroq  kuch  sarflashi  va  xuddi  shunday 
balandlikka  sakrashi  mumkin.  Ehtimol,  voleybolchilar  uchun  har  ikkala 


92 
usuldagi  itarilishdan  keyingi  gavda  uchishining  umumiy  kinetik 
energiyasi kattaligi to‘liq taqqoslanuvchan bo‘lishi ham mumkin, bunga 
ularning mashq jarayonida taxminan bir xilda “ishlov” berilganligi sabab 
bo‘lishi mumkin. Yengil atletikachilarga esa yugurgan holda balandlikka 
sakrash bo‘yicha qoidalarda faqat bir oyoqda itarilishga ruxsat beriladi. 
Demak,  yugurish  holatida  bir  oyoq  bilan  itarilish  unchalik  ham 
yomon  emas  va  shubhasiz  ma’lum  bir  vaziyatlarda  ustunlikka  egadir. 
Masalan,  bir  oyoqda  sakragan  holda  to‘pga  hujum  zarbasi  berilganda, 
to‘r  bo‘ylab  uzatishlarda,  uzunligi  ikki  metrgacha  bo‘lgan  to‘r  bo‘ylab 
o‘yinchining  harakat  trayektoriyasidagi  aniq  nuqtalar  mo‘ljalga  olinishi 
mumkin.  Bu  to‘siq  qo‘yuvchi  raqiblarga  qiyinchilik  yaratadi,  ular  ham, 
umuman olganda, xuddi shunday – bir oyoqda to‘r bo‘ylab sakrab “uchib 
o‘tish”dan foydalanishlari mumkin. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish