3.7.1. Pastdan uzatishlar
To‘pni pastdan uzatish bir yoki ikki qo‘llab amalga oshiriladi. Ular
tayanch holatidan ham (joyidan, harakatda yoki siljishdan keyin),
shuningdek, tayanchsiz holatda ham (pasayishda va ba’zan sakrashda)
bajarilishi mumkin.
Pastdan uzatishlar – voleybol o‘yinidagi eng oddiy texnik
elementlardan biridir. Biroq to‘p bilan ishlashning ushbu usuliga ko‘p
e’tibor qaratish kerak, chunki uzatish ko‘nikmasining shakllangan
mexanizmlari, u yoki bu xilda, himoyada, to‘siq qo‘yishdagi himoyada
va to‘pni qabul qilishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |