O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Pastdan 
ikki 
qo‘llab 
uzatish.
 
Uzatishning 
aniqligi 
va 
ishonchliligini  ta’minlash  uchun  o‘z  vaqtida  to‘pni  ilib  olish  joyiga 
borish  va  yuzma-yuz  turish  holida  (ba’zida  orqa  bilan  ham)  to‘xtash 
kerak.  Kechikib  chiqish,  o‘yinchiga  to‘pni  uzatish  uchun  qulay  holatni 
egallashiga imkon bermaydi, bu uning samaradorligini pasaytiradi. 
Har  qanday  yo‘nalishdagi  harakat  odatdagi  yugurish  yoki  tayanch 
tiralgan  qadam  bilan  pastki  turish
 
holatida  amalga  oshiriladi,  unda 
uzatish  to‘xtagandan  so‘ng  bajariladi.  Tayanch  tiralgan  oyoq  bilan 
harakatlanish  jarayonida  qo‘llarni  oldinda,  tizza  bo‘g‘inlari  biroz 
bukilgan  holda  tutib  turish  va  to‘p  bilan  ishlashdan  oldin  ularni  o‘z 
vaqtida to‘g‘rilab olish kerak. Boshqa vaziyatlarda qo‘llarni to‘g‘rilagan 
holda,  tayyorgarlik  holatida  tutish  mumkin.  Agarda  odatdagi  yugurish 
qo‘llanilsa,  unda  qo‘llar  harakatga  faol  yordam  beradi,  oyoq 
harakatlariga teskari, faol quloch yozish harakatlarini bajaradilar. 
To‘pni  qaytarishga  bevosita  tayyorgarlik  jarayonida  o‘yinchi  pastki 
turish  holatida  to‘g‘rilangan  qo‘llarni  old  tomonga  birlashtiradi, 
barmoqlar birikadi, bu bilan o‘ziga xos maydoncha – “qaytaruvchi turish 
holati” yaratiladi. Pastdan uzatish holatidagi turish vaziyatini to‘p bilan 
ishlagandan keyin ham bir necha daqiqa saqlab turish lozim. U birdaniga 
ikki,  tashqariga  yozilgan  bilaklar  bilan  bajariladi,  bu  gavda  zaruriy 
egilganda,  yelkalar  va  barmoqlar  tushirilgan  holatda,  qaytaruvchi  turish 
holatining yetakchi qat’iyligini yaratadi. 
Agar  o‘yinchi,  kerakli  joyga  o‘tib  turgach,  o‘z  turish  holatini 
oldindan  tayyorlasa  va  to‘p  undan  kerakli  yo‘nalishga  uzatilsa,  uzatish 
aniq va ishonchli bo‘ladi. Turish holatiga qarama-qarshi harakatlar zarur 


95 
bo‘lganida,  bu  deyarli  doimo  bo‘lib  turadi,  to‘pga  tezlik,  yelka 
bo‘g‘inlarida  to‘g‘rilangan  qo‘llarning  aylanma  harakatlari  bilan  emas, 
balki  oyoq  uchlarida  ko‘tarilish  bilan  bog‘lanadi.  Bunda  tizza,  tos  va 
ensa  bo‘g‘inlari  deyarli  harakatlanmaydi,  ya’ni  turish  holati  uzatishdan 
oldin  ham  keyin  ham  saqlanib  turadi.  Turish  holati  esa  harakat 
jarayonida, har  qanday  vaqt davomida  o‘ziga-o‘zi  parallel  holda  qolishi 
kerak, bu to‘pni uzatishning ishonchliligi va aniqligini oshiradi. 
O‘yinchilar  ko‘pincha  qo‘llaydigan,  yelka  bo‘g‘inlaridan  qo‘llar 
harakatlanishi  hisobidan  to‘pni  uzatish  kamroq  aniqlikka  ega  bo‘ladi. 
Chunki,  birinchidan,  qaytaruvchi  turish  holatining  qat’iyligi  pasayadi, 
ikkinchidan, turish holati  o‘z o‘qi atrofida aylanib, vaqtning ma’lum bir 
qismidagina  maydondagi  shunday  holatga  tushadi,  bu  to‘pga  zarur 
yo‘nalishda  sakrash  imkonini  beradi.  Bu  yetkazishda  qo‘shimcha 
qiyinchiliklarni yaratadi, uzatishning aniqligi pasayadi. 
Pastda  to‘pni  qabul  qilishda  to‘pga  to‘g‘ri  joy  tanlash  va  uni 
to‘g‘rilashga  o‘tish  maqsadga  muvofiqdir.  Biroq,  o‘yinda  shunday 
holatlar  ham  bo‘ladiki,  o‘yinchi  to‘pga  yaqinlashishga  ulgurmaydi. 
Bunda  himoyada  turish  holati  tayanch  maydonidan  tashqariga  chiqarish 
va to‘pga tomon shunday burish kerakki, to‘p kerakli yo‘nalishga tomon 
uzatilsin. Bunda to‘pni qarshi olish harakati asosiy tovon bilan bajariladi. 
Vaqt tig‘izligi “o‘z yo‘licha” – turishda to‘xtamasdan, harakatlanish 
jarayonida bajariluvchi uzatishlar bundan mustasnodir. Bu holatda faqat 
uzatuvchining,  yelka  bo‘g‘inlaridagi  qo‘l  harakatlari  hisobidan 
bajaradigan  faoliyati  bo‘lishi  mumkin.  Bu  to‘liq  darajada  boshning 
orqasiga uzatishlarga ham taalluqlidir, ular ba’zida sakrashda (masalan, 
o‘yinchi tomoshabin tomon uchayotgan to‘pni qaytarishi kabi holatlarda) 
ham  bajariladi.  Har  qanday  holatda  ham  o‘yinchi,  to‘pni  yetkazish 
sifatiga  zarar  yetkazmagan  holda,  yelka  bo‘g‘inlaridagi  harakatlarni 
kamaytirishga  intilishi  zarur.  To‘p  ostiga  pastdan  turib  (ayniqsa,  bunga 
vaqt  bo‘lganida),  goh  chapdan,  goh  o‘ngdan,  xuddi  tegirmon  kabi,  qo‘l 
cho‘zib to‘pni tutishga doir harakatlar mutlaqo samarasizdir. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish