Taqrizchilar:
Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan
yoshlar murabbiyi dotsent.
A.Kazakov
pedagogika fanlari nomzodi,
professor
B.T.Haydarov
pedagogika fanlari nomzodi,
dotsent
B.A.Bo‘riboyev
ISBN –
978-9943-6180-0-8
3
KIRISH
So‘nggi yillarda mamlakatimizning birinchi Prezidenti, taniqli davlat
arbobi I.A.Karimov tomonidan asos solingan va mustaqillik davrida
barcha sohalar doirasida erishilgan asrlarga teng o‘zgarishlar, misli
ko‘rilmagan yutuqlar, ulkan islohotlar, bunyodkorlik ishlari ko‘lami ayni
kunda jahon hamjamiyati, taniqli davlat rahbarlari o‘rtasida tan olingan
yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning faol tashabbusi va uning bevosita
rahnamoligida yanada jadal shiddatda kengaytirilmoqda, xalqimiz
farovonligi, tinchlik-osoyishtaligi va Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat
qilmoqda. Bu borada millat genafonini shakllantirish va sog‘lom,
barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo‘lmish jismoniy tarbiya va sport
sohasini yanada rivojlantirish, uni xalqaro me’yor bosqichlariga olib
chiqish, millatimiz hamda yurtimiz shuhratini yuksak cho‘qqilarga olib
chiqishga qodir sportchilar tayyorlovchi mutaxassis kadrlar, o‘qituvchi-
murabbiylar yetishtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shu progressiv strategiyani izchillik bilan amalga oshirish
maqsadida yurtimiz rahbari tomonidan bir qator konseptual farmon va
qarorlar, jumladan, 2017-yil 3-iyunda “Jismoniy tarbiya va ommaviy
sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-
sonli Qaror, 2018-yil 5-martda “Jismoniy tarbiya va sport sohasida
davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmoni qabul qilindi. Ta’kidlash muhimki,
ushbu qarorlar ijrosini bosqichma-bosqich amalga oshirishda jismoniy
tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim maskanlarida mutaxassis
– kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, talabalarga bilim berish, ularning
kasbiy-pedagogik mahoratini shakllantirish, amaliy malaka va
ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayonida xalqaro tajribalar va innovatsion
texnologiyalardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi.
“Voleybol nazariyasi va uslubiyati” deb nomlangan mazkur darslik
muvofiq ta’lim yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlashga mo‘ljallangan
bo‘lib, unda aynan yuqorida qayd etilgan masalalarni amaldagi o‘quv
rejasi va fan dasturi asosida ochib berishga urg‘u berilgan.
Ushbu darslikda O‘zbekistonda voleybolni rivojlanishi, musobaqa
qoidalari, musoboqalarni tashkil qilish va o‘tkazish asoslari, voleybolga
o‘rgatish nazariyasi va uslubiyati, voleybolchilarni texnik, taktik,
jismoniy, integral tayyorgarligi, voleybolchilar tayyorlash jarayonini
boshqarish masalalari va hokazolarni to‘liq qamrab olgan.
4
Shuningdek, ushbu darslikda zamonaviy voleybol va uning dolzarb
masalalariga, O‘zbekiston voleybolini rivojlantirish, uni kelajak
istiqbolini munosib darajada ta’minlashning yo‘llari va tadbirlariga
hamda voleybolchilarni tayyorlashning zamonaviy vositalariga alohida
e’tibor qaratilgan.
Ushbu darslik O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport
universiteti o‘quv rejasi, DTS va namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq
tayyorlangan.
Mazkur darslik 610500-Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
yo‘nalishi voleybol ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun
mo‘ljallangan.
Darslikning ayrim bo‘limlari va mavzularini yoritishda pedagogika
fanlari doktori, professor L.R.Ayrapetyants va dotsent A.A.Pulatov
tomonidan tayyorlangan va jismoniy tarbiya instituti talabalariga
mo‘ljallangan “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” darsligidagi ilmiy-
nazariy va uslubiy ma’lumotlardan foydalanildi.
Ushbu darslikni nashrga tayyorlashda o‘z ko‘rsatmalari va beminnat
maslahatlari bilan ko‘maklashgan barcha mutaxassis-olimlarga, ayniqsa,
taqrizchilarga muallif o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Darslik bo‘yicha
bildirilgan barcha fikr-mulohazalar va takliflar muallif e’tiboridan chetda
qolmaydi va kelajakda tayyorlanadigan o‘quv adabiyotlarida o‘z
ifodasini topadi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |