O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Voleybol o‘quv fani sifatida



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

 
1.2. Voleybol o‘quv fani sifatida 
 
“Voleybol  nazariyasi  va  uslubiyati”  fani  mutaxassislik  sifatida 
voleybol bo‘yicha murabbiylik kasbiga tayyorlash talablari bo‘yicha oliy 
o‘quv  yurti  o‘quv  rejasining  ixtisoslik  fani  hisoblanadi.  U  oliy  ta’lim 
Davlat  ta’lim  standartining  5610500  “Sport  faoliyati”  (faoliyat  turlari) 
ixtisosligi  bo‘yicha  mutaxassislar  tayyorlashning  malaka  tavsifida 
belgilangan  layoqatlarni  shakllanishda  umumiy  vazifalarning  aksariyat 



qismini bajaradi. Mazkur fan “Jismoniy madaniyat” va “Sport faoliyati” 
yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash o‘quv rejasidagi bir qator 
fanlar orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Dastur  mazmuni,  mutaxassislarni  malaka  va  ko‘nikmalari  tegishli 
kafedralarning  mutaxassislik  bo‘yicha  ishchi  dasturlarida  aks  ettirilgan. 
Ular oliy ta’lim bo‘yicha Davlat ta’lim standartining umumiy talablariga 
muvofiq ishlab chiqilib, mutaxassis tayyorlash, zaruriy kasbiy layoqatlar 
darajasini belgilaydi.  
O‘quv  dasturida  yo‘nalishning  har  bir  bitiruvchisi  egallashi  lozim 
bo‘lgan  bilimlar,  kasbiy  malaka  va  ko‘nikmalar  darajasi  va  hajmi 
bo‘yicha  talablarning  zaruriy  ko‘rsatkichi  beriladi.    Ular  quyidagilardan 
iborat: 
- voleybol nazariyasining umumiy asoslari; 
- voleybolni o‘rgatish uslubiyati; 
- sport mashqlari nazariyasi va uslubiyati; 
- turli toifadagi jamoalarni tayyorlash xususiyatlari; 
- ommaviy-sport ishlari; 
- voleybolning tibbiy-biologik va psixologik asoslari; 
-  voleybol  bo‘yicha  musobaqalar  hakamligini  tashkil  etish  va 
o‘tkazish  uslublari; 
- voleybol bilan shug‘ullanishning moddiy-texnikaviy ta’minoti; 
- talabalarning voleybol bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari; 
-  voleybolchilar  sport  tayyorgarligi  darajasini  rejalashtirish  va 
nazorat qilish; 
O‘quv  mashg‘ulotlari  ma’ruza,  seminar  va  amaliy  mashg‘ulotlar, 
o‘quv  amaliyoti,  talabalarning  ilmiy  tadqiqotlari  va  mustaqil  ish 
shakllarida  o‘tkaziladi.    Ma’ruzalarda  dasturda  belgilangan  barcha 
nazariy  bilimlar  aks  ettiriladi.    Seminar  va  amaliy  mashg‘ulotlarda 
talabalar  voleybolni  o‘rganish  malaka  va  ko‘nikmalarini  egallaydilar  va 
mustahkamlaydilar.  Umumta’lim  maktablari,  sport  maktablari,  jismoniy 
madaniyat  jamoalaridagi  pedagogik  amaliyot  jismoniy  madaniyat 
o‘qituvchisi  va  tashkilotchisining  amaliy  ish  ko‘nikmalarini  egallashida 
ko‘maklashadi.  Ilmiy-tadqiqot ishlari jarayonida talabalar asosli fikrlash 
ko‘nikmalariga  ega  bo‘ladilar,  ilmiy-tadqiqot  usullarini  o‘zlashtiradilar, 
kelajakda  kasbiy  o‘sishlari  hamda  voleybolga  o‘rgatish  bo‘yicha 
o‘zlarining  yangi  usullarini  kashf  etishlari  uchun  zamin  yaratadilar. 
Voleybolchilarning  sport  tayyorgarligi  nazariyasi  va  uslublarini  ayrim 
umumiy  masalalari  bo‘yicha  qo‘shimcha  bilimlar  talabalar  tomonidan 
o‘quv  rejasidagi  quyidagi  o‘quv  fanlari:  fiziologiya,  psixologiya, 



biomexanika,  bioximiya,  anatomiya,  sport  tibbiyoti,  pedagogika, 
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kabilarda o‘rganiladi. 
O‘qitish  dasturida  bo‘lg‘usi  mutaxassislarning  sport  mahoratini 
oshirib  borish,  kasbiy  faoliyat  va  kasbiy  mahorat  darajasining  tarkibiy 
qismi sifatida ham nazarda tutiladi. Talabalarning o‘zlashtirishi sinov va 
imtihonlar  orqali  baholanadi.  Oliy  o‘quv  yurtini  tugallashda  har  bir 
talaba  davlat  attestatsiyasi  talablarini  bajarishi,  bitiruv  malakaviy  ishini 
tayyorlashi  va  himoya  qilishi  zarur.  Oliy  o‘quv  yurtini  tugatgach, 
voleybol  bo‘yicha  mutaxassis  turli  toifadagi  sport  jamoalarida, 
BO‘SMlarda,  umumta’lim  maktablari  va  kollejlarda  hamda  oliy  o‘quv 
yurtlarida, sport tashkilotlari va klublarda ishlashi mumkin. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish