O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


  Obro‘-e’tiborga  tegishlicha  (samarali  yoki  yetarlicha)



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

2.  Obro‘-e’tiborga  tegishlicha  (samarali  yoki  yetarlicha) 
tayanish  tamoyili
.  Qadimiy  naqllardan  biri  bo‘lgan  “O‘zingga  namuna 
yaratma”  degan  qoidani  har  kuni  tatbiq  etishdan  boshlash  lozim.  Bu 
bilish  va  o‘zini  anglash  jarayonini  buzuvchi  tashqi  obro‘-e’tiborlarga 
haddan  ortiq  ta’zim  qilishga  yo‘l  qo‘ymaslikni  anglatadi.  Aks  holda 
qandaydir  shaxsning  obro‘li  nazariyasi  yoki  umum  qabul  qilgan 
ko‘rsatmalar  ta’siriga  tushib  qolishi  mumkin.  Ular  yaratuvchi,  mustaqil 
izlanishga  qodir  kishi  tadqiqotchini  faqatgina  qayta  ijro  etuvchi  kishiga 
aylantirib  qo‘yadi.  Bunday  holda  murabbiylik  mahoratining  o‘sishi  va 
bo‘lg‘usi mutaxassislarning kasbiy yutuqlariga erishishi dargumondir. 
Mashhurlikni  so‘zsiz  tan  olish  tarbiyalanuvchining  o‘z  kuchiga 
ishonmaslikka,  ko‘r-ko‘rona  ishonish  va  bo‘ysunishiga  olib  keladi.  Bu 
esa voyaga  yetgan bolaning bolalarcha roli bo‘lib, unga tashqi rahbarlik 
talab  etiladi.  Bu  hodisa  kuzatilgan  mashhurlik  ta’siridan  ajralganidan 
so‘ng  o‘z-o‘zidan  yo‘qoladi,  deb  o‘ylash  xatodir.  Tarbiyalanuvchi 


10 
bo‘ysunish 
jarayonida 
mashhurlikka 
emas, 
balki 
o‘zining 
psixoemotsional  holatiga  “bog‘lanib”  qoladi, bu  esa boshqa nufuzlilarni 
izlashga va ularga taqlid qilishga majbur qiladi. Afsuski, ushbu tarzdagi 
xulq-atvor 
(aralashma, 
boshqalar 
kabi 
bo‘l 
deyish) 
bizning 
jamiyatimizda  mustaqil  va  erkin  nuqtai  nazar  vakillariga  emas,  balki 
vaziyatga moslashuvchilarga ijtimoiy muvaffaqiyatni ta’minlab beradi. 
Shu  bilan  birga  barcha  mashhurlarni  mutlaq  inkor  etish  ham 
yaxshilikka  olib  kelmaydi.  Agar  velosiped  mavjud  bo‘lsa,  uni  ixtiro 
qilish  emas,  balki  unda  yurishni  o‘rganish  shart,  keyinchalik  esa  vaqti-
soati bilan uni takomillashtirishning samarali g‘oyalari paydo bo‘ladi. 
Agar  yoshlarga  yuksak  axloqiy  va  pedagogik  sifatlarga  ega,  kasbiy 
faoliyatning  barcha  sir-asrorlarini  o‘rgata  oladigan,  taqlid  qilishga 
arziydigan  o‘qituvchi  duch  kelib  qolsa,  bu  juda  katta  yutuqdir.  Bunday 
imkoniyatni yoshlar qo‘ldan chiqarmasligi kerak. Biroq, nufuzlilar bilan 
o‘zaro  munosabatlarni  o‘zaro  qaramlik  darajasigacha  olib  borish  ham 
kerak  emas.  Bu  insonni bo‘shashtiradi, uning  barqarorligini  pasaytiradi, 
shaxsning  muhim  tamoyillarining  rivojlanishiga  to‘sqinlik  qiladi. 
Mashhur  shaxslarga  so‘zsiz  ishonishga  yo‘l  qo‘ymaslik  kerak,  tez-tez 
ikkilanib “Nega?”, “Bu haqiqatdan ham shundaymikan?” degan savollar 
qo‘yilishi  lozim.  O‘rnatilgan  va  belgilangan  ko‘rsatmalar,  nazariya  va 
usullarga nisbatan asosli ikkilanishlar bilish jarayonini sog‘lomlashtiradi 
va  shaxs  shakllanishi  hamda  yosh  mutaxassislarning  kasbiy  mahorati 
o‘sishini  tezlashtiradi.  Aks  holda,  mustaqil  bo‘lmaslik  va  o‘ziga 
ishonmaslik kelajakda ularni quruq ijrochilarga aylantirib qo‘yadi. 
Nufuzli  shaxslardan  ma’lum  darajagacha  foydalanish  ham  foydali, 
ham  samaralidir.  Biroq  ularning  xomxayoldan  iborat  qadriyatlariga 
berilmaslik  uchun  mavjud  kishilardan  o‘tib  ketishga  intilish,  imkon 
qadar  ulardan  barcha  yaxshi  tomonlarni  olish,  ularga  hurmat  bildirish 
lozimdir.  Faktlar,  haqiqatlar,  sababiy  aloqadorlik  muhimligiga  e’tibor 
qaratishni asta-sekin o‘rganish, o‘z aqliga ishonish kerak. Shundagina bu 
vaziyat  sermahsul  bo‘ladi.  Nufuzni inkor  etish  ham mumkin  emas  –  bu 
bilan  ko‘p  narsani  yo‘qotish  va  salbiy  oqibatlarga  –  bir  joyda  turib 
qolish,  o‘z  fikriga  yuqori baho berish,  muvofiq  kelmaslikka  olib kelishi 
mumkin. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish