To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish
. Har qanday yuqoridan
uzatishlarni bajarishda asosiy o‘ringa, to‘pga tezlik va yo‘nalish berish
jarayonida rivojlantiriluvchi muskul kuchlanishlarning aniqligi qo‘yiladi.
Aniq harakatlarning oddiy holatlarida o‘yinchilarning maydondagi
harakatlarining maqsadi aniqligi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
1. To‘pga zaruriy tezlik yo‘nalishini berish vazifasini hal etuvchi,
rivojlantiruvchi kuchlar kattaligi bo‘yicha ham, qat’iy belgilangan
kuchlanishni yuzaga keltiruvchi muskullarning kelishilgan holdagi
uyg‘onishi.
2. Proprioretseptorlar (teri sezuvchanligi) va eksteroretseptorlardan
(tashqi sezuvchanlik) mushak vazifalari bajarilishining borishi to‘g‘risida
keluvchi, joriy teskari aloqaning doimiy signallari asosida, muskullar
tomonidan rivojlantiruvchi kuchning to‘g‘rilanib borishi.
Kerakli yakuniy natijani ta’minlovchi, muskullarning belgilangan
kuchlanishini muvofiqlashtirish ko‘nikmasi, shuningdek, teskari aloqa
tamoyili asosida ham shakllanadi. U harakatni bajarish jarayonida
muskul kuchlarini to‘g‘rilashga va olingan samarani rivojlantiruvchi
harakatlar bilan, shu jumladan, texnik usulni bajargandan keyin ham
solishtirishga, keyingi zaruriy tuzatishlar kiritishga imkon beradi.
Ushbu omillar ishning samaradorligini oshirish odatda ko‘p martalik
takrorlash va o‘quv mashg‘ulotlari hisobidan ta’minlanadi. Biroq,
boshqa yo‘llar ham mavjud bo‘lib, buni ularning harakatlarini boshqarish
mexanizmlari xususiyatlaridan izlash kerak.
Odamning erkin harakatlarini boshqarish tizimida kanallar orqali
skelet muskullariga boshqaruvchi signal buyruqlarni uzatishni amalga
oshiriladigan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqa
bilan
birga,
aniqlikni
ta’minlashning favqulodda muhim elementi teskari aloqa konturining
birligi hisoblanadi. Harakat jarayonida u bo‘yicha bo‘g‘inlar
proprioretseptorlaridan paylar, muskullar, bog‘ichlar, teri qoplamasi va
ko‘rish analizatori retseptorlaridan signallar uzatiladi. Teskari aloqa
signallari solishtirish mexanizmiga tushadi, bu yerda “kelgusi talab
modeli” bilan qiyoslanadi. Boshqaruv tizimi markazlarida doimo
o‘tkazuvchi solishtirish natijalari bo‘yicha harakatlarni sensorli
to‘g‘rilash signallari shakllanadi, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa konturi
98
bo‘yicha muskullarga uzatiladi, bu ularning aniqligini sezilarli darajada
oshiradi.
Odamning teskari aloqani turlicha signallarini to‘g‘rilash uchun
foydalanuvchi aniq harakatlarini boshqarish tizimini shartli ravishda,
biomashina
konsepsiyasi
ma’nosida
“manipulyator”,
y’ani
“boshqaruvchi” deb atash mumkin. U odamning mehnat faoliyati asosida
yotuvchi aniq va chaqqon boshqaruv harakatlarni ta’minlaydi, bu esa
oxir-oqibatda, unga miyaning rivojlanishini va natijada evolyutsiya
jarayonida yer sharida hukmronlikni ham ta’minlaydi.
O‘yin vazifalarini hal etishning muvaffaqiyati aniq harakatlarni
boshqarish tizimidagi har bir elementning aniq faoliyatiga bog‘liq
bo‘ladi. Odamda aniq harakatlarni tashkil etish doirasida uning
samaradorligini oshirish imkoniyatlari mavjud.
Aniq harakatlarni boshqarish jarayonini optimallashtirish yo‘llarini
izlash uchun sportchining tayanch-harakat apparatini boshqarish
tizimining tuzilishi va fiziologik xususiyatlarini qarab chiqamiz.
Fiziologiyada
asosli
ravishda
odam
muskullar
tomonidan
rivojlantiriluvchi kuchni boshqarishning uchta usulidan foydalanadi:
-
mushak birliklarining (MB) turli miqdorini rekrutlash (ishga jalb
etish);
-
ishlovchi MB impulslari chastotasini ko‘paytirish;
-
MB faolligi fazalarini sinxronizatsiyalash.
Efferent
signallar
muskullarning
qisqaruvchi
elementlariga
motoneyronlar orqali uzatiladi. Uncha katta bo‘lmagan motoneyronlar
kichik motor birliklari va kam miqdordagi muskul tolalari bilan
bog‘langan. Kichik motoneyronlar ancha kichik darajali uyg‘onishga ega
bo‘ladi, buning natijasida ular bilan bog‘langan qisqartiruvchi tolalarni
faollashtiradi. Bu insonga kichik qiymatlar doirasida, harakatdagi
xatoliklarni kamaytirib, muskul kuchlanishlarini nisbatan me’yoriy
tartibga solishga imkon beradi.
Maksimal tartib 75% dan yuqori kuchlanishlar oralig‘ida muskul
kuchlanishlari ancha qo‘pol usulda amalga oshiriladi va bu quyidagicha
izohlanadi. Jiddiy qarshilik sharoitlarida dvigatel birliklarini “to‘siqlar”
miqyosida faollashtiruvchi o‘rta va katta motoneyronlar ishga kirishadi.
Amal qilish birliklari muskullarning qisqartiruvchi elementlari
impulsatsiyasining maksimal chastotasiga o‘tadi; bunda harakat birliklari
butun guruhlarining sinxron (bir vaqtda) kuchlanishi ehtimoli oshadi.
Bunday sharoitlarda muskul kuchlanishining kamayishi yoki o‘sishning
99
minimal kattaligi oshadi. Shu tarzda, effektor tartibga solish jarayoni
ko‘proq qo‘llaniladi, bu bajariladigan harakatlarning aniqligida aks etadi.
Muskul faolligini boshqarish tizimi ishining ushbu xususiyatlaridan
sportchi aniq harakatlar samaradorligini oshirish uchun quyidagi tarzda
foydalanishi mumkin. Imkon qadar kamroq kuch sarflash bilan aniq
harakat vazifalarini hal etishga intilish kerak.
Ma’lumki,
muskul
kuchlanishi
qiyin
differensiyallanadi,
ta’kidlanganidek, muskul bo‘g‘in retseptorlari bog‘ichlarda va bo‘g‘in
xaltachalaridan alohida bo‘ladi. Bog‘ichlarda Goldji tugunlari joylashgan
(paylarning Goldji retseptori bilan adashtirmaslik kerak). Ular bo‘g‘in
a’zolarining holati to‘g‘risida ma’lumot beradi va muskul kuchlanishlari
kattaligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Bo‘g‘in qobig‘ida Ruffini va Fater-Pachini gavdachasi joylashgan.
Ruffini retseptor tugallanishlari bo‘g‘in burchagidagi o‘zgarishlar tezligi
va yo‘nalishi, o‘zgarishlar holati to‘g‘risida ma’lumotlar berib turadi va
muskul
kuchlanishlari
oqibatida
bo‘g‘inda
vujudga
keluvchi
yuklanishning o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘ladi. Fater-Pachini gavdachasi
bo‘g‘inlaridagi tez harakatlar natijasida faollashadi va uning qismlari
harakat tezligi to‘g‘risida ma’lumot uzatadi.
Aniq ixtiyoriy harakatlarni boshqarishda muskul kuchlanishining
kattaligi to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli emasligidan odam bo‘g‘in va
taktil retseptorlarining ma’lumotlaridan faol foydalanadi, ular bosh miya
qobig‘ida ancha ko‘p darajada mavjud. Shunday fakt barchaga ma’lum:
odam qo‘llaridagi ikkita predmetning og‘irlik farqlarini aniqlash uchun
ularning har birini o‘lchab ko‘rayotgandek qo‘llar yuqoriga-pastga
yengilgina harakatlantiriladi. Bu bo‘g‘in xaltachalaridagi bo‘g‘in
proprioretseptorlar va kaftlardagi taktil retseptorlardan kelayotgan
qo‘shimcha ma’lumotdan foydalanish hisoblanadi.
Maxsus tadqiqotlar o‘tkazilib, ularda ishtirokchilar guruhi
a’zolarining
tirsak
bo‘g‘ini
xaltachasiga
novokain
kiritilib,
og‘riqsizlantirildi. Ushbu guruhda berilgan yuklanishlarni qayta
tiklashda va kuchlanishlar kattaligini farqlashdagi xatoliklar ancha
yuqori bo‘lib chiqdi.
Bunday holatlar katta aniqlikni ta’minlagani bois gavda qismlarining
harakat yo‘lini aniqlashni taqozo etadi. Bunda qo‘shilayotgan kuchning
ta’sir vaqti ham ortadi, signallarning halqa bo‘ylab to‘g‘ri va teskari
holda bir halqada ko‘p takrorlanishi sababli harakatlarni to‘g‘rilash
uchun qulay sharoitlar yaratadi.
100
Tezlikning doimiyligi va tezlanishni belgilaydigan pasayishiga
intilishda (shuningdek, tezlanishni belgilaydigan va unga proporsional
bo‘lgan kattalik sifatidagi ta’sir kuchi ham) sportchi ko‘pincha
faoliyatida gavdaning boshqa qismlarini kam jalb qiladi, masalan,
oyoqlarni uzatish aniqligi oshadi. Bu holat fiziologiyada mashhur
bo‘lgan fenomen “bilyard o‘yinidagi paradoks” nomini olgan bo‘lib,
uning natijasi shundan iboratki, kinematik zanjirdagi bo‘ginlar sonining
ko‘payishidan harakatlar aniqligi paradoksal darajaga oshadi.
Yuqoridagi uzatishlarni boshqarishda oyoqlar kerakli aniqlikka
erishishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi, tezlanish yo‘li va to‘p bilan
ishlash vaqti ko‘payadi. Uzatish ancha “me’yoriy”, asta sekinlashish va
to‘pga tezlanish bilan bo‘ladi.
Bunda muhim vaziyatni ko‘rsatib o‘tish lozim. Voleybolda baland
turish holatida oyoqlar harakati (ko‘pincha aynan shunday turishda
yuqoridan uzatishlar bajariladi) o‘z xususiyatlariga ega. Ularning barcha
mumkin bo‘lgan amplitudada tizza bo‘g‘inlarida to‘g‘rilanishi gavdaning
biroz siljishiga va mos ravishda qo‘llarning yuqoriga ko‘tarilishiga olib
keladi.
Boldir-tovon bo‘g‘inlari harakati hisobidan esa gavda ancha katta
harakatlanish yo‘liga ega bo‘ladi (5-rasm). Bu kuch qo‘shilishining
geometrik xususiyatlari bilan belgilanadi.
5-rasm
Himoyachi aynan boldir-tovon bo‘g‘inlari harakati hisobidan (oyoq
uchiga ko‘tarilib) gavdani (to‘pni ham) to‘pga qo‘shiluvchi kuch
o‘zgarishining yengil o‘zgaruvchan rejimini aniqlovchi qiymatgacha
harakatlantirish va uni yuqori tezlanishga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Bu
uning tezlanish yo‘lini oshiradi, bu to‘p bilan “yengil” ishlashni
101
ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, yuqoridan uzatishda, boldir-tovon
bo‘g‘inlarida ishlashga asosiy e’tiborni qaratib, to‘pni “oyoqlar bilan
tezlantirishga” intilish kerak. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, odamning
prokrioretsepsiv reaksiyasi vaqti 100 dan 160
Do'stlaringiz bilan baham: |