O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Tayanch  qadam  bilan  harakatlanish



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Tayanch  qadam  bilan  harakatlanish
.  O‘yinda  shunday  holatlar 
bo‘ladiki,  bunda  o‘rin  o‘zgartirish  harakatlarini  qadam  bilan  amalga 
oshirish  zarurdir.  Bu  foydali,  chunki  harakat  jarayonida  o‘yinchining 
turish  holatini  buzmaydi,  har  qanday  vaqt  davomida  uning  to‘p  bilan 
ishlay  olishini  ta’minlaydi.  Ushbu  usulning  bo‘sh  tomoni  –  oddiy 
yugurish bilan taqqoslanganda uning tezligi yuqori bo‘lmasligidir. 
 Tayanch  qadam  bilan  harakatlanish  texnikasi  ancha  oddiy,  biroq 
shunday bo‘lsa-da, bir qator muvofiqlashtiruvchi talablarni bajarish joiz. 


83 
Harakat  yo‘nalishiga  yaqin  bo‘lgan  qadam  va  boshqa  oyoq  bilan 
tayanchdan  itarilish  hisobidan  boshlanishi  kerak.  Siltanishdan  so‘ng 
o‘yinchi  siltanishni  bajargan  oyoqni  tayanchiga  shunday  qo‘yishi 
kerakki,  u  yana  standart  turish  holatiga  ega  bo‘lsin.  Harakat  tezligi 
oshirilganda  siltanayotgan  oyoq  tayanch  oyoqqa  yaqinroq  qo‘yiladi,  bu 
oyoq  bilan,  shu  joyning  o‘zida  navbatdagi  qadam  qo‘yish  bajariladi. 
Yuqori tezlikda harakatlanganda tayanchsiz holat ham kuzatiladi. Bunda 
“harakatlanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, tiralgan qadam ham shuncha 
keng bo‘lishi zarur” degan qoidaga amal qilinadi. 
Agarda  ma’lum  bir  belgilangan  vaqt  oralig‘ida  muvofiqligi 
kuzatilsa,  kesishgan  qadamlar  usulidan  ham  foydalanish  mumkin. 
Himoyada  undan  foydalanmaslik  kerak,  aks  holda,  o‘yinda  o‘yinchi 
kesishgan  qadam  holatida  turganida  to‘p  bilan  ishlashga  to‘g‘ri  kelib 
qolsa,  bu  ancha  noqulaylikni  keltirib  chiqaradi.  Harakatlanishni  tik 
turgan  (stoyka)  holatda  boshlash  va  shu  holatda  to‘xtay  olish  juda 
muhimdir.  Buning  ustiga,  to‘pni  o‘z  yo‘nalishida  urmaslik  uchun, 
bunday  turish  holati,  to‘p  bilan  ishlash  imkonini  pasaytiradi.  Bu  holat 
doimo ham kuzatilmaydi, ko‘pincha to‘pni harakat davomida yo‘naltirish 
to‘g‘ri keladi, ammo qulay turish holatida to‘xtashga intilish lozim. 
Dastlabki  qadamlar  mexanikasini  batafsilroq  ko‘rib  chiqamiz.  Tik 
turgan  holda  harakatni  boshlashda,  o‘yinchi  birinchi  qadamni  doimo 
harakat  yo‘nalishi  bo‘yicha  yaqinroqdagi  oyoqdan  boshlaydi,  uni 
tayanchdan  uzadi,  bu  boshqa  oyoqning  tayanchdagi  muvozanati 
buzulishiga olib keladi. O‘yinchini muvozanatdan chiqarish uchun (agar 
tashqi  kuchlar  ta’siri  bo‘lmasa),  harakat  yaqindagi  oyoq  bilan  emas 
(chunki  u  tayanchdan  uzilib  qoladi),  balki  uzoqdagi  oyoqning  itarilishi 
bilan  amalga  oshiriladi.  Aks  holda  (muvozanatni  yo‘qotgan  va 
yaqinroqdagi  oyoq  bilan  itarilganda)  tovonlar  orasidagi  masofa  uncha 
katta bo‘lmagan baland tik turish samaraliroq bo‘lgan bo‘lardi. 
Amaliyot  va  nazariy  qarashlar  buning  teskarisini  ko‘rsatadi: 
(ma’lum  darajagacha)  bukilgan  oyoqlarda  bajariladigan  turish  qancha 
pastroq va kengroq bo‘lsa, harakatni boshlash shunchalik yengil bo‘ladi. 
Sportchining  harakatlanishini  yuzaga  keltiruvchi  sabab  oyoqning 
tayanchdan  itarilish  kuchining  gorizontal  tashkil  etuvchisi  hisoblanadi 
(4-rasmda  Fg).  U  tayanchning  ta’sir  kuchini  gorizontal  tashkil 
etuvchisiga (F
rg
) teng bo‘lib, bu harakatlantiruvchi kuch deb hisoblanadi, 
chunki  u  o‘yinchining  harakat  yo‘nalishiga  mos  bo‘ladi.  Ushbu  tashkil 
etuvchi  ikkita  omil:  tayanchning  ta’sir  kuchi  kattaligi  va  itarilish 
kuchining  tayanchga  ta’sir  etish  burchagi  bilan  aniqlanadi.  Uning 


84 
qo‘yilish  burchagi  (φ) qancha kam bo‘lsa,  itarilish kuchining  gorizontal 
tashkil  etuvchisi  shunchalik  ko‘p  bo‘ladi  va  shunga  mos  ravishda 
o‘yinchi gavdasining tezlashishi ham oshadi. 
 
 
4-rasm 
 
Birinchi  qadamda,  oyoq  muskullari  kuchi  va  rivojlanib  boruvchi 
kuch  qo‘yishning  geometrik  qonuniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda, 
o‘yinchi qanchalik pastroq va kengroq turishdan foydalana olsa, itarilish 
burchagi shunchalik kam bo‘ladi. 
Tik  turish  balandligi  va  oyoq  tovonlari  o‘rtasidagi  masofa 
o‘yinchining  oyoq  muskullarining  tezlik-kuch  imkoniyatlarini  hisobga 
olgan  holda  tanlanishi  lozim.  Oyoq  muskullari  qanchalik  kuchli  bo‘lsa, 
himoyachi  shuncha  pastroq  turishdan  foydalanishi  mumkin.  Judayam 
keng  holatda  turish  samarasiz,  voleybolchi  deyarli  to‘g‘ri  qo‘yilgan 
oyoqlar bilan katta kuchni rivojlantira olmaydi. 
Vaqt 
tig‘izligida 
o‘yinchi  kerakli  yo‘nalishni  tanlashida 
o‘zgaruvchan turish holati yordam berishi mumkin, bunday holat zaruriy 
siljish  chizig‘i  bo‘ylab  joylashgan  kerakli  nuqtaga,  navbatdagi  siltanish 
bilan,  tovonlarni  joylashtirish  imkonini  beradi.  Shunday  vaziyatlar  ham 
bo‘ladiki  (masalan,  himoyada  yoki  kuchli  zarbalarni  qabul  qilishda), 
o‘zgaruvchan turish holati ham istalgan natijani bermaydi.  

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish