O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja



Download 35,01 Kb.
bet5/5
Sana09.07.2022
Hajmi35,01 Kb.
#762449
1   2   3   4   5
Bog'liq
янги тарих

Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo‘lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‘rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yo‘ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir.
Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, davlatlar o‘rtasida, hukmdorlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy manfaatlar, strategik maqsadlar yo‘lida tez-tez qirg‘inbarot urushlar bo‘lib turgan, biri ikkinchisini bosib olgan, mag‘lub mamlakatni talon-taroj qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini zo‘rovonlik bilan o‘z manfaatiga bo‘ysundirgan va o‘zlashtirgan. Bunday jarayonlarni siyosiy mezonlar nuqtai nazaridan turib baholash zarur bo‘ladi.
Mamlakatimiz tarixini o‘rganishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlari, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilish, ularni tarixiy xotira sifatida hurmatlash, e’zozlash va yanada boyitib borish nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan milliy madaniyatini, axloq mezonlarini ikkiga - ekspluatatorlar madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bo‘lish, birinchisini qoralashdan iborat yo‘riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko‘rsatdi. Milliy madaniyatga, ma’naviy merosga bunday yondashuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urfodatlarning oyoq osti qilinishiga, ko‘pgina olimlar, ma’rifatparvarlar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak.
Ajdodlarimiz hayotini, tarixiy jarayonlarni tahlil qilish, yoritish, o‘rganishda Vatan manfaati nuqati nazaridan yondashish, milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillariga tayanmoq lozim. Vatanimiz tarixini o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim nazariy- metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tarixni o‘rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.7
3.O‘zbekiston tarixini o‘rganishda yetakchi chet el olimlari L.N.Gumilev, YU.B. Bromleyning8 asarlari e’tiborga molikdir. YU.B. Bromleyning fikricha yer yuzida yashovchi o‘zbeklar etnik oz bo‘lsa, O‘zbekistonda yashovchi o‘zbeklar etnoijtimoiy organizmdir9.
O‘zbekiston tarixini o‘rganishda yetakchi zamonaviy tarixchi olimlarimiz tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar muhim o‘ringa ega. Ulardan eng muhimlarining nomlari, mualliflari haqidagi ma’lumotlar mazkur darslikning oxirida, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bo‘limida berilgan bo‘lib, ularni o‘qish, o‘rganish talabalarga tavsiya etiladi.
Tariximiz to‘g‘risida to‘la tasavvur hosil qilish uchun O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘lkani o‘rganish va boshqa muzeylar, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Urganch, Toshkent va boshqa shaharlar, ulardagi tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishish zarur.
Ajdodlarimiz qoldirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklar bilan tanishar ekanmiz, ularda xalqning mehnati, fikr-o‘ylari, orzu-umidlari, his-tuyg‘ulari mujassamlashganini qalban his etamiz, anglab etamiz. Ana shunda bu tarixiy yodgorliklarning chiroyli ko‘rinishidan huzurlanibgina qolmasdan, ajdodlarimizga, xalqimizga, millatimizga nisbatan mehr-muhabbatimiz ortadi, Vatanimiz bilan faxrlanamiz.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi yoshlarga xalqimizning mustaqillik tarixi haqida bilim berish bilan bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantirishga xizmat qiladi.
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o‘z o‘rnini topdi, barcha o‘quv maskanlarida talaba-o‘quvchilarga Vatan tarixini o‘qitish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, Vatan tarixini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi», «Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q», «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bo‘lish - hayotdan judo bo‘lish demakdir»10 degan ifodali so‘zlari va ko‘rsatmalari dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tarix talaba-o‘quvchilarda olam yagona va yaxlit, O‘zbekiston uning ajralmas bir qismi, olamda sodir bo‘ladigan voqea, hodisalar umumiy va o‘zaro bog‘lanishda, uzluksiz harakatda ekanligi to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur, tushunchalarni shakllantiradi.
O‘zbekiston tarixi talaba-o‘quvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshiralayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini o‘rgatadi. Bu o‘z navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilashga ko‘maklashadi.
Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma’naviy merosga ega ekanligi bilan belgilanadi. Xalqimizning ma’naviy poydevori juda qadimiy va mustahkam. Ajdodlarimiz etishtirib bergan o‘nlab, yuzlab jahonga mashhur olimu-ulamolar, me’moru-binokorlar, naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari hayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta’lim maskanlari faoliyati talaba-o‘quvchilar uchun katta ibrat maktabi, tarix sabog‘idir. Kelajak sari intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma’naviy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har qanday to‘siqlarni engish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Vatan tarixini o‘qitish orqali yoshlarga singdiriladi.
Vatan tarixi xalqimizning asrlar davomida ko‘pgina xalq, elatlar bilan ahl, hamjihat bo‘lib yashaganligidan, yurtimizda turli diniy e’tiqodlar erkinligi va inoqligi bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bu mustaqil O‘zbekistonda yashovchi turli dinlarga e’tiqod qiluvchi 120 dan ortiq millat va elatlar o‘rtasida tinchlik, milliy totuvlik, birodarlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi tarixiy saboqdir.
Kelajagi buyuk davlat qurayotgan bugungi avlodlar uchun o‘zbek davlatchiligi tarixi, ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelgan siyosiy-huquqiy institutlar, qonun-qoidalar tajribasi O‘zbekistonning mustaqilligini yanada mustahkamlash, huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurishda mustahkam tayanch va madadkordir.
Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni egallash talaba-o‘quvchilarda halollik, odillik, rostgo‘ylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga ko‘maklashadi.
Vatan tarixi yoshlarda jamiyatda ertaroq mustaqil faoliyat yuritish, o‘z qobiliyatini to‘laroq ochish va hayotga tatbiq etish sifatlarini shakllantiradi, Vatan, xalq taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish kabi yuksak ma’naviy burchni tarbiyalaydi, milliy g‘oya bilan qurollantiradi.
Shu boisdan Vatan tarixini har tomonlama, chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli bog‘chalardan tortib Oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimlarida O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishga davlat darajasiga ko‘tarilgan vazifa sifatida katta e’tibor berilmoqda, g‘amxo‘rlik qilinmoqda. «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda»


1 Q.Usmonov, M.Sodiqov,S.Burxonov. O‘zbekiston tarixi. Toshkent, 2006. 8-bet.

2 2017-2021 Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини “Халқ билан мулоқот ва инсон манфаатлари йили”да амалга оширишга оид Давлат дастурини ўрганиш бўйича илмий - услубий рисола. Тошкент 2017, 210-б.



3 Q.Usmonov, M.Sodiqov,S.Burxonov. O‘zbekiston tarixi. Toshkent, 2006. 9-bet.



4 Q.Usmonov, M.Sodiqov,S. Burxonova. O‘zbekiston tаriхi. (Oliy o‘quv yurtlаri barcha bakalavr yo‘nalishlari uchun (tarix yo‘nalishidan tashqari) darslik.Т. “Iqtisod-Moliya”. 2006 y.

5 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O‘zbekiston, 1997, 141-bet.

6 2017-2021 Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини “Халқ билан мулоқот ва инсон манфаатлари йили”да амалга оширишга оид Давлат дастурини ўрганиш бўйича илмий - услубий рисола. Тошкент 2017, 185-б, 203-б.



7 Q.Usmonov, M.Sodiqov,S.Burxonov. O‘zbekiston tarixi. Toshkent, 2006. 12-bet.



8  Гумилев Л.Н. Этногенез и биосфера земли. Москва, 1993.
Бромлей Ю.Б. Очерки теории этноса. Москва, 1983.

9  Бромлей Ю.Б. Очерки теории этноса. Москва, 1983.Cтр 35.

10 Qarang: Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T., O‘zbekiston, 1992, 71-bet; Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998, 10,21-betlar.


Download 35,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish