O’zbekiston Respublikasi
Sog’liqni Saqlash Vazirligi
Toshkent Farmatsevtika Instituti
Farmatsiya fakulteti
102-B guruh talabasi
Karimov Bunyodbekning
“Axborot texnologiyalari va jarayonlarini matematik modellashtirish”
fanidan
Mustaqil ishi.
Toshkent 2021y
Axborot komplekslari va texnologiyalarining texnik ta’minoti.
Axborot komplekslarining texnik ta’minoti o’z ichiga axborotni kiritish va qayta ishlash uchun mo’ljallangan kompyuter texnikasi, axborotlarni uzatish hamda almashishni ta'minlovchi aloqa kommunikatsiya asbob-uskunalari, axborotni qayta ishlovchi mutaxassislarni ishini avtomatlashtirishga mo'ljallangan tashkiliy texnik vositalarini o’z ichiga oladi.
Kompyuter texnikasining rivojlanish tendentsiyasi.
Kompyuter texnikasining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganishdan oldin kompyuter o’zi nima degan savolga javob berishimiz lozim bo’ladi. Kompyuter bu- inglizcha so’zdan olingan bo’lib hisoblagich degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun ham birinchi islab chiqilgan kompyuter texnikasini hisoblash texnikasi deb atashgan. Yillar davomida kompyuter texnikasi shakllanib borayotgan soha hisoblanadi. Jumladan 1623 yili nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan hisoblash mashinasi yaratildi. 1645 yili buyuk frantsuz matematigi Blez Paskal o’zining hisoblash mashinasini yaratdi.
1645 yil B.Pascal 2 ta amalni bajaradigan mexanik mashina yaratdi
1673 yil nemis matematigi Gotfrid Leybnits 4, ya’ni Slonimskiy tomonidan 4 arifmetik amalni bajaradigan va ildiz chiqaradigan hisoblash mashinasi yaratildi.
1623 yildan boshlab kompyuter texnikasi asta-sekin rivojlanib, hozirgi kunda murakkab tizimga ega bo’lgan vositaga aylandi. Fan va texnikada qilingan yutuqlar natijasida 1946 yilda birinchi “ENIAK” nomli elektron hisoblash mashinasi yaratildi. AQShdagi Pensilvaniya universitetida amerikalik olim Dj. Neyman (1903-1957) axborotlarni saqlash imkoniga ega bo’lgan elektron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasini yaratdi. Bu kompyuter 18.000 ta elektron lampadan tuzilgan bo’lib, 30 tonna og’irlikka ega va 150 m2 xonani egallagan. 1951 yili Rossiyalik olim Lebedev rahbarligida elektron hisoblash mashinasi yaratilgan.
1673 yil G.V. Leybnis 4 ta amalni bajaradigan mexanik mashina yaratdi
Komp’yuterlarning rivojlanish tarixini 50-yillar boshlaridan boshlab, to hozirgi kunlarga qadar bir necha avlodlarni o’z boshidan o’tkazdi:
Komp’yuterlarning avlodlari quyidagilar :
1 – avlod komp’yuterlari elektron lampalar asosida ishlagan
2 - avlod komp’yuterlari diod va triod tranzistorlari asosida ishlagan
3 - avlod komp’yuterlari mikrosxemalar asosida ishlagan
4 - avlod komp’yuterlari integral mikrosxemalar asosida ishlaydi
1 – avlod kompyuterlari elektron lampalar asosida ishlagan
2 - avlod kompyuterlari diod va triod tranzistorlari asosida ishlagan
3 - avlod kompyuterlari mikrosxemalar asosida ishlagan
4 - avlod kompyuterlari integral mikrosxemalar asosida ishlaydi
Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, ma’lumotlarni saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, taxrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’yin o’ynash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan - kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va xatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |