Karimov Bunyodbekning


Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari



Download 68,5 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi68,5 Kb.
#276164
1   2   3
Bog'liq
Karimov Bunyodbek

Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari

Kompyuterlar xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, guruhlarga bo’lish mumkin: katta kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer), bloknot (notebook) kompyuterlar.

U quyidagi asosiy qurilmalardan iborat:
1. Tizimli blok - kompyuter ishini ta’minlaydi va boshqaradi. U quyidagi qismlardan tashkil topgan.
Bosh plata. Barcha kompyuter qismlari, asosiy va qo’shimcha qurilmalar ulanadigan maxsus plata.
Mikroprotsessor – kompyuterning eng muhim qismini mikroprotsessor tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan, hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma- mikroprotsessor deyiladi.

Bir so’z bilan aytganda, mikroprotsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarni bajaradi. Hozirgi kunda mikroprotsessorning turli turlari mavjud: Intel, Pentium, Intel Seleron , AMDA

Tarmoq platasi - kompyuterni ichki mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi. Mahalliy tarmoq bir necha kompyuterni birlashtiradi va ma’lumot almashish imkonini beradi.
Video platasi-kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni monitorga uzatadi.
Ovoz platasi-ovozni uzatuvchi qurilma.

Elektr tokini kompyuter qurulmalariga bir xilda taqsimlash qurulmashi (blok pitanie).

Tezkor xotira - kompyuterning vaqtinchalik xotirasi, u kompyuter ishlayotgan paytda dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydigan qurilma. Kompyuter tezligi operativ xotira hajmiga ham bog’liq bo’ladi. Operativ xotira hajmi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik kompyuter ko’p ma’lumotlar ustida turli amallarni bajara olish imkoniga ega bo’ladi. Kompyuter o’chirilishi bilan operativ xotira tozalanadi.

Tashqi xotira (vinchester) - ma’lumotlar doimiy saqlanadigan maxsus qurilma. Xotira hajm bilan o’lchanadi. Hajm ko’p bo’lsa, kompyuter shunchalik ko’p ma’lumotlarni saqlash imkoniga ega bo’ladi.

Doimiy xotira-kompyuterni doimiy ishlash uchun kerakli dasturlar saqlanadigan xotira qurilmasidir.

2.Monitor - kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlovchi qurilma. Monitorlar oq-qora va rangli turlarga ega. O’lchami: 14, 15, 17, 19, 21 dyuym va hokazo. 15 va 17 dyuymli monitorlar kengroq tarqalgan. Katta ekranli monitorlar odatda grafika bilan shug’ullanuvchilar uchun qulaydir.

3.Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko’rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o’zgarmaydi.

Kompyuterning asosiy qurilmalari:



  • monitor

  • klaviatura

  • Tizimli blok yoki protsessor


Kompyuter qo’shimcha qurilmalari.

Printer - Printerlar kompyuterda olingan natijalarni va ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko’rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo’ladi: matritsali, purkovchi va lazerli.

Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma.

Sichqoncha–kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmasi hisoblanadi. Sichqoncha yordamida ma’lumotni kompyuterga kiritish tezlashtiriladi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqoti engillashtiriladi.

Modem (faks-modem)- Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so’zlaridan olingan bolib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o’rnatishdir. U o’zining kommunikatsion programmalariga ega bo’lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’ladi.

Multimedia qurilmalari - kompyuter yordamida musiqa va ovozli ma’lumotlarni ko’rsatishni ta’minlovchi qurilma. Bu qurilmalarga: kompakt disklarni o’quvchi qurilmalar (CD-Rom , CD-RW , DVD-ROM , DVD-RW), mikrofon, kolonkalar, ovoz kartalari kiradi.

Disketa - ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish uchun va ma’lumotlarni saqlash uchun yaratilgan dastlabki magnitli moslama.

Multimediya vositalari

Axborot tashuvchilar

Yuqoridagi qurilmalardan tashqari kompyuterga planshetlar, plotterlar, djoystik, web kamera, raqamli fotoapparat, raqamli videokamera, raqamli audio va video qurilmalar, flesh xotira, televizion va radio tyunerlar kabi ko’plab qurilmalarni ulashimiz mumkin.

Grafik tuzuvchilar (Plotter)

Mamlakatimizda zamonaviy texnik vositalarning rivojlanishi jadallik bilan amalga oshirilmorda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta‘minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi.

Oradan bir yil o‘tgach, 2002 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi qarori e‘lon qilindi.

Hozirda kompyuterlar bilan raqobatlasha oladigan darajada qo‘l telefonlari kuchayib ketdi. Ularda ham o‘zining maxsus operatsion tizimi, tezkor xotirasi, protsessori mavjud bo‘lib, foydalanuvchining doimiy yordamchisiga aylanib qoldi. Bularga misol qilib Blackberry, Apple iPhone, Samsung, HTC, ZTE, LG kabi yirik kompaniyalar ishlab chiqarayotgan smartfonlar va planshetlarni keltirishimiz mumkin.



  • kserokslar

  • noutbuklar

  • netbuklar

  • iPAD (planshetlar)

Axborot komplekslarining dasturiy ta’minoti. Shxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismdan iborat. 1. Texnik ta’minot. 2. Dasturiy ta’minotlardir. Texnik ta’minot – bu komp’yuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta’minot komp’yuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va komp’yuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlarni o’z ichiga oladi. Komp’yuterning texnik qismlari va dasturlar o’rtasidagi bog’lanish interfeys dab atalishni bilib olishmiz lozim. Komp’yuterni turli texnik qismlari o’rtasidagi bog’lanish – bu apparat interfeysi ya’ni texnik interfeys, dasturlar orasidagi o’zoro bog’lanish esa dasturiy interfeys deyiladi. Inson komp’yuterning dasturlari bilan va dasturlarni inson bilan o’zaro muloqati - foydalanuvchi interfeysi deyiladi.

Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin. 1.Tizimli dasturiy ta’minot. 2.Amaliy dasturiy ta’minot. 3.Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.

1. Tizimli dasturiy ta’minot – komp’yuter va komp’yuter tarmoqlarini ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 2. Amaliy dasturiy ta’minot – bu, aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum masalalarni echishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. 3. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir.

Tizimli dasturiy ta’minot quyidagilarni bajarishga qaratilgandir: - komp’yuter va komp’yuter tarmog’ini ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash: - komp’yuter va komp’yuter tarmog’ini texnik qismini ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish: Tizimli dasturiy ta’minot ikkita qismdan iborat: 1. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot. 2. Yordamchi (xizmatchi) dasturiy ta’minot. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot – bu, komp’yuter ishini taminlovchi dasturlarning minimal to’plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Operatsion tizim. 2. Tarmoq operatsion tizimi.

Yordamchi dasturiy tam’inot - asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchning ish muhitini (interfeysini) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, komp’yuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi, arxivlashtirish va boshqa dasturlardir.


TDT

Asosiy DT

Yordamchi DT

Operatsion

tizim

Tarmoq OT


Tashxis dasturlari

Arxivlash dasturlari

Antiviruslar



Tarmoq dasturlar

Operatsion tizim (OT)-komp’yuterni yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur komp’yuterni va uning qurilmalarini boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqatni ta’minlaydi ya’ni tashkil qiladi, bajarish uchun boshqa (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. Drayverlar OT imkoniyatlarini kengaytiradi jumladan, komp’yuterning kiritish-chqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printer va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Hozirgi kunda ko’plab OT mavjud: - MS DOS, OS/2, UNIX, Windows 95,98,2000, Windows XP, Windows NT va boshqalar. Windows 95,98, Windows NT lar grafik interfeysli operatsion tizim hisoblanadi chunki ular foydalanuvch bilan grafik tasvirlar yordamida muloqat qilish imkonini beradi.

Tarmoqqa ulangan komp’yuterlarni yakka-hol va birgalikda ishlashni ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat operatsion tizim – tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. U operatsion tizim tarmoq ichra muloqatlarni ayraboshlash, saqlash, qayta ishlash, qabul qilish, uzatish kabi xizmatlarni ko’rsatadi. Utilitlar – bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shmcha operatsiyalarni bajarishga yoki komp’yuterga xizmat ko’rsatishga (tashxiz, texnik va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.

Amaliy dasturiy ta’minot (ADT) quyidagi dasturlardan iborat. 1. Muammoga yo’naltirilgan ADT. Unga quyidagilar kiradi. - buxgalteriya uchun DT; - bank axborot tizimlari; - soliq axborot tizimlari; - sug’urta axborot tizimlari; - personalni boshqarish DT; - jarayonlarni boshqarish DT va boshqalar. 2. Umumiy maqsadli ADT. Bular: - malumotlar bazasini boshqarish tizimlari; - matn muharrirlari; - grafik muharrirlari; - elektron jadvallar; - taqdimot qilish vositalari va boshqalar.

3. Ofis ADT- idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlavchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga: - rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar, bayonnomalarini, jadvallar tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar; - tarjimon dasturlar ya’ni ko’rsatilgan ma’lumotni qandaydir ko’rsatilgan tilga tarjima qiluvchi dasturlar; - malumotlarni skaner yordamida o’qiydigan dasturlar; - tarmoqdagi uzoq masofadagi abonent bilan foydalanuvchi orasidagi muloqatni tashkil etuvchi dasturlar; - komp’yuterli nashriyot faoliyatiga asoslangan kichik nashriyot tizimlari; - Mul’tmediya dasturiy vositalari; -Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin.

Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvch tizimlar. Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shxmat, shaska va h.k) avtomatik tarjima qilish dasturlarini yaratish bilan shug’ullanadi. 2.Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar. Ushbu yo’nalishdagi muhum natijalardan biri ekspert tizimlarining yaratilishidir. 3.EXMlarning yangi avlodini yaratish. Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalarini yaratish muammolarini o’rganadi. 4. Intellektual robotlar. Bu yo’nalish intellektual (aqilli) robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalariga dasturlar yaratish vositalari va CASE texnologiyalari kiradi. Dasturlar yaratish vositalari dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o’z ichiga oladi. Bunga quyidagilar kiradi: - kompilyator va interpretatorlar; - dasturlar kutubxonasi; - turli yordamchi dasturlar. Kompilyator - dasturlash tilidagi dasturni mashina tilidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretatorlar yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ta’minlaydi. Disurlar kutubxonasi – oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga: Makroassembler MASM, Visual Cutt disurlar kutibxonasi Professional Editor kompilyatori, Visual Basic disurlar kutibxonasi va boshqalar.


Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish