9-sinf adabiyot
1. Nizomiy Ganjaviy “Mahzan ul asror” asarini kimga bag‘ishlagan ?
A) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga
B) Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ga
C) Shirvonshohlardan Axsatan I ga
D) Alouddin Ko‘rpa Arslonga
2.“Layli va Majnun” dostonini kimga bag‘ishlagan ?
A) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga
B) Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ga
C) Shirvonshohlardan Axsatan I ga
D) Alouddin Ko‘rpa Arslonga
3.“Haft Paykar” asarini kimga atagan ?
A) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga
B) Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ga
C) Shirvonshohlardan Axsatan I ga
D) Alouddin Ko‘rpa Arslonga
4.“Xisrav va Shirin” asarini kimga atagan?
A) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga
B) Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ga
C) Shirvonshohlardan Axsatan I ga
D) Alouddin Ko’rpa Arslonga
5. Nizomiydan qancha vaqt o‘tib Xisrav Dehlaviy o‘z “Xamsa”sini yaratdi ?
A) 100 yil B) 70 yil C) 50 yil D) 20 yil
6.Xisrav Dehlaviy “Xamsa”sining birinchi dostonini qanday nomladi ?
A) “Maxzan ul asror” B) “Hayrat ul abror”
C) “Matla’ul-anvor” D) “Tuhfat ul- ahror”
7. Dehlaviydan qancha vaqt o‘tib ikki buyuk Xamsanavis maydonga chiqdi ?
A) 100 B) 200 C) 300 D) 120
8. Kim o‘z “Xamsa”sini 7 ta dostonga yetkazdi?
A) Jomiy B) Dehlaviy
C) Navoiy D) Lutfiy
9.Quyidagilardan qaysi biri Jomiyning “Xamsa” asariga kiruvchi dostonlar?
1) “Tufhat ul-ahror” 2) “Majnun va Layli”
3) “Sabhat ul-abror” 4) “Xiradnomayi Iskandariy”
5) “Oyinayi Iskandariy” 6) “Yusuf va Zulayho”
7) “Layli va Majnun” 8) “Silsilat ul-zahab”
9) “Haft paykar” 10) “Salomom va Absol”
A)1,3,4,6,7,8,10 B) 2,3,4,6,8,9,10
C) 1,2,3,4,6,8,10 D) 2,3,4,5,6,8,10
10. Xisrav Dehlaviy asli qayerlik?
A) Shahrisabzlik B) Hindistonlik
C) Samarqandlik D) Hirotlik
11. Xisrav Dehlaviyning dostoni berilgan qatorni aniqlang.
A) “Haft paykar” B) “Hasht behisht”
C) “Haft avrang” D) “Haft abror”
12. Men tukcha boshlabon rivoyat ,
Qildim bu fasonanani hikoyat.
Ushbu bayt Navoiyning qaysi dostonidan olingan?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy”
13. Gar nuktalari olamni tutti
G‘avg‘olari ins-u jonni tutti.
Chun forsiy erdi nukta shavqi
Ozroq edi andu turk zavqi.
Ushbu baytda Navoiy kimni ta’riflagan ?
A) Nizomiy va Dehlaviy
B) Farhod va Shirin
C) Jomiy va Nizomiy
D) Majnun va Layli
14. Ani nazm etki, tarhi toza bo’lg’ay,
Ulusqa mayli bezndoza bo’lg’ay.
Ushbu bayt Navoiyning qaysi dostonidan olingan?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy”
15. Emas oson bu maydon ichra turmoq
Nizomiy panjasig’a panja urmoq
Kerak she’r ollida ham sheri jangi
Agar sher o’lmasa , bore palangi.
Ushbu bayt Navoiyning qaysi dostonidan olingan?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy”
16. Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig’a panja urmoq.
Kerak she’r ollida ham sheri jangi
Agar sher o’lmasa , bore
palangi.
Ushbu baytda ostiga chizilgan so‘zning ma’nosi nima?
A) doston B) yo‘lbars C) so‘z D) lochin
17. Navoiyning qaysi dostoni Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan ?
Ushbu bayt Navoiyning qaysi dostonidan olingan ?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy”
18. Navoiyning qaysi dostoni birior voqeani hikoya qilish asosida emas, , balki muallif fikr-mulahazalarining bayoni tarzida yoritiladi?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy”
19. “Hayrat ul abror”ning hikoya va masallarining bosh qahramonlari kimlar ?
A) Husayn Boyqaro va tarixiy shaxslar
B) shoirning o‘zi va din arboblari
C) tarixiy shaxslar, mashhur din va davlat arboblari
D) payg‘ambarlar, davlat arboblari
20. Kimki jahon ahlida inson erur,
Balki nishoni anga iymon erur.
Ushbu bayt Navoiyning qaysi dostonidan olingan ?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy”
21. “Hayrat ul-abror”ning nechanchi dostonida shoirning tenglik, ozodlik, adolatli jamiyat borasidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan ?
A) 1 B) 4 C) 7 D) 3
22. Navoiy insonlikning asosiy belgisi nima deydi?
A) nutq B) iymon C) ong D) yurak
23. Boshni fido ayla ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a
Tun-kuningga aylagali nur fosh
Birisin oy angla, birisin quyosh.
Baytda qanday badiiy san’at qo‘llangan ?
A) talmeh B) tazod
C) tanosib D) tajohilu orif
24. Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Ushbu bayt Navoiyning qaysi dostonidan olingan ?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy”
25. Qaysi asarda Navoiy umr, uning mazmuni, tabiat,jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni qo‘yadi ?
A) “Mahbub ul-qulub” B) “Hayrat ul-abror”
C) “Farhod va Shirin” D) “Sabbayi sayyor”
26. Navoiyning qaysi dostonida komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ifoda etilgan?
A) “Mahbub ul-qulub” B) “Hayrat ul-abror”
C) “Farhod va Shirin” D) “Sabbayi sayyor”
27. “Farhod va Shirin qancha baytdan iborat?
A) 5700 B) 7580 C) 5782 D) 5870
28. Navoiyning xamsachilikka kiritgan eng katta yangilik nima ?
A) Turkiy tilda yozilgani
B) Farhodni bosh obraz qilib olgani
C) Asarda zamonasining barcha dolzarb masalalarini qamrab olgani
D) Besh dostonni bir-biri bilan ich-ichidan mustahkam bo‘g‘laganidir.
29. “Farhod va Shirin” dostoni qaysi voqeadan boshlanadi ?
A) Tun va bo‘ron tasviri bilan
B) Farhodning tug‘ilishi bilan
C) Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi bilan
D) Chin xoqonining o‘g‘il tilab ibodat qilishi bilan
30. Shabistonda tug‘di bir yangi oy,
Yangi oy yo’qki, mehri olamoroy.
Ushbu misralar qanday voqeani tasvirlaydi ?
A) xoqonning ibodat qilishi
B) Farhodning Shirinni ko’rishi
C) Farhodning dunyoga kelishi
D) Farhodning yuragida ishqning tug‘ilishi
31. Shabistonda tug’di bir yangi oy,
Yangi oy yo’qki, mehri olamoroy.
Baytda qanday san’at qo’llangan?
A) istiora B) talmeh
C) mubolag‘a D) tajnis
32. “Vard” so‘zining ma’nosi nima ?
A) quyosh B) oy C) atirgul D) bulbul
33. Davron farhodning qo‘liga uzuk o‘rniga nima taqdi?
A) otash la’l B) dard
C) olmos D) himmat
34. Qo‘yib yuz himmat-u iqbol-u davlat,
Hamul far soyasidin topdi ziynat.
Baytda qanday san’at qo‘llangan ?
A)tashbeh B) kitobat
C) takrir D) iyhom
35. Demonkim, ko‘ngli pok-u, ham ko‘zi pok,
Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok.
Baytda qanday san’at qo‘llangan ?
A)tashbeh B) kitobat
C) takrir D) iyhom
36. Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sipehri ismat uzra moh ul ermish.
Baytda kim tasvirlangan?
A) Farhod B) Shirin
C) Mehnbonu D) Mulkoro
37. Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sipehri ismat uzra moh ul ermish.
Baytda qanday san’at qo‘llangan?
A) tashbeh B) kitobat
C) takrir D) iyhom
39. Manga ne yor-u ne oshiq havasdur,
Agar men odam o‘lsam, ushbu basdir.
Ushbu bayt kimga tegishli?
A) Shirin B) Xusrav
C) Farhod D) Mehnbonu
40. Navoiy e’tiqod qilgan tariqat qaysi?
A) Yassaviya B) Kubroviya
D) Naqshbandiya D) barchasiga
41. Farhod uchun jon kabi asraladigan iymon ko‘zgusi nima ?
A) Shirin B) Arman yurti
C) mehnat D) ishq
42.Navoiyning tasavvuf tarixiga bag‘ishlangan asarini aniqlang.
A) “Nazm ul-javohir” B) “Munshaot”
C) “Mufradot” D) “Nasoyim ul- muhabbat”
43. Xoqon xursandchiligidan elning necha yillik xirojidan voz kechadi?
A) 1 B) 5 C) 3 D) 2
44. “Mahd” so‘zining ma’nosi nima?
A) beshik B) mato C) bezakli D) oqil
45. Farhod qancha vaqtda savodini chiqardi ?
A) 1 oy B) 1 yil C) 3 oy D) 6oy
46. Farhod qancha vaqtda Qur’oni Karimni yod oldi ?
A) 1 oy B) 1 yil C) 3 oy D) 6 oy
47. Farhod necha yoshgacha barcha ilmlarni o‘rganib bo‘ldi?
A) 20 B) 10 C) 14 D) 18
48. necha yoshida ichini dard asir qilib oldi?
A) 20 B) 10 C) 14 D) 18
49. Otasi Farhodning g‘amlarini aritish uchun nimalar qildi ?
1) tomoshalar 2) bazmlar
3) ziyofatlar 4) musobaqalar
A) 1,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 1,2,4
50. Farhodning tarbiyachi-ustozi kim?
A) Qoran B) Mulkoro
C) Boniy D) Moniy
51. Sandiqdagi sirli ko‘zguni qancha olim yaratgandi ?
A) 500 B) 300 C) 200 D) 400
52. Oynaning orqasida qanday tilsimlar yozilgan edi?
1) Xatarli safarga otlanishi;
2) Yunonistondagi tog‘ga boroshi;
3) Tog‘ga yetib borguncha 3 manzildagi to‘siqni yengish kerak;
4) Shirinning Arman yurtidan ekanligi
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,4
53. Farhod 3-manzilda kim bilan olishishi kerak?
A) Ajdaho bilan
B) Sovut kiygan temir haykal bilan
C) Ahraman bilan
D) Yalmog‘iz kmpir bilan
54. Farhod 4-manzilda kim bilan uchrashadi ?
A) Suqrot B) Skanf
C) Suhaylo D) Jamshid
55. Farhod to‘siqlarni yengib qanday boyliklarni qo‘lga kiritadi?
1) Sehrli ko‘zguni 2) Jamshid jomi
3) Iskandar boyligi 4) Sulaymon uzugi
5) Sulaymon taxti
A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4,5
56. Suqrot kimlarning taqdiri haqida bashorat qiladi ?
A) Farhod, otasi va Mulkoro
B) Farhod, otasi va Shirin
C) Farhod, Shirin va Xusrav
D) Farhod, Shirin va Mulkoro
57. Farhod Shirinning Arman yurtidan ekanligini kimdan bilib oladi ?
A) Otasidan B) Suqrotdan
C) Shopurdan D) Mulkorodan
58. Tog‘ni kesayotgan odamlar qancha vaqtdan beri ishlashardi ?
A) 10 yil B) 3 yil C) 5yil D) 7yil
59. Nima uchun xalq tog‘da tosh kesayotgan edi ?
A) Tog‘da bog‘ yaratish uchun
B) Shirin tog‘ ustida oily qasr qurdirmoqchi bo‘lgani, lekin u yerda suv yo‘qligi uchun
C) Tog‘ ustida Shirin ziyoratgoh qurdirmoqchi bo‘lgani uchun
D) Shirin tog‘da ekinzorlar yaratish rejasini tuzgani uchun
60. “Ayn ul-hayot” nimaning nomi?
A) Qazilgan ariqning nomi
B) Topilgan chashmaning nomi
C) Qurilgan qasrning nomi
D) Shirinning bog’ining nomi
61. Asarda buloqdan quriladigan qasrgacha qancha masofa bor ?
A) 10 yig‘och B) 6 yig‘och
C) 20 yig‘och D) 15 yig‘och
62. Hunarni asrabon netkumdir oxir,
Olib tufroqqamu ketgumdur oxir.
Ushbu gaplarni Farhod kimga aytadi ?
A) Shiringa B) Mehnbonuga
C) Shopurga D) Tosh kesayotganlarga
63. Dedi: “har ishki qildi odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.
Ushbu jumlalar qaysi dostondan olingan ?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy”
64. Shirinning kipriklari nimaga o‘xshatilgan ?
A) tikanga B) kamonga
C) nayza D) gulga
65. Buzurg Ummid kim ?
A) Shirinning vaziri B) Farhodning vaziri
C) Xusravning vaziri D) Mehnbonuning inisi
66. Manga ne yor-u ne oshiq havasdur,
Agar men odam o‘lsam, ushbu basdir.
Ushbu baytni Shirin kimga aytadi ?
A) Mehnbonuga B) Farhodga
C) Xusravga D) xaloyiqqa
67. Dostonda kim o‘zini lochinga, sherga o‘xshatgan ?
A) Farhod B) Xusrav
C) Buzurg Ummid D) Mulkoro
68. Bu bo‘lg‘ay dard-u ishq o‘yini , vah-vah?!
Vafo –u mehr sharti , ollah-ollah?!
Ushbu fikr kimga tegishli?
A) Xusrav B) Shirin
C) Farhod D) Mehnbonu
69. Shirinning labini Xusrav nimaga o‘xshatib istiora san’ati hosil bo’lgan?
A) la’l B) g‘uncha C) sadaf D) gul
70. Xusrav Farhodga ishqidan kechishi uchun nima va’da qiladi?
A) Oltin va kumushlar
B) Mamlakat
C) Qo‘shinga boshchilik qilishni
D) Vazirlik lavozimini
71. Xisrav Farhodning oshiqligini qachondan boshlanganini so‘raganda qanday javob beradi ?
A) Tug‘ilishi bilan
B) Tili chiqishi bilan
C) Ko‘zguda Shirinni ko‘rib qolishi bilan
D) Tug‘ilmasidan oldin
72. Xusrav Farhodni qanday yengadi ?
A) Lashkar bilan
B) Hiylagar kampirning hiylasi bilan
C) O‘g‘lining yordami bilan
D) Farhodni yengolmaydi
73. Farhodning ko‘z yoshlarini shoir nimaga qiyoslaydi?
A) selga B) ariq,soyga
C) yomg‘irga D) ummonga
74. Shirinning ko‘z yoshlarini shoir nimaga qiyoslaydi?
A) selga B) ariq,soyga
C) yomg’irga D) ummonga
75. Shirinning o‘limiga ishnib, o‘z joniga qasd qilayotgan Farhodning ko‘z oldiga kim kelib yig‘laydi?
A) Onasi B) Otasi C) Shirin D) Xusrav
76. Farhod vasiyatini ota-onasiga nima orqali jo‘natadi?
A) Kabutar B) Mayna
C) Tong shamoli D) Xat
77. Xisravni kim o‘ldirdi ?
A) Shirin B) Bahrom
C) Farhodning otasi D) Sheruya
78. Kim Armaniyaga kelib Sheruyadan xalqni ozod qiladi va tartib o‘rnatadi ?
A) Bahrom B) Mulkoro
C) Otasi D) Mehnbonu o‘zi kurashadi.
79. Farhodning Chin mamalakatida yordamchisi kim edi?
A) Mulkoro B) Bahrom
C) Moniy D) Qoran
80. Tasavvufda poklanish yo‘li nima ?
________ ______________________________
81. Nafs itin qilsanga zabun,
Olamda yo‘q sendek shijo.
Ushbu bayt kimning ijodidan olingan ?
__________________
82. “Bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi” deb qaysi asarda yozilgan ?
________________________
83. Tasavvufda nafsni yengish quroli nima ?
__________________________________________
84. Ko‘ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o‘rgatgan piri komil kim ?
_________
85. Olloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini o‘rgatgan ustoz kim ?
___________________
86. Qoran kim ?
_____________________________________________________________________
87. Farhodning ichki olamidagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlar, nafsning ramziy timsollari kim?
________________________
88. Farhod yana qaysi ulug‘ustozlardan ishq sirlarini o‘rgangan ?
_______________________________________________________________
89. O‘z nafsiga qul, odam qiyofasidagi shaytonlar kim?
___
90. Ozbek adabiyotidagi mukammal yaratilgan komil inson obrazi kim hisoblanadi ?
___________________________________
Tuzuvchi: Biloliddin Akbarov