O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja



Download 35,01 Kb.
bet1/5
Sana09.07.2022
Hajmi35,01 Kb.
#762449
  1   2   3   4   5
Bog'liq
янги тарих


O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.


Reja:

  1. O‘zbekiston tarixining fan sifatidagi o‘rni, uning predmeti va o‘rganish ob’ekti.

  2. O‘zbekiston tarixini o‘rganishning nazariy-ilmiy va metodologik tamoyillari: xolislik, ilmiylik, tarixiylik.

  3. Yuksak intellectual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni.

1. Tarixni o‘rganish, bilish – bu kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlarining taraqqiyotning mavjud bosqichidan yangi bosqichiga o‘tish jarayonini, insonlarning inqirozli, turg‘unlik holatiga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yo‘lidagi tajribalarini, har bir zarrasi qimmatga tushgan o‘tmish sabog‘ini umumlashtirish, tushunib etish, anglab olish demakdir. Tarix fani tarixiy jarayonning qonuniyatlari va tendentsiyalarini tushunib etishga, hozirgi zamonni to‘g‘ri anglab olishga, kelajakni asosli ravishda ko‘ra bilishga ko‘maklashuvchi ilmdir.
Tarix ko‘p qirrali, keng qamrovli fan bo‘lib, uni alohida mamlakatlar va xalqlar tarixi, mintaqalar tarixi, jahon tarixi kabilarga bo‘lib o‘rganish ham mumkin.
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o‘zining uzoq va betakror tarixiga ega bo‘lganidek, O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e’tirof etilgan ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko‘ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, tsivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq chorrahalaridan biri sifatida butun insoniyat tarixining borishiga ma’lum darajada ta’sir etib bordi. Shu bilan birga ajdodlarimiz hayotiga boshqa xalqlar, tsivilizatsiyalarning ham ta’siri bo‘ldi. Ming yillar davomida o‘zbek xalqining fors, hind, yunon, arab, rus va boshqa xalqlar bilan ma’lum darajada aralashchuvi sodir bo‘lgan, ularning madaniyati, fani, san’ati va umuman turmush tarzi birbiridan bahra olgan, mushtaraklashgan.
O‘zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O‘zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo‘lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko‘tarilgani jahonga ma’lum.1
Vatanimiz tarixi o‘zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo‘shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz – Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad inb Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan nafaqat o‘zbeklar, balki butun turk dunyosi, qolaversa, butun er yo‘zi xalqlari faxrlanadilar.
Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ko‘hna shaharlar bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohga aylangan. O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, ziyoratchilar bu shaharlarni, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy me’morchilik majmualari va yodgorliklarni ko‘rib, ularda mujassamlashgan xalq ustalarining iste’dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga tahsinlar o‘qimoqdalar. Muqaddas yerimiz orqali o‘tgan Buyuk ipak yo‘li Osiyo va Evropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga bog‘lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan2.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti xalqimizning mustaqillik arfasidan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan tarixiy yo‘lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.
O‘zbekiston tarixi fani ajdodlarimiz hayoti bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan voqealar rivojining ichki mantiqini, sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to‘plangan amaliy tajriba va saboqlarni o‘rgatadi.
Vatanimiz tarixi o‘zbeklarning xalq, millat bo‘lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini o‘rgatadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o‘rgatadi.

Download 35,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish