YOVVOYI OLMA-Malus sieversi Roem. . Ra’noguldoshlar oilasidan
bo’lgan bu o’simlikning bo’yi 10 metrga yetadi. Shox-shabbalari piramida-
simon po’stlog’I och kulrang, to’q jigarrang yoki sariq qo’ng’irsimon rangli
daraxtdir. Yosh novdalari yashil jigarrang. Barglarining cheti arra tishli ba’zan
to’mtoq tishli asosi ponasimon toraygan va tekis qirg’oqli ustki tomoni tuksiz
markaziy tomirchalari biroz tukli pastki qismi tukli kulrang. Uzunligi 5-7sm.
Eni 2-3,5smga tengdir. Mevasi dumaloq yoki dumaloqroq yassi ayrim paytlar
da konussimon turli rangda va kattalikda bo’ladi. Urug’I tuxumsimon kattaligi
0,7sm, eni 0,5sm keladi. Yovvoyi olma aprel va mayning boshlarida gullaydi
mevasi avgust sentabr oylarida pishadi. Bu o’simlik tog’ yonbag’rlarida
ko’plab uchraydi. Yovvoyi olma mevasidan pyure, povidillo, murabbo, konserva
qoqi tayyorlanadi. Kompot va limonadlar tayyorlashda ham ishlatiladi. Bu mevalar
o’zining massasi ta’mi, tarkibidagi moddalarning miqdori hazm bo’lishi bilan
madaniy olma mevalaridan qolishmaydi.yovvoyi olma mevasining tarkibida
10-13% qand 3,18% pectin, 0,3-0,5% azotli moddalar, bo’yoq temir moddasi oz
miqdorda efir moyi hamda PP,C, E vitaminlari va karotin moddasi bo’ladi.
III. Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Respuplikamizdagi tog’larning
eng yuqori qismi doimiy muzliklar bilan qoplanib, yotgan osmono’par
qoyalar bilan pastki qismi esa doimo jazirama issiq purkab turadigan bepayon
Qizilqum va Qoraqum bilan tutashadi.Bizdagi tog’larning eng pasti Sulton
Vays tog’i bo’lib, dengiz sathidan 473metr balandlikda joylashgan. Eng yuqori
tog’ esa Xisor tog’idagi cho’qqi hisoblanib, dengiz sathidan 4688metr
balandlikda joylashgan. O’zbekiston territoriyasidagi tog’lar unchalik baland
bo’lmaganligidan mamlakatimizning boshqa joylardagi tog’lardan tubdan farq
qiladi. Tog’ mintaqasi 2ta mintaqa: pastki va yuqori mintaqaga bo’linadi.
Pastki tog’ dengiz sathidan 1200-2000metrgacha balandlikda bo’lgan yerlar
kiradi.Bu yuqori adir bilan tutash bo’lib, uzoq vaqt ko’karib turadigan
efemerlarning ko’pligi bilan harakterlanadi. . Yuqori tog’ mintaqasining
harakterli tomoni, bu yerda efimerlarning yo’qligidir. Bu mintaqaga dengiz
sathidan 2000m dan 2700m gacha balandlikda bo’lgan joylar kiradi. Yuqori
tog’ mintaqasi o’simlik qoplamining asosiy qismini buta va daraxtlar tashkil
qiladi. Bu o’simliklarning ko’pchiligi mezofitlardir. Buning sababi yuqori
tog’ mintaqasining iqlimi tabiiy sharoiti boshqa mintaqalardan ancha farq
qiladi. Inson va hayvonlarning yashashi hamda hayot kechirishi protsessida
o’simliklar asosiy ro’l o’ynaydi. Hozirgi kunda respublikamiz florasida
uchraydigan 4137 tur o’simliklardan faqat 300 turi oziq-ovqat va ziravor
o’simliklar sifatida ishlatilmoqda. Ulardan yovvoyi holda uchraydigan yong’oq,
olma, olcha, pista ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, O’zbekiston ekonomi-
kasini rivojlantirishda ma’lum darajada foyda keltiradi. Men tog’ mintaqasida
tarqalgan oziq-ovqat o’simliklarini o’rganib, eng ko’p tarqalgan foydaliligi
jihatdan yuqori o’rinda turadigan 10dan ortiq o’simlikni misol keltirdim. Bu
o’simliklarning ko’pchiligi daraxt va butalar va qisman o’t-o’simliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |