Anor-Punika granatum. Anordoshlar oilasiga kiruvchi bo’yi 5 m gacha
boradigan butadir. U subturopik o’simlik bo’lib vatani-Isroil, Eron vaKichik
Osiyoda xamda Kavkazda juda ko’plab o’sadi. Respublikamizda anorning
40 dan ortiq navlari bor. U respublikamizning deyarli barcha rayonlarida
o’stiriladi. Tabiiy holda o’suvchi anorlar O’zbekistonning janubiy viloyatlarida
uchraydi. Anorzorlar janubiy va g’arbiy Xisorda Qo’shtut daryosining o’ng
qirg’og’ida, dengiz sathidan 1000-1300 m balandliklarda uchraydi. Anorning
xalq xo’jaligidagi axamiyati kattadir. U mevali, bo’yoqli, tanidli, dorivor hamda
vitaminli o’simliklardan xisoblanadi. Meditsinada tana po’stlog’i xamda ildiz
po’stlog’idan tayyorlangan dori-darmon bilan ichak va yo’g’on ichakdagi
qurt(gijja)larni tushirishda foydalaniladi. Meva po’stidan tayyorlangan
sharbat oshqazon va ichak shamollashida, zotiljamni davolashda ishlatiladi.
Mevasi turli kasalliklarni, chunonchi, ishtaxa ochish, sariq, qichima,tish tushishi
Va yurak ish faoliyatini yaxshilashda hamda davolashda qo’llaniladi. Uning
bargi va meva po’sti choy o’rnida ichiladi. Anor tarkibida 4% limon kislota,
21% qand,20-30% tanid, oz miqdorda kraxmal, yog’, sariq bo’yoq moddasi,
mineral tuzlar 0,2-3,5% psevdopelterin va pelterin alkaloidlari xamda pro-
vitamin A, O, 114 mg% B1, 0,319% PP va karotin bo’ladi. O’zbekistonda
anorzorlarni yanada ko’paytirish va ulardan unumli foydalanish uchun barcha
imkoniyat xamda sharoitlar mavjud bo’lib, ulardan to’g’ri foydalanishimiz
lozim.
PISTA- Pistacia vera. Pistadoshlar oilasiga kiruvchi bo’yi 10 metrga
yetadigan buta ayrim hollarda daraxtdir. U Farg’ona, Zarafshon, Hisor,
Bobotog’ tizmalarining dengiz sathidan 700-1500 metr balandliklardagi soz
tuproqli joylarida tarqalgan. Pista mart-may oylarida gullaydi. Mevasi
avgust-sentabrda pishadi. O’zbekistonning janubiy rayonlarida tabiiy
pistazorlar ko’p. U yerlardagi pista maydonlari 75000ga yetadi. Bu maydon
lardan yiliga 40tonna meva yeg’ishtirib, olish mumkin. Pista mevasi oziq-
ovqat sifatida ishlatiladi. Undan olinadigan moy konditer va parfyumeriya
sanoatida qo’llaniladi. Meditsinada pista mag’zidan olinadigan yog’dan
zaytun yog’i bilan bir qatorda foydalaniladi.Undan jigar, oshqozon
kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Pistadan olingan tanid moddasi
meditsinadaishlatiladigan tanilning asosiy manbayi hisoblanadi. Pista bargida
13-14% bujg’unida 26-35% va p’stlog’ida 4-5% tanid moddasi bor.
Shuningdek galol va limon kislotalari, bo’yoq moddalari, flaonlar,vitamin-
dan PP kabilar uchraydi. Uning mevasida 18-25% yog’, oqsil, qand modda-
lari bor. Pistaning foydali xususiyatlarini hisobga olib, uning urug’idan tog’
yonbag’irlarida k’opaytirish va mavjud pistazorlarini muhofaza qilish uchun
tegishli tashkilotlar so’ngi vaqtlarda katta tashkiliy ishlarni amalga
oshirmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |