Oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o’simliklar va ularning
tasniflanishi.
Inson va hayvonlarning yashashi hamda hayot kechirishi protsessida
o’simliklar asosiy ro’l o’ynaydi. Chunki ular oziq-ovqat, yem-hashak, dori-
darmon, kiyim-kechak, havo hamda juda ko’pchilik moddalarning tabiiy manba-
lari hisoblanadi. Ma’lumki, o’simliklar o’zlarining u yoki bu organlarida hayot
uchun zarur bo’lgan turli organik moddalarni, ularning birikmalarini hamda
mineral tuzlarni saqlaydi. Insonlar shu sababli o’simliklarning har xil organla-
ridan turli maqsadlar uchun foydalanib kelmoqda. Ular madaniy o’simlik turlari
va navlari bilan chegaralanib qolmasdan balki, tevarak – atrofida o’sayotgan
yovvoyi o’simlik turlarining ichki sirlarini bilib, o’rganib, ulardan uzoq yillar
davomida foydalanib kelmoqdalar. Bu o’simliklarning foydali hususiyatlaridan
biri oziq-ovqat bo’lishidir. Oziq-ovqat bo’ladigan o’simliklarni homligicha
hamda har xil taomlar tayyorlab iste’mol qilinadi. Hozirgi kunda respublika-
miz florasida uchraydigan 4137 tur o’simliklardan faqat 300 turi oziq-ovqat va
ziravor o’simliklar sifatida ishlatilmoqda. Ulardan yovvoyi holda uchraydigan
yong’oq, olma, olcha, pista ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, O’zbekiston
ekonomikasini rivojlantirishda ma’lum darajada foyda keltiradi. Biz floramizda
yovvoyi holda ko’p tarqalgan, oziq-ovqatlik hususyatiga ega bo’lgan har xil
yo’llar bilan iste’mol qilinadigan ayrim o’simlik turlari to’g’risidagi ma’lumot
larni bayon etamiz. Yer yuzidatarqalgan barcha o’simlik resurslarining 2000ga
yaqini insonnning ho’jalik maqsadlari uchun eng ko’p ishlatiladi. O’zbekiston
florasidagi 4500ga yaqin yuksak o’simliklarning 40%i foydali o’simliklar
hisoblanadi. Ulardan 1700tasi yem-hashak 350dan ortig’i oziq-ovqat, 580tasi
dorivor, 650tasi efir moyli,400dan ortig’i bo’yoqbop, 270dan ortig’i manzarali,
400dan ortig’i oshlovchi670tasi asal-shirali o’simliklar hisoblanadi. Oziq-ovqat
o’simliklari yer sharida va O’zbekistonda keng tarqalgan va keng qo’llaniladi.
Ularning orasida noyob vakillari ham ko’plab uchraydi. Ular O’zbekiston va
qo’shni davlatlar “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
Oziq-ovqat o’simliklarining hozirgi tasnifi 1952-yilda Gross Geyn tomonidan
ishlab chiqilgan bo’lib, ular 9ta kichik guruhni o’z ichiga oladi:
Nonli- yormali o’simliklar
Sabzavot-poliz o’simliklar
Oqsil beruvchi o’simliklar
Kraxmalli o’simliklar
Shakar beruvchi o’simliklar
Ho’l mevali o’simliklar
Quruq mevali o’simliklar
Ichimlik tayyorlanadigan o’simliklar
Ziravor va o’tkir ta’mli o’simliklar
Ziravor o’simliklar── tarkibida efir moyli glikozidlar, alkoloidlar va
vitaminlar saqlovchi tirik organizmlarga fiziologik ta’sir ko’rsatuvchi
o’simliklar hisoblanadi. Bular o’ziga hos ta’m va hushbo’ylikka ega
bo’lganligi uchun ham insonlar tomondan yuksak darajada qadrlanadi.
Rus olimi Poxlebkin 2001-yilda ziravor o’simliklarni quyidagicha tasniflaydi:
Ekzotik o’simlikar (klassik ziravorlar)
Mahalliy ziravorlar
Ekzotik o’simliklarga chinnigul daraxt, selum po’stlog’I, xushbo’y muskat,
yava qalampiri, ekma zafaron, uzun kurkuma, imbir kabilar kiradi. Mahalliy
ziravorlarga oshpiyoz, sarimsoq piyoz, xushbo’y petrushka, dorivor oq sasir,
yem qalampir kabilar kiradi. O’zbekiston florasida yovvoyi holda o’suvchi
oziq-ovqat o’simliklari muhim o’rin egallaydi. Ular qatoriga gazanda, otquloq,
oq sho’ra kabilar kiradi. Oziq-ovqat o’simliklari ichida jag’-jag’ ya’ni
achambiti muhim o’rin tutadi. Jag’-jag’ erta bahorda ko’karib chiqadigan
turli vitaminlarga boy va iste’mol qilinishi mumkin bo’lgan o’simliklardan
biridir. Jag’-jag’ krestguldoshlar oilasiga kiruvchi bo’yi 10sm, ba’zan 70sm
keladigan bir yoki bir qancha poyaga ega bo’lgan, ko’p novdali bir yillik
o’tdir. Uning poyasi tukchalar bilan qoplangan, ildiz oldi barglari rozetka
hosil qiladi. U vitaminga boy oziqdir. U begona o’t tariqasida bog’larda,
ekin maydonlarida, tashlandiq joylarda, yo’l atroflarid ko’plab o’sadi.
Jag’-jag’ aprelning oxiridan boshlab, to may oyining o’rtasigacha gullaydi,
urug’i iyul oyida pishadi. Bu o’simlikni xalqimiz juda qadimdan oziq-ovqat
va dori-darmon sifatida ishlatib keladi. Uning yangi tayyorlangan barglaridan
Somsa, chuchvara hamda har xil hamirli ovqatlar tayyorlash mumkin. Bundan
tashqari jag’-jag’ sharbati va shirasining suvdagi eritmasi xalq tabobatida jigar,
oshqozon,buyrak hamda dizenteriya kasalliklarini davolashda ishlatiladi.Hozirgi
vaqtda meditsinada jag’-jag’dan tayyorlangan dorilar buyrak,o’pka, hastalik-
larini davolashda, shuningdek akusherlikvagnikologiyada qon ketishini
to’xtatish uchun qo’llaniladi. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra,
jag’-jag’ning tarkibida ramkoglukozid, gisopik, tanid, saponin, kapsin, xolin,
inozit, diosmin smola va fumarol moddalari, olma, limon hamda vino
kislotalari, oz miqdorda efir moyi, mineral tuzlar va C vitamin, A provitamin
mavjud. Jag’-jag’ o’simligini juda foydali ekanligini hisobga olib, uning yer
ustki qismlarini ochiq havoda, soya joyda quritib, so’ngra turli maqsadlar
uchun ishlatilsa bo’laveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |