Ona tili
MAVZU : 12- nazorat ishi. Test
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarqalbida hamkorlik ,do’stlik tuyg’ularini sinngdirish
C) rivojlantiruvchi maqsad – Gapning uyushiq bo’laklaridan nutqda o’rinli foydalanish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
B)Savollar orqalli
III.YANGI MAVZU BAYONI
1.Undalma qatnashgan gapning kesimi ko'pincha qanday shaklda bo'ladi?
A) birinchi va ikkinchi shaxs-son shakllarida
B) birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs-son shakllarida
C) birinchi va uchinchi shaxs-son shakllarida
D) ikkinchi va uchinchi shaxs-son shakllarida
2.Uljon, vazmin bo'lish bilan birga, har narsani sinchiklab qaraydigan ziyrak ona edi.
Mazkur gapda qaysi gap bo'lagi ajratilgan?
A) ega B) hol C) to'ldiruvchi D) aniqlovchi
3.Har bir odamning do'stlari oldida burch va
mas'uliyatlari borki, ularni ado etolmasa,
do'stlari uning do'stligini e'tirof etmaydilar, tan
olmaydilar.
Ushbu gapda qaysi bo'laklar uyushib kelgan?
A) ega va kesim B) faqat kesim C) to'ldiruvchi va kesim D) aniqlovchi va kesim
4. Berilgan gaplarning qaysi biri istak gapga mansub emas?
1. Qani endi, dunyodagi barcha bolalar baxtli bo'lsa.
2. Hammamiz o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlaylik.
3. Millatning dardiga darmon bo'linglar.
4. Xorijiy tillarni o'rganib, chet ellarga o'qishga borsam.
A) 2 B) 3 C) 2,3 D) Berilgan barcha gaplar istak gap.
5.Qaysi gapda kesim ibora bilan ifodalangan?
A) Dadam qo'li ochiq, quvnoq odam edilar.
B) U birdaniga to'nini teskari kiyib oldi.
C) Qo'l yugurigi - oshga, til yugurigi - boshga
D) Ozod yuraklarga baxt nuri to'lgan.
6. Qaysi gapda nomustaqil kesim shakli qo'llangan?
A) Qalb salomat bo'lsa, aql ham, filer ham salomat bo'ladi.
B) Qani til bo'lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa!
C) Bugundan boshlab aravachilar siz bilan borishsa.
D) Berilgan gaplarning barchasida nomustaqil kesim shakli qo'llangan.
7. Qaysi qatorda egasi yashiringan gap berilgan?
A) Xonaga Mrgan awal salom beradi.
B) Manzilga mana shu yolldan boriladi.
C) Topshiriqni o'z vaqtida bajarish kerak.
D) Hurmat qilsang, hurmat ko'rasan.
8.Qaysi qatorda egasiz gap berilgan?
A) Murojaat matni yozildi, imzolar chekildi.
B) Eshik ochiq bo'lsa ham so'rab kir.
C) Dam olish kuni kitobxonlar yig'iniga borish kerak.
D) Bugun to'garakka borishimiz lozim edi.
9. Qaysi gapda ega qo'llangan?
A) O'zboshimchalikka yo'l qo'yilmasin.
B) Uquvi yo*q har qadamda qoqiladi.
C) Tarbiyachi va o'qituvchi bo'lish uchun chidam bilan o'qiladi.
D) O'zinigina o'ylovchi kishini yaxshi odam deb bo'lmaydi.
10. Qaysi gapda sifat aniqlovchi vazifasida qo'llangan?
A) To'g'ri yursang murodingga oson yetarsan.
B) Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ocbiq ko'chaga otildi.
C) Bir xotin sabzavotlar solingan xaltasini ko'tarib kelayotgandi.
D) Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat.
Do'stlaringiz bilan baham: |