V.BAHOLASH MEZONI Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA 2- topshiriq. Uyga vazifa. Quyidagi sodda gaplarni to'liq sintaktik tahlil qiling.
Maktabimiz to'rt qavatli yangi binoga joylashgan.
Mehnatda, ijodda, san'atda, fanda Kattadir yoshlarning qo'sh- ganhissasi. (U.)
Ona tili MAVZU : Yakunlash va yozgi ta’til topshiriqlarini berish
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarqalbida hamkorlik ,do’stlik tuyg’ularini sinngdirish
C) rivojlantiruvchimaqsad – Gapning uyushiq bo’laklaridan nutqda o’rinli foydalanish DARS TURI: umumlashtiruvchi USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI: I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH A)Mashqlar orqali.
B)Savollar orqalli
III.YANGI MAVZU BAYONI Diktant yozishga qanday tayyorgarlik ko'rish kerak
Matmii diqqat bilan tinglang; undagi asosiy mazmunni anglab olishga harakat qiling.
Gapning mazmuni va ohangi asosida unda qo'llanishi kerak bo'lgan tinish belgilari qo'yishni mo'ljallang.
Matn ikkinchi marta o'qilayotganda sizga qiyin bo'lgan so'zlarga diqqatingizni jalb qiling. Ularning to'g'ri yozilish shaklini topishga harakat qiling.
Yozishga ulgurmay qolgan so'zlarga joy qoldiring.
Bayon yozishga qanday tayyorgarlik ko'rish kerak
Matmii diqqat bilan o'qib chiqing (tinglang).
Siz uchun tushunarsiz bo'lgan so'zlar ma'nosini aniqlang.
Matmiing asosiy mazmunini anglab oling. Mazmunni yoritish uchun muhim bo'lgan so'z, so'z birikmasi va gap (jumla)ni toping.
Matnni qismlarga bo'ling va ularga sarlavha qo'ying.
Tinish belgilarining o'rni va vazifalarini belgilab oling.
Matmii yana bir bor o'qib chiqing.
Insho yozishga qanday tayyorgarlik ko'riladi
Awalo, insho uchun mavzu tanlang. Shuni esda tutingki, mavzuga sarlavha tanlash muhim ahamiyatga ega. Inshoda nimalar haqida fikr yuri- tishingizni aniqlab oling.
Inshoning rejasini tuzing. Uning asosiy mazmunni aks ettirishi, insho mavzusi yuzasidan yoritmoqchi bo'lgan fikrlaringizga to'g'ri kelishi haqida o'ylang. Mavzuni yoritish uchun qanday shakl, qanday uslubni qo'llashingizni belgilab oling.
Mavzuni yoritish va bayon qilish uchun zarur ma'lumotlarni, ko'chirmalanii tanlang.
Inshoning qoralamasi tayyor bo'lgandan keyin uni o'qib chiqing: unda mavzu yetarli yoritilganmi? Rejada ko'rsatilgan bo'limlar to'liq yori- tilmagan bo'lsa, ularni to'ldiring. Bunda mavzu (sarlavha) bilan insho mazmu- nining mos kelishiga ahamiyat bering.
Inshoning tili (bayon uslubi)ga alohida e'tibor bering. Sizning fikr- mulohazalaringiz qay tarzda ifodalangan: tilda badiiylik, ta'sirchanlik, ix- chamlik va jozibadorlikka erishdingizmi? Yozilishi qiyin so'zlarni «Imlo lug'ati» asosida tekshirib chiqing. Zarur o'rinlarda tuzatishlar kiriting va inshoni oqqa ko'chiring.
So'zning qaysi turkumga oidligini aniqlash
So'zning umumiy ma'nosini toping.
Uning morfologik belgilarini aniqlang.
Uning gapdagi vazifasini aniqlang.
Shu so'zning qaysi turkumga oidligi haqida xulosa chiqaring.
So'z va so'z birikmasining qanday gap bo'lagi ekanligini aniqlash
So'z yoki so'z birikmasining gapda qaysi so'z bilan bog'langanini aniqlang.
O'zi bog'langan so'z (bo'lak) orqali unga so'roq bering.
So'zning qanday grammatik shaklda ekanini aniqlang.
O'zi bog'langan bo'lakni ma'no jihatdan to'ldirayotgani, aniqlayot- gani, o'rni, paytini bildirayotgani yoki subyekti (egasi) ekanligiga ko'ra qaysi gap bo'lagi bo'lishi haqida xulosa chiqaring.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali.
Diktant yozish orqali
B)Savollar orqali
V.BAHOLASH MEZONI Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA Takrorlash