DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
265- mashq. Uyga vazifa. She'riy asarlardan undalmaning qo'llanishiga 3—4 ta misol
topib yozing
B)Savollar orqalli
1.Undalma deb nimaga aytiladi?
2.Undalma bilan eganing o 'xshash va farqli tomonlari haqida so 'zlang.
3.Undalma gapning qaysi o'rnida kelishi mumkin?
4.Uyushiq undalmalarga misollar ayting.
5.Qanday undalma yoyiq undalma hisoblanadi?
6. Undalma qatnashgan gapning kesimi qanday shaklda bo'ladi
III.YANGI MAVZU BAYONI
Undalma alohida ohang bilan ajratilib aytilsa, undalmadan keyin vergul emas, undov belgisi qo'yiladi.
Undalma gap boshida kelsa, undan so'ng, o'rtada kelsa, ikki tomondan, oxirida kelsa, undan oldin vergul qo'yiladi.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali.
266-mashq. Undalmalardan keyin undov belgisining ishlatilishiga
e'tibor berib o'qing, undalmalarning gapdagi vazifasini aniqlang.
Aziz vatandoshlar! Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqni ko'zlab yashaganlar.
Zafar! Oyimlar keldilar. (P.Q.)
— O'g'lim Yodgor! Aftidan, meni tanimading, — dedi chol.
(S.A.)
— Sobir! Eski oshnalaringni topib keldim, — dedi Qudrat.
(S.A.)
Aziz sinfdoshlar! Bu sharafli ishga barchamiz mas'ulmiz. (S.Barnoyev)
267-mashq 1- topshiriq. Tushirilgan tinish belgilarini qo'yib gaplarni
ko'chiring.
1. So'zla ko'zgujon haqiqatni et bayon. 2. Aziz do'stlar oltin va kumushi bo'lmagan odam kambag'al emas, balki es-hushi va kasb- hunari bo'lmagan kishi kambag'aldir. (Majid Havofty) 3. Harakat sen ezgulikning haqiqiy qadr-qimmatini belgilaysan. (Sitseron) 4. Ha erka qizalog'im sen mening kelajagim, umidimsan.
2- topshiriq. Undalmali gaplarda tinish belgilarining qo'llanilishi xususida xulosa chiqaring.
268-mashq. Undalmali gaplar tuzing. Ulardan oldin ey, hoy, oh
undovlarini qo'shib o'qing. Gap mazmunida qanday o'zgarish bo'layotganligini tushuntiring.
269- mashq> 1- topshiriq. Matnni o'qing. Unga qanday sarlavha qo'yish mumkin? Matnda chin insonga xos bo'lmagan qanday salbiy xususiyatlar tanqid qilingan? So'zlab bering.
Ariq bo'yida turgan qariya shu o'rtada o'ynab yurgan bolaga yalindi:
Hoy o'g'lim, bu yoqqa kel, tezroq!
Nima ishingiz bor, aytavering, — dedi bola yaqin kelmay.
Ariq chuqur ekan, qo'limdan ushlab tur — suv olvolay...
Ey, engashib olaqoling-da o'zingiz!
Belim bukilmaydi, dardmandman, — dedi qariya o'ksinib.
Yonboshlab paqirni suvga solsangiz to'ladi, keyin asta ko'tarasiz. Shu ham ish bo'pti-yu...
Aql o'rgatguncha, yordamlashib yuborsang-ku, olam gulis- ton edi, bolam, — dedi chol.
Ha, hammaning ishini qilaverib, malay bo'lib qolaymi? — dedi bola yalqovlanib.
O'taketgan yalqov ekansan, — dedi keksa va qiynalib suv ola boshladi. Yalqov esa pinagini buzmay, o'yin bilan ovora edi...
(Sh. Sa'dulla)
2- topshiriq. Matndagi undalmalarni aniqlab, qaysi tinish belgilari
bilan ajratilganini sharhlang.
B)Savollar orqali
1.Undalmalarda, gapdagi o 'rniga ko 'ra, qanday tinish belgilari qo'llanishi haqida gapiring.
2.Undalma alohida ohang bilan aytilib, gap boshida kelsa, undan so'ng qaysi tinish belgisi qo'yiladi?
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
270- mashq. Tinish belgilarini qo'yib, gaplarni ko'chiring.
Undalmalarni belgilang.
1. Kelajagimiz porloq o'rtoq Farmonov. (As.M.) 2. To'xtanglar bolalar quyon sal nafasini rostlasin. (H.N.) 3. Ko'chada katta bayram, xalq hammasi ko'chada, nima qilib uyda o'tiribsiz usta? (O.) 4. Aziz kitobxon katta oilaning qissalari tugamadi. (As.M.) 5. Ona yurtim mustaqil O'zbekiston o'n to'qqiz yillik to'ying muborak!
Do'stlaringiz bilan baham: |