Salom, ona maktabim,
Keldim men quchog‘ingga.
Mehr qo‘yib tinglayman
Bergan har sabog‘ingga.
Salom, ona maktabim,
Bosh egaman poyingga.
Dilim tashna ilmga,
0 ‘qish -menga qoida.
Salom, ona maktabim,
0 ‘rganib, olim bo‘lay,
Xizmat qilib elimga,
Quvonch-u zavqqa tolay.
Biz dunyoda eng quvnoq,
E ng baxtiyor bolamiz.
Tezroq yangra, qo‘ng‘iroq,
Biz maktabga boramiz.
Ko‘p harflarni o‘rgandik
Bog‘chamiz quchog‘ida.
Endi ta’lim olamiz
Maktab — fan quchog‘ida.
0 ‘qiymiz faqat beshga,
0 ‘ynaymiz quvnab, kulib.
Va 0‘samiz Vatanga
Munosib farzand bo‘lib.
K I T O B.
Isroil Saidkariniov.
Sen bilan butun umrim
Chambarchasdir kitobim.
Ardoqlayman doimo,
Eshit, shundoq xitobim.
Sen oftobsan, nuringdan,
Charog‘ondir bu ongim.
Seni o‘qib, o‘rganib,
N urafshon bo‘lar tongim.
Do'stlaringiz bilan baham: |