2.5-rasm. “Bir makon – bir yo‘l” global strategik tashabbusi46
Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzilganiga 17 yil o‘tib, uning tarkibida 8 ta a’zo davlat, 4 ta tashkilotga qo‘shilayotgan mamlakat, 6 ta muhokamadagi mamlakat, 6 ta kuzatuvchi mamlakat, bir necha yuqori nufuzli tashkilotlar bo‘lib turibdi va tashkilot borgan sari dunyo hamjamiyati oldida o‘z mavqeini ko‘tarib hamda salohiyatini rivojlantirib bormoqda. Ammo, tashkilotga a’zo davlatlarning iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi unchalik yuqori emas, shuningdek, transport va infratuzilmani rivojlantirish borasida orqada qolib ketishmoqda. Bundan tashqari, mamlakatlar iqtisodiyotlaring past o‘sish darajalari ShHTning iqtisodiy integratsiya va savdo hamkorligini keng ko‘lamda olib borishga xalaqit bermoqda47.
"Bir makon - bir yo‘l" harakatining amaliyotga tadbiq etilishi qulay vaqt oqimiga to‘g‘ri kelib qoldi va tashkilotga a’zo mamlakatlarning savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ikki barobar imkoniyatlar va imtiyozlarni vujudga kelishiga sabab bo’ldi, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun turtki bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, barcha a’zo mamlakatlarning rivojlanish strategiyalarini birlashtirdi. Shuning uchun ham «Bir makon - bir yo‘l» tashabbusi ShHTga a'zo davlatlar o'rtasida keng ko'lamli reja va yordam sifatida yoyilmoqda.
Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yangidan birlashtirish va rivojlantirish davrida "Bir makon – bir yo‘l" ga kirdi. «Bir makon - bir yo‘l» loyihasi Qozog'istonning “Yorug‘ kelajak” yangi iqtisodiy siyosati bilan mos keladi va shuningdek, Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqi strategiyasi bilan ham o‘zaro hamohang tushadi. Bundan tashqari, Xitoy boshchiligida Rossiyaning Ufa shahrida o‘tkazilgan sammitda xitoy-mo‘g‘ul-rus iqtisodiy koridoriga asos solingan va ushbu yo‘ldan ko‘zlangan maqsadlar ham global strategik tashabbusga to‘liq mos tushadi48. Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi R.Alimovning fikriga ko‘ra, Xitoy tashabbusidagi “Bir makon – bir yo‘l” loyihasi ShHTning iqtisodiy hamkorligini shubhasiz rag‘batlantiradi49.
ShHTga a'zo davlatlar, kuzatuvchi davlatlar va muloqot bo'yicha sheriklar ushbu global strategik tashabbusni iqtisodiy subyektlar va rivojlanayotgan davlatlar uchun juda ahamiyatli deb hisoblaydi. Chunki, bu mamlakatlar infratuzilma sohasida hamkorlikni mustahkamlash va ishlab chiqarish quvvati sohasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun katta ehtiyojga egadir.
Shanxay hamkorlik tashkiloti "Bir makon – bir yo‘l" uchun muhim bir platforma bo'lib, uni qurilishida muhim rol o‘ynaydi. Markaziy Osiyoda yirik loyihalar ko'pincha ShHT bilan bog'langan va "Bir makon – bir yo‘l"ning gullab yashnashi ham ushbu hududdagi davlatlarga bog‘liq.
ShHTga a'zo davlatlar, savdo tartibini soddalashtirish, mamlakatlar o'rtasida tovar ayirboshlash, kadrlar almashinuvi va moliya tizimini rag‘batlantirish borasida, shuningdek, ishlab chiqarish, transport va logistika, axborot va kommunikatsiya sohalarida ham o‘zaro aloqalarni kengaytirishda “Bir makon – bir yo‘l” global loyihasiga tayana oladi50.
Do'stlaringiz bilan baham: |