2.4-rasm. Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori39
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalasiga kelsak, Xitoy tomoni, asosan Xitoy davlat banklariga tayanishni davom ettirmoqda. Shu bilan bir vaqtda, Pekin faol Xitoy va xorijiy manbalardan xususiy kapital orqali, jumladan, investitsiya resurslarini jalb qilish orqali turli yangi imkoniyatlarni rivojlantirmoqda. Ushbu vazifada Xitoy davlatining "Ipak Yo'li" jamg'armasi muhim rol o'ynaydi. Moliyalashtirish manbalari turlarini kengaytirish masalasi nafaqat XPIK, balki «Bir makon - bir yo‘l» global strategik tashabbusini ham o‘z ichiga oladi. Shu kabi barcha tuzilmalarni barpo etish tizimli xarakterga ega bo‘lgan, miqdori taxminan 5 trln AQSh dollarini talab qiladigan investitsiyalarni kiritish bilan bog‘liq. Ayni paytda, Pokiston dizaynlashtirilgan eng ilg'or va kapital talab qiluvchi iqtisodiyot bo’lib turibdi. Yaqin kelajakda esa, investitsiyalar oqimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xorijiy ishtirokchilar bilan hamkorlikda yangi bank konsortsiumlari yaratishni talab qilishi mumkin40.
Pokistonda, ko'plab boshqa mamlakatlarda bo'lgani kabi, mablag'larni investitsiya resurslariga aylantirish amaldagi qonunchilikni sezilarli darajada qayta ko'rib chiqilishini talab qiladi. Bundan tashqari, yaqinda Xitoyning Pokiston doirasidagi investitsion faolligi ortib borayotganligi sababli, mahalliy investorlarning eng daromadli va istiqbolli loyihalarga qo'shilmasligi xavfi mavjud. Shu munosabat bilan 2017-yil mart oyida Islomobodda o'tkazilgan Senatning “Rejalashtirish va rivojlanish qo'mitasi” yig'ilishida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, bugungi kunda pokistonliklar erkin iqtisodiy zonalar hududida yaratilgan Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi faoliyatlarda ishlashning iloji yo‘q deyishmoqda.
Bu borada ham muhim qadam 2018-yil oxirigacha ikki davlat rahbar-larining so'nggi tasdiqlash qarorida bo'lishi mumkin, deb kutilmoqdava u "Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridorlarining uzoq muddatli rivojlanish rejasi" deb nomlanadi. Energetika Milliy boshqarmasi, sayyohlikni rejalashtirish Xitoy instituti, Transport vazirligi ishtirokida “Xitoy rivojlantirish va isloh komissiyasi” talabiga binoan, 2015-yil dekabr oyida Xitoy Taraqqiyot Banki tashkil etildi. Xujjatning asosiy versiyasi 231 sahifaga ega va deyarli barcha sohalarda Xitoy-Pokiston hamkorligining asosiy va ustuvor yo‘nalishlari qayd etilgan.
Hindiston va Rossiya investitsion hamkorligi. Rossiya bilan bir qatorda Hindiston ham dunyo hamjamiyatida o‘z mavqeiga ega hisoblanadi. Hindiston dunyo aholisining deyarli yettidan birini qamrab oladi va umumiy aholi soni bo‘yicha Xitoydan keyingi ikkinchi davlatdir. Ushbu mamlakat ham arzon ishchi kuchiga boy hisoblanadi va hozirgi kunda iqtisodiyoti tez sur’atlarda o‘sish ko’rsatkichlarini namoyon qilmoqda. Yuqori darajada rivojlanish tendensiyasi esa, hozirgi kunga kelib, chet ellik investorlarning shu mamlakatga oqib kelishini kuchaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |