2.6-jadval
Hindiston Respublikasidan Rossiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar, mln AQSh dollarida41
Yillar
|
2009
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
Umumiy invstitsiyalar
|
726,6
|
452,0
|
700,8
|
1001,7
|
1364,4
|
1887,3
|
2523,7
|
3051,0
|
3413,1
|
Umumiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar. Jumladan:
|
15,1
|
366,1
|
592,6
|
895,0
|
1327,1
|
1815,4
|
2422,7
|
2959,8
|
3372,0
|
Neft xomashyosi va tabiiy gazni qazib olish
|
-
|
345,8
|
565,0
|
876,5
|
1271,7
|
1776,8
|
2351,3
|
2832,4
|
3294,4
|
Olmosni ishlash
|
-
|
-
|
-
|
-
|
33,1
|
16,4
|
16,4
|
16,4
|
22,6
|
Nooziq-ovqat tovarlarining umumiy savdosi
|
1,382
|
5,476
|
10,436
|
1,828
|
13,373
|
10,705
|
12,948
|
78,024
|
48,834
|
To‘qimachilik mahsulotlarining umumiy savdosi
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
0,227
|
0,424
|
26,769
|
Farmasevtika va tibbiyot mahsulotlarining umumiy savdosi
|
-
|
5,323
|
8,784
|
0,206
|
13,345
|
8,061
|
12,683
|
76,916
|
21,067
|
Avto, transport vositalari
|
9,281
|
13,940
|
21,021
|
15,390
|
19,901
|
20,242
|
51,726
|
104,658
|
49,368
|
Hindiston dunyoning boshqa ko‘plab rivojlangan mamlakatlaridan investitsiyalarni jalb qilishi bilan mashxur. Shanxay hamkorlik tashkilotiga yaqinda qo‘shilganiga qaramasdan, tashkilotga a’zo davlatlar bilan juda yaxshi savdo-iqtisodiy aloqalarni allaqachon o‘rnatib bo’lgan. Investitsion hamkorlik sohasida ham ancha-muncha loyihalar ShHTga a’zo davlatlar bilan amalga oshirilgan. Ulardan eng yiriklari Rossiya Federatsiyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihalardir.
Aslini olganda, Rossiya va Hindiston investitsiyalar oqimining umumiy hajmiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu ikkala mamlakat o‘zaro asosiy investitsiyaviy hamkor mamlakatlar hisoblanmaydi. Ammo, Hindistonning ShHTga a’zo bo‘lganidan so‘ng ushbu ko’rsatkich o’sishi kutilmoqda. Masalan, Rossiya Statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonga yo‘naltirilgan investitsiyalarning hajmi (2.5-jadval) 2017-yil oxirida 826,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan va bu ko‘rsatkich 2009-yildagi ko’rsatkichdan 36 marotaba kattadir. Ushbu investitsiyalarning 60%idan ortig‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil qiladi. Rossiya investitsiyalarining 90%idan ortig‘ini qimmatli qog‘ozlarga kapital kiritmalari tashkil etadi42.
2.5-Jadval
Rossiyadan Hindiston Respublikasiga kiritilgan investitsiyalar, mln AQSh dollarida43
Yillar
|
2009
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
Umumiy investitsiyalar
|
23,06
|
35,355
|
21,727
|
12,154
|
787,782
|
863,184
|
861,053
|
608,805
|
826,654
|
Qimmatli qog‘ozlarga capital kiritmalari
|
-
|
-
|
-
|
-
|
764,579
|
787,821
|
807,017
|
545,074
|
762,225
|
Mashina va texnika ishlab chiqarish
|
-
|
33,670
|
18,098
|
10,409
|
21,295
|
73,653
|
49,188
|
59,083
|
60,806
|
Umumiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar
|
1,600
|
1,641
|
0,891
|
0,891
|
535,470
|
558,697
|
577,944
|
546,001
|
533,308
|
Hindistondan Rossiyaga kiritilgan investitsiyalarning deyarli barchasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil qiladi. Investitsiyalar yo‘naltirilgan asosiy tarmoq – neft xomashyosi va tabiiy gazni qazib olishdir. Bu investitsiyalar oqimi “Saxalin-1” loyihasi asosida Rossiya hududida Hindistonlik hamkorlarning bevosita ishtiroki orqali o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan. Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan “ONGC Videsh Ltd” (OVL) kompaniyasi 20% miqdoricha ulushga ega bo‘la oladi. 2006-yildan boshlab OVL investor sifatida qazib olinayotgan mahsulotdan (qayta ishlanmagan neft va 2009-yildan boshlab siqilgan tabiiy gaz) o‘z ulushini olib kelmoqda44.
2.3. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar iqtisodiyoti uchun “Bir makon – bir yo‘l” loyihasining tutgan o‘rni
Barchamizga ma’lumki, bundan bir necha asrlar ilgari yurtimiz hududidan Buyuk ipak yo‘li o‘tgandir. O‘sha davrda ushbu yo‘nalish Xitoyni G‘arbiy Yevropa bilan bog‘lovchi koridor hisoblangan va bu yo‘l atrofidagi davlatlar uchun juda katta savdo-iqtisodiy ahamiyat kasb etgan. Ammo, so‘nggi asrlarda bo‘lib o‘tgan o‘zaro to‘qnashuvlar va kelishmovchiliklar oqibati Buyuk ipak yo‘lidan foydalanilmay qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi mobaynida Xitoy tomonidan tashkillashtirilgan “Bir makon – bir yo‘l” global strategik tashabbusining xalqaro iqtisodiy forumida ham ishtirok etdi va “Bir makon – bir yo‘l” loyihasi ko‘p vaqtdan beri foydalanilmay kelinayotgan Buyuk ipak yo‘lining qayta tiklanishi bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi45.
So‘nggi paytlarda esa yangi Ipak yo‘li degan tushuncha dunyo hamjamiyati orasida tarqalib bormoqda va uning asosiy tashabbuskori Xitoy Xalq Respublikasi hisoblanadi. “Bir makon – bir yo‘l” global strategik tashubbusining Xitoy tomonidan ilgari surilishi qadimiy Ipak yo‘lini tiklashga amaliy qadam bo‘ldi. Xitoylik ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu loyihaning umumiy qiymati 5 trln AQSh dollarini tashkil qiladi va qadimiy ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan davlatlar uchun juda katta savdo, eksport-import imkoniyatlarini taqdim qiladi.
“Bir makon – bir yo‘l” loyihasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu yo‘l tashkilot doirasidagi barcha davlatlar hududidan o‘tishini inobatga oladigan bo‘lsak, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, "Bir makon – bir yo‘l" global strategik tashabbusi ShHTning sifatini oshirish va hamkorlikni modernizatsiya qilishga yordam beradi.
Ushbu loyiha ishga tushirilganidan keyin birinchi marta Shanxay hamkorlik tashkilotining davlat rahbarlari sammiti Qozog‘iston poytaxti – Ostonada bo‘lib o‘tdi va unda ushbu ushbu loyihaning iqtisodiy istiqbollari to‘g‘risida forum o‘tkazildi. Qadimiy ipak yo‘lida joylashgan hamda tashkilotga a’zo 8 ta davlat va kuzatuvchi 5 ta mamlakat ushbu yig‘ilish yuqori saviyada o‘tganligi va “Bir makon – bir yo‘l” loyihasi barcha davlatlar iqtisodiyoti uchun yuqori ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |