Kuzatuvchilik maqomini olish jarayoni va majburiyatlari
A’zolik uchun talab etiladigan islohotlarni amalga oshirish shartlari va muddatlari.
Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish tartibi
Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo davlatlar Hozirgi kunda 2022-yil yakunlariga ko’ra BSTga 164 ta davlat a’zo bo’lib, ulardan 125 ta mamlakat to’la huquqli a’zo 39 ta kuzatuvchi maqomidagi davlatlar, Gonkong, Makao va Tayvan davlatsifat tuzulmalari a’zoligi munozarali holatda. BSTga a’zo bo’lish uchun O’zbekiston quyidagi 15 ta kelishuvlarida aks ettirilgan majburiyatlarni bajarishni o’z zimmasiga olishi lozim:
Sanitar va fitosanitar choralarini qo’llash bo’yicha kelishuv;
Tekstil va kiyim-kichak bo’yicha bosh kelishuv;
Savdodagi texnik to’siqlar to’g’risidagi kelishuv;
Savdo bilan bog’lik investitsion shartlar bo’yicha kelishuv;
Bojxona qiymatini aniqlash bo’yicha kelishuv;
Dempinga qarshi masalalar bo’yicha kelishuv;
Yuklash oldi nazorati bo’yicha kelishuv;
Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatini aniqlash bo’yicha kelishuv;
Importni litsinziyalashtirish qoidalari bo’yicha kelishuv;
Subsidiyalar va kompensatsion choralar bo’yicha kelishuv;
Himoya choralari to’g’risidagi kelishuv;
Butunjahon Savdo Tashkilotining tamoyillari Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish eng muhim ishlarimiz qatorida turadi. Butunjahon Savdo Tashkiloti va O’zbekiston Respublikasi BSTga kirish jarayonida O’zbekiston oldidagi uchta asosiy murakkab vazifa: O’zbekistonning BST ga a’zo bo’lishini quyidagi afzalliklarni yaratadi:
BSTga a’zo 125 mamlakatlarning milliy bozorlariga tovar va xizmatlarning erkin chiqishini ta’minlaydi;
Davlatning tashqi savdo siyosati istiqbol rejalarini ishlab chiqish uchun qulay sharoit yaratadi;
BSTning qoidalari subsidiyalar, demping kabi tashqi savdoning nopok vositalarining qo’llanishini ta’qiqlab, ulardan himoyalanish maqsadida tegishli choralar ko’rish imkonini beradi;
Nisbatan barqaror, qulay va oldindan rejalash imkonini beradigan muhit chet el investorlariga ularning O’zbekistonda ishlab chiqarilgan o’z mahsulotlarini to’siqlarsiz jahon bozoriga olib chiqish va o’z faoliyatlari uchun jahon bozoridan to’siqlarsiz mahsulot, asbob – uskuna va texnologiyalarni olib kirish imkonini beradi;
BST doirasida o’tkaziladigan ko’p taraflama savdo muzokaralarida O’zbekiston ham ishtirok etib, o’z manfaatlarini ifoda etish imkoniyatini vujudga keladi.
O’zbekiston uchun BSTga a’zolik birdan-bir maqsad emas. Agar xalqaro savdo rejimi mamlakat uchun hozirgi sharoitlarga qiyoslaganda faqat yaxshilangan taqdirdagina, BST ga a’zolik ma’noga ega bo`ladi.
Muzokaralarning mazmuni, BSTga zudlik bilan qo’shilish emas, O’zbekiston uchun eng ko’p darajada manfaatli bo’lgan shartlar asosida qo’shilishdan iborat bo’lishi lozim.
Erkinlashtirish va protektsionizm o’rtasidagi muvozanat saqlanishi lozim.
O’zbekiston har qanday holatda ham o’zinig hozirgidagi iqtisodiy suverenitetini saqlashi lozim.
Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya Jenevada. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va b. vazifalarni bajaradi.
JSTning oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi boʻlib, kamida 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash, intellektual mulk masalalari boʻyicha kengash), sekretariat, doimiy qoʻmitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan. Aʼzo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qoʻllaydi, oʻz ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi. 133 mamlakat toʻla huqukli aʼzo, 30 mamlakat, shu jumladan Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston JST da kuzatuvchi maqomiga ega va 1992—93 yillarda tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan[1]. 2021-yil fevral oyida nigeriyalik iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala JST bosh direktori etib tayinlangan. Ngozi Okonjo-Iveala tashkilot tarixidagi ilk ayol direktordir
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!