«O’zbekiston temir yo’llari» datk


 Poyezd bilan harakatlanganda lokomotivni boshqarish



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/70
Sana06.04.2022
Hajmi3 Mb.
#531523
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Bog'liq
lokomotivlarni boshqarish asoslari.

 3.3. Poyezd bilan harakatlanganda lokomotivni boshqarish.
Turli profilli yo’llarda poyezdni boshqarish 
 
Poyezd tezlik olayotganida kontrollyorning bosh dastagini yuqori 
rostlash bosqichiga yoki holatiga o’tkazish orqali lokomotivning katta 
tortish kuchi qo’llab turiladi. Poyezd ijobiy profilli yo’l uchastkasida 
harakatlanganda (tushishi yoki gorizontal maydon), mashinist birinchi 
bosqich orqali tormozlash natijasini tormoz berib, tekshirib ko’radi. Agar 
yuk ortilgan va yo’lovchi poyezdlaridagi tezlik tormozlash samarasida 10 
km/soat ga pasaysa, shuningdek, bo’sh yuk poyezdining tezligi 4-6 
km/soatga pasaysa, tormoz qo’yib yuboriladi. Bu tekshiruv asosida 
mashinist tormozlarni yoqishni boshlash joyini belgilab, magistraldagi 
bosim pasayishi ko’rsatkichini aniqlab oladi. Bu yopiq signaldan o’tib 
ketmaslik va tezlik chegaralangan joyni belgilangan tezlikda o’tishni 
ta’minlab beradi. 
Harakat yo’nalishi va boshqarish tartibining o’zgarishi oqibatida 
poyezdda bo’ylama dinamik kuchlar paydo bo’ladi, poyezd harakatini 
boshqaruvi yomon bo’lsa, bu kuchlar ancha ko’payadi. Bunday kuchlar 
qarshiligini kamaytirish uchun mashinist o’zgaruvchan yo’nalishli 
yo’llarda poyezdni cho’zilgan yoki siqilgan holda boshqarishi zarur. 
Buning uchun u butun poyezdning tormozlash kuchi va tortishini, yoki 


57 
lokomotivni yordamchi tormozini rostlaydi. Odatda, poyezd ko’tarilish 
bo’yicha harakatlanganda sostav cho’zilgan holda, pastga tushganda esa 
siqilgan holda bo’ladi. Cho’zilgan holatdan siqilgan holatga o’tish uchun 
(yoki teskari holatga) o’zgaruvchan yo’nalishli uchastka oldidagi 
o’zgarishsiz profilli yo’lning bir qismidan foydalaniladi. Poyezd 
boshqarishni to’g’ri tartibli tanlash, depoda ishlab chiqariladigan tartib 
kartalari yordamida amalga oshiriladi. 
3.1-rasm. Maydonchaga yaqin 3.2-rasm. Yo’lning davomli
yo’l profili profili 
 
Bu kartalar poyezd harakatlanishining qandaydir o’rtacha sharoitida 
samarali usullarni tavsiya etadi.
Mashinist har yo’lga chiqishda karta tavsiya etadigan tartibni to’g’rilab 
boradi, bunda u poyezd harakatlanishining alohida xususiyatlarini inobatga 
oladi (poyezd og’irligi va uzunligi, vagonlarga yuk ortilishi, harakatga 
qarshilik, uchastka bo’ylab harakat sharti, ob-havo sharoiti, elektr tortishda 
esa kontakt tuzilishidagi quvvat darajasi). 
Yo’l profilining turlari ko’p bo’lganligidan mashinistni ularda 
harakatlanishi tartibini aniq belgilash mushkul. Quyida poyezd yo’l profili-
ni o’ziga xos uchastkalaridan o’tishni asosiy usullari ko’rib chiqilgan. 
Gorizontal yo’l bo’ylab harakatlanganda tortish rejimida poyezd tortish 
kuchi hisobiga cho’zilgan bo’ladi (3.1-rasm). Pastki satrda elementlar 
uzunligi ko’rsatilgan, uning ustida qiyalik tikligi berilgan, ‰ (“+” – 
ko’tarilishi, “–“ – pastga tushishi), harakat chapdan o’ngga qarab ko’riladi. 
Xuddi shu tarzda boshqa uchastkalar profillarini rasmi berilgan. Uchastka 
bo’ylab harakatlanganda mashinist tavsiya etgan kartada belgilangan 
tarzda tezlikni oshirishga urinadi, bu yurish vaqtiga ulgurish uchun va 
elektr energiya yoki yoqilg’ini kamroq sarflab, poyezdda kinetik energiya 
zaxirasini barpo etish uchun qilinadi. Past tezlikda harakatlanish, masalan, 
svetoforning sariq chirog’ida, keyinchalik tezlikni oshirish natijasida elektr 
energiya yoki yoqilg’ini ancha ko’p sarflanishiga olib keladi. Zaruriyat 
bo’lganda harakat tezligini me’yordan oshirish oldinda ketayotgan 
poyezdga urilmaslik uchun majburiy tormozlanishni keltirib chiqaradi, bu 
esa o’z navbatida energiya yoki yoqilg’ini haddan ziyod isrof bo’lishiga 
olib keladi. 


58 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish