«O’zbekiston temir yo’llari» datk


Elektrovozni epikirovkalash



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/70
Sana06.04.2022
Hajmi3 Mb.
#531523
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Bog'liq
lokomotivlarni boshqarish asoslari.

Elektrovozni epikirovkalash
.
Depoga yoki aylanma punktga yetib 
kelgach, lokomotiv yoki navbatchi brigada elektrovozni qum bunkerlarini 
qum bilan to’ldiradi, moylash va artish materiallari zaxirasini to’ldirib 
qo’yadi. Navbatchi lokomotiv brigada elektrovozni masterdan texnik 
xizmat yoki ta’mirlash ishi tugatilgach qabul qilib oladi va elektrovozda 
ishlaydigan lokomotiv brigadasiga topshiradi. 
Lokomotiv brigadalari almashuvida elektrovozni topshirish va qabul 
qilib olish. Topshiruvchi brigada tomonidan elektrovozni tayyorlash.
Me’yorlarda belgilangan vaqt mobaynida lokomotiv brigadalari 
elektrovozni topshirish va qabul qilishni amalga oshirishlari uchun 
topshiruvchi lokomotiv brigadasi elektrovozni topshirishga tayyorlaydi:
TO-1 texnik xizmat yoki ta’mirlash ko’zda tutilgan ishlarni bajaradi, 
tozalash ishlarini amalga oshiradi, zaruriyat tug’ilsa, depo laboratoriyasida 
tahlil qilish uchun transformatorlar moyidan namuna oladi, epikirovkani 
amalga oshiradi, tezlik o’lchagich lentasini yechib oladi va yangisini 
o’rnatadi, qabul qiluvchi brigadagacha elektrovoz holati haqida 
ma’lumotlar beradi, aniqlangan nosozliklar va ko’rilgan chora-tadbirlar 
to’g’risida, tormozlar to’g’risida ma’lumotnomani taqdim etadi. 
Qabul qilib oluvchi brigada tomonidan elektrovozni ko’rikdan 
o’tkazish.
“Texnik holat Jurnali”dagi topshiruvchi brigadaning yozuvlari 
bilan tanishib chiqqan va uning og’zaki ma’lumotnomasini eshitgach, 
elektrovozni ko’zdan kechiradi, uning mexanizmlari, mashinalari va 
agregatlari tekshirib chiqiladi, alohida diqqat yuruvchi qism (ходовой)ga 
qaratiladi, shuningdek, harakat xavfsizligini ta’minlovchi qismlar va 
detallar, qum yig’ish ishlanmasi, radioaloqa, lokomotivning avtomat 


53 
signalizatsiyasi va blokirovkalovchi xavfsizlik moslamalarini ko’zdan 
kechiradi. Ko’rik jarayonida texnika xavfsizligi qo’llanmasi talablari qat’iy 
bajariladi. Tormozlash tizimini qabul qilishda tormoz holati va tormozlash 
silindrlarining shtoki chiqqanligi, kompressorlar karterida moy borligi 
tekshiriladi, nam yig’gich va bosh rezervuarlardagi suv chiqarib 
yuboriladi; tormoz magistralidagi zaryadlash bosimini qo’llab turuvchi 
mashinist krani dastagi kengaytirish holatidaligi tekshiriladi, yordamchi 
tormoz krani to’liq tormozlashda, tormozlash silindrlarida maksimal 
bosimni moslashtiruvchi kran to’g’rilanadi, tok manbaining quvvati, ishchi 
va nosoz kabinalardagi ajratuvchi kranlar dastaklarini holati, simlarni 
ulanishi, elektrovoz va poyezdning birinchi vagoni oralig’idagi elektr tizim 
tekshirib ko’riladi. 
Oxirlovchi kranlar ochiqligi va nosoz shlang to’g’ri osib qo’yilganiga 
ishonch hosil qilinadi.
Tezlik o’lchagichga lenta qo’yilganligi tekshiriladi, soat to’g’rilab 
qo’yiladi, uning ko’rsatkichlari to’g’riligi tekshiriladi; kontakt moslamasi 
qopqog’ida va tormozlash bosimi indikatorida plombalar mavjudligi, 
boshqaruvning ikkala kabinasida ham qalamli yozgichlar mavjudligi tek-
shiriladi. Agar jihozlanishda kamchilik aniqlansa, yoki asbob-uskunalarda 
yetishmovchilik topilsa, bu haqda dalolotnoma tuzilib, depoga topshiriladi. 
Elektrovozni topshirib-qabul qilishda lokomotiv brigadalari mahalliy 
qo’llanmalardan foydalanishadi. Yo’lovchi poyezdida qabul qiluvchi 
mashinist avtomat tormozlar to’liq tarzda, elektr pnevmatik tormozlarni 
qisman ishlatib, tekshirib ko’radi. Yuk tashuvchi poyezdda qabul qiluvchi 
mashinist poyezd tormozlash tizimi zichligini tekshirib ko’rib, so’ngra 
belgilangan tartibda poyezddagi tormozni sinab, tekshiruvdan o’tkazadi. 
Qabul vaqtida aniqlangan kamchiliklar va nosozliklar qabul qiluvchi 
hamda topshiruvchi brigadalar hamkorligida bartaraf etiladi, agar buning 
iloji bo’lmasa, qabul qiluvchi mashinist darhol bu haqda depo yoki PTOL 
navbatchisiga xabar beradi. Elektrovozni qabul qilish va topshirish 
o’tkazilganligi, jihozlar va asbob-uskunalarda aniqlangan kamchiliklar 
to’g’risida dalolatnoma tuzilsa, bu haqda “Texnik holat jurnali”da kerakli 
yozuvlar qayd etiladi va topshiruvchi hamda qabul qiluvchi lokomotiv 
brigadalarining mashinistlari imzo chekishadi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish