49
III BOB
ELEKTROVOZLARNI BOSHQARISH
3.1. Elektrovozni ishga tayyorlash, depodan chiqarish, poyezdga ulash
Elektrovozlarni yo’nalishga chiqishga tayyorlash uchun mashinist
elektrovozni qabul qilib olishni rasmiylashtirib bo’lgach, mashinistning
kabinasida ishlamayotgan barcha tugmalar (knopkalar) va o’chirish
moslamalari o’chirilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Shuningdek,
tugmali o’chirish moslamalari bloklanganligiga va bloklovchi kalitlar
yechib olinganligiga, reversiv va tormozlarni blokirovka qiluvchi moslama
dastaklari yechilganligiga, avtostopning elektropnevmatik kaliti o’z ichiga
qo’yilganligiga va eng chekka o’ng holatga burilganligiga, pnevmatik
magistrallar kranlari elektrovoz sxemasiga mos holatga qo’yilganligiga,
qo’l tormozi tormozlanmaganligiga, boshqaruvni o’chirish kalitlari
yechilganligiga, elektropnevmatik tormoz hamda vagonlarni isitish
kontaktori kalitlari yechilganligiga, tormozlash moslamalari belgilangan
rejimga qo’yilganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Ishchi kabinada mashinist tormozlarni blokirovkalovchi moslamani
ishga tushiradi, buning uchun u 1 dastakni kiygizadi va uni 180° da pastga
qarab oxirigacha buraydi, bu holda 2 eksentrikli val bir vaqtning o’zida 3
oziqlantiruvchi, 5 tormozlash magistrallari klapanlarini hamda 6
tormozlash silindrlarning klapanlarini ochadi. Tormozlash magistrali
zaryadkalangach (quvvatlangach), tormozlarni blokirovkalovchi moslama-
lardagi 4 to’xtatish qulflari ikkala kabinadagi vallarni qulflab qo’yadi.
Agar 1 dastak yoqilgan bo’lsa, 7 kontakt elektrovozning boshqarish
zanjirini tutashtiradi, blokirovkalovchi moslama o’chirilgan, nosoz
kabinada esa boshqaruv zanjiri tok manbai olmaydi, chunki 7 kontakt
tutashmagan bo’ladi. Tormozlarni blokirovkalash moslamasiga №8
biriktirilgan kran montaj qilingan bo’lib, uni dastagi oddiy biriktirilgan
kran holatlariga ega bo’ladi: tepaga – ochiq, chapga – yopiq, o’ngga –
shoshilinch tormozlash (экстренный). So’ngra mashinist tugmachali
o’chirgichlarni muhofasizlantiradi va kerakli tugmachalarni yoqadi,
magistral pnevmatik kranlarni elektrovoz sxemasiga mos holatga o’rnatadi,
qo’l tormozini qo’yib yuboradi.
VL80
k
, VL60 va boshqa elektrovozlarning pnevmatik sxemalari biroz
farqlanadi, asosan ishlash prinsipi bir hil. VL10 elektrovozining pnevmatik
sxemasini ko’rib chiqamiz. №1 kompressor siqilgan havoni №2 bosh
rezervuarga haydaydi. Bu rezervuardan siqilgan havo manbai magistral
50
orqali №8 boshli regulyatoriga, №9 mashinist kraniga, №10 yordamchi
tormoz kraniga, №11 avtostopni elektr pnevmatik klapaniga, №16 boshli
relesiga, №20 maksimal bosim klapani №19 silindrlariga, №21 reduktor,
№22 bosim regulyatori va №23 elektr pnevmatik klapanlar orqali uzatiladi.
№24 reduktor orqali siqilgan havo elektr apparatlarni elektr pnevmatik
uzatgichlariga, tok qabul qilgichni ko’tarish uchun №25 siqilgan havo
zaxirasi rezervuariga va №26 himoya ventili va №27 eshiklarni pnevmatik
blokirovkalovchi yuqori voltli kameralar va lyuk (tuynuk)lar orqali tok
qabul qilgich №28 klapanlariga tomga ko’tarish uchun o’tkaziladi.
Manbalovchi magistral, shuningdek, №30 tovushli signallar, №31 oyna
tozalagichlar qum uzatish tizimi bilan birlashgan, №32 maksimal bosim
klapani va №33 elektr pnevmatik klapan orqali esa – №10 yordamchi
tormozning krani bilan birlashgan.
Tormoz magistrali №9 mashinist krani va №12 tormoz moslamasi
orqali manbalovchi magistraldan siqilgan havo bilan zaryadli bosimgacha
to’ldiradi. Undan №13 havo taqsimlagich orqali №14 zaxira rezervuari
zaryadlanadi; tormozlash magistraliga №34 tezlik o’lchagich va №35
boshqaruvni pnevmatik o’chirgichi ulangan bo’ladi. Tormozlash
jarayonida tormozlash magistralida bosim pasayganda №13 havo
taqsimlagich zaxira rezervuarini yordamchi tormoz magistrali orqali №10
kran relesi bilan birlashtiradi, u o’z navbatida manbalovchi magistralni,
tormozlash silindrlarini havo o’tkazgichi bilan birlashtiradi. №77
tormozlash silindrlari (birinchi yoki to’rtinchi aravacha) havo bilan to’ladi,
bu havo manbalovchi magistraldan №10 kran orqali uzatiladi, ikkinchi
yoki uchinchi aravachalarning №18 silindrlari esa – №75 maksimal bosim
klapanlari hamda №16 bosim relesi orqali to’ladi.
Tormozlash silindrlarini manbalovchi magistraldan to’ldirish uchun
yordamchi tormoz dastagi №10 tormozlash holatiga qo’yiladi.
Trubali uzatgichlar va rezervuarlarda ajratuvchi kranlar va yengli
oxirlovchi kranlar, filtrlar, №7 masofadan purkaydigan purkagich
klapanlari bo’lgan yig’gich, №6 moy ajratgich, №3 klapanlar (yuk
tushirgich), №4 qaytalovchi klapanlar, №5 himoyalovchi klapanlar va
boshqa pnevmatik armatura o’rnatilgan.
Moslamalar to’g’ri ishlashi, rezervuarlar va magistrallar to’lishi
magistrallarga ulangan manometrlar orqali nazorat qilinadi. VL80
k
va
CHS2 elektrovozlari sxemalaridagi moslamalar xuddi VL60 elektrovoz
kabi belgilangan.
Pnevmatik
tizimni
tekshirib
ko’rgach, mashinist boshqaruv
o’chirgichini yondiradi, avtostopli avtomat signalizatsiyani ishga tushiradi
va tok qabul qilgichni ko’taradi. So’ngra tez harakatlanuvchi o’chirgichni
51
yondiradi. VL60 elektrovozida buning uchun BV1 tugmachasi ko’zda
tutilgan. Uni bosib, “BV1 ni qaytarish” tugmachasiga va signal chiroqlari
zanjiriga tok beriladi. “BV1 ni qaytarish” tugmachasi bosilganda, tok
simiga uzatiladi, bu sim mashinisti kontrollyori bilan nolli vaziyatda sim
bilan birlashgan, u orqali esa “BV1 qaytarish“ ventilli g’altagi tok orqali
qabul qiladi, sim va blok kontakti orqali differensial rele g’altagi tok oladi.
Differensial rele qo’zg’aladi va uning kontakt zanjiri tutashadi va 57-7
tez harakatlanuvchi yondirgichning katushkalari bilan tutashishi sababli u
ishga tushadi. CHS2 elektrovozida 341 tez harakatlanuvchi o’chirgich
tugmasini bosib, 390 simidan 0401 blok – kontaktlari orqali tok beriladi.
L-M blok – kontaktorlari orqali zanjir minusga tutashadi, oqibatda tez
harakatlanuvchi o’chirgich yonadi. So’ngra mashinist yordamchi
mashinalarni ishga tushiradi; qish mavsumida boshqaruv kabinasini isitish
tizimini ishga tushiradi, kompressorlarni qizdiruvchi moslamalarni, bos-
qichlar o’zgartirgichini, guruhli o’zgartirgichlar uzatgichlarini, tushiruvchi
kranlarni hamda sanitar bo’limidagi bak suvi isitgichini ishga tushiradi.
Transformatorlar moyining harorati – 20°S dan kam bo’lmaganda “Moyni
past harorati” tugmasini bosib, uni shu holatda to harorat 4-20°S ga
ko’tarilguncha qoldiradi.
CHS 4 elektrovozida transformatorni sovutish uchun moy kranlar
ochiladi.
Qorong’i tushgach mashinist projektor, bufer fonarlari va
elektrovozning yoritgichlarini yoqib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |