Qabul qilishni rasmiylashtirish
Mashinist elektrovozni qabul qilgandan so’ng lokomotiv texnik holati
haqidagi Jurnalga ta’mir bajarilganligi va ta’mir sifati tekshirib
ko’rilganligi haqida yozib qo’yadi. Bundan tashqari mashinist texnik holati
Jurnaliga elektrovozni qabul qilish vaqti tugaganligini ham yozib imzo
chekadi.
Qabul qilish vaqti tugagandan boshlab lokomotivning soz holatiga,
asboblar inventarlar uchun lokomotivni qabul qilib olgan brigada ma’suldir
(lokomotiv
brigadasi
va
mashinist
instruktorining
lavozim
yo’riqnomasidan).
2.3. Lokomotivning mexanik qismiga
texnik xizmat ko’rsatish
Elektrovozning ekspluatatsiya qilish jarayonida mexanik qism
detallarida ishqalanuvchi qismlarda tabiiy yedirilish sodir bo’ladi, bunda
darzlar, o’yilishlar, sinishlar, detallar qotirilishi, bo’shashi, qurumlar
bo’shab qolishi, egilishi, qiyshayishi va korroziyalanishi mumkin. Havo
26
o’tkazgichlar chizmachiligining buzilishi, qopqoqlar kuyishi va boshqa
nosozliklar sodir bo’lishi mumkin.
Lokomotiv brigadasining vazifasi tabiiy yeyilishni kamaytirish
bo’yicha choralar ko’rish, nosozliklarning oldini olish va sodir bo’lgan
nosozliklarni bartaraf qilish bo’lib, harakat xavfsizligini to’liq ta’minlash
va lokomotivning sozligini saqlab turishdir.
G’ildirak juftligi.
G’ildirak juftligiga xizmat ko’rsatishda temir
yo’llarni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (TYTEQQ) va lokomotivlar
g’ildirak juftligining va elektr seksiyalarning shakllani-shi, ta’minlanishi
haqidagi xabardorlik yo’riqnomasi bo’yicha ish ko’riladi.
TYTEQQ ning 147 bo’limida ko’rsatilganki, g’ildiraklarning ichki
qirralari pastidagi masofa 1440 mm bo’lishi kerak, tezligi 120 km/soatdan
ortiq bo’lgan lokomotivlarda, chetga chiqish kichik tomonga 1 mm dan
ortiq bo’lmasligi kerak. G’ildirak juftligi o’qining istalgan qismida
ko’ndalang darzlari bo’lgan, shuningdek, g’ildirak juftligida uning yo’l
bilan va harakatdagi tarkib bilan me’yorlar
o’zaro ta’sirini buzadigan
quyidagi buzuqliklarda ekspluatatsiyaga chiqarish va harakatdagi tarkib
poyezdlarida harakatlanish ta’qiqlanadi:
1) lokomotivlarda dumalash prakati 7 mm dan ortiq, tezligi 120
km/soat, bu va undan ortiq bo’lganida esa 5 mm dan ortiq;
2) o’rkachning qalinligi 33 mm dan ortiq yoki 25 mm dan kam
bo’lganda (o’rkach cho’qqisidan 20 mm dan pastroqda o’lchanganda),
tezligi 120 km/soatdan yuqori bo’lgan lokomtivlarda o’rkach qalinligi 33
mm dan ko’p yoki 28 mm dan kam bo’lsa;
3)
tasdiqlangan chizma bo’yicha, maxsus shablon bilan o’lchanganda
o’rkach vertikal kesimining balandligi 18 mm dan ortiq bo’lsa;
4)
sudralgich (polzun) lokomotivlarning rolikli bo’lsa, podshipniklar-
ning yuzasi 0,7 mm dan, sirpanish podshipnigi bilan esa 1 mm dan ortiq
bo’lsa;
5)
bundan
tashqari
g’ildirak
juftligi
haqidagi
xabardorlik
(освидетельствованию) yo’riqnomasida quyidagi nosozliklardan birortasi
bo’lsa ham lokomotivni ishga chiqarish ta’qiqlanadi:
1) bandaj diskida yoki g’ildirak markazida darz yoki yupqa parda
bo’lsa;
2) spitsada darzlar yoki spitsa markazida uchtadan ortiq darzlar
bo’lsa; gardishda darzlar bo’lsa, ikkita alohida ajratilgan payvandlanmagan
spitsalarda darzlar bo’lsa;
3) dumalash yuzasida kavaklar bo’lsa;
4)
bandajning dumalash yuzasida o’lchamidan qat’iy nazar o’nqir-
cho’nqir joylari bo’lsa;
27
5)
bandaj markazdan bo’shab qolsa, o’q g’ildirak cho’ntagidan
bo’shab qolgan bo’lsa, tishli g’ildirak markazi cho’ntagidan bo’shab
qolgan bo’lsa;
6)
o’rkachning qirrasi o’tkirlashib qolgan bo’lsa;
7)
o’qning o’rta qismi uzunligi 25 mm bo’lgan bo’ylama darz yoki
qatlam bo’lsa, o’qning boshqa ishlov berilgan joylarida o’lchamidan qat’iy
nazar har qanday darzlar bo’lsa;
8)
o’q bo’yinlari va o’qning cho’ntak osti qismlarida o’tkir ko’ndalang
chiziqli yoki o’yiqlar
bo’lsa;
9)
lokomotiv o’qida chuqurligi 4 mm dan ortiqroq
yedirilgan
(protertoe)
joylari bo’lsa;
10)
bandajning ezilishi natijasida uning ba’zi joylaridagi eni 5 mm dan
ortiqroqqa kengayib qolganda;
11) bandaj halqasining bo’shab qolishi natijasida jami uzunligining
30% bo’shab qolsa, shuningdek, halqa qulfidan 100 mm yaqinroq bo’shab
qolsa;
12) oxirgi
tekshiruv (osvedetelstvovanie)
kleymosida noaniqlik yoki
kleymo bo’lmasa, yoki kleymo shakllanishida tushunmovchilik bo’lsa,
agar o’q presslab chiqarib olish bilan
tekshiruv
(osvedetelstvovanie)
o’tkazilmagan bo’lsa;
13) g’ildirak juftligi bandajining qalinligi elektrovozlar uchun 45 mm
dan, VL60 va VL80 elektrovozlar uchun 40 mm dan, va VL22 elektrovoz
uchun 36 mm dan kam bo’lsa;
Izoh:
1. Kavak deganda kelib chiqishi bo’yicha metall bo’lgan
nuqsonli joylar (qum, shlakli) bo’lib, ular metall ichida bo’ladi, metall
cho’kishi natijasida bo’shliq hosil qiladi (notekis sovishi natijasida) va
bandajning yeyilishi natijasida bu joylar ochilib qoladi.
2. O’nqir-cho’nqir joy deganda g’ildirakning dumalash yuzasida
o’pirilish (выкрашивание)
tushuniladi.
G’ildirak juftligiga qarov eng avvalo yuqoridagi nosozliklarni aniqlash
va ular bor bo’lsa, poyezdning xavfsiz harakatlanishi uchun choralar
ko’riladi (agar bundan keyin harakatlanish mumkin bo’lsa).
G’ildirak cho’ntagining o’qdan surilib qolishi ekspluatatsiyada deyarli
uchramaydi, agar u sodir bo’lsa, uni tormoz kolodkasining holati bo’yicha,
(u xuddi bandaj o’rkachiga tomon surilganday bo’ladi) bitta g’ildirak
juftligi bandajlarni relslarga qisish bilan, o’rkachning ortiqcha yeyilishi,
shuningdek, bitta g’ildirak juftligi bo’ksasining orqa qopqoqlarining qizishi
bilan aniqlanadi. Depoda gupchakning surilib qolganligini bandajlararo
shtangensirkul bilan bandajning ichki qirralarini o’lchash bilan aniqlanadi.
28
O’rkachning kesilib qolishi ko'ndalang yurish yo’lining kichrayib
qolishi oqibatida yoki g’ildirak juftligi holatining buzilishi, gubchaklarni
yo’naltiruvchilari noto’g’ri belgilanishi, rezina vtulkalarning shikastlanishi
(parchalanishi) uzangi valiklari shaybasini qalinligini va rezinani noto’g’ri
tanlab olinishi keltirib chiqaradi.
Barcha hollarning holati haqida Jurnalga
yoziladi (xatto o’rkachning kesilishi ruxsat etilgan chegaradan chiqmagan
bo’lsa ham).
Bandajning markazda qo’nimining mustahkamligini elektrovozning
tormozlari bo’shatilgan holatida uning ishchi yuzasiga bolg’a bilan urib
tekshirib ko’riladi. Jarangsiz tovush bandaj bo’shab qolganligini bir
belgisidir, boshqa belgisi bu markaz gardishi va bandajdagi belgilarning
mos tushmasligi bo’lib, g’ildirak markazi va bandajning old tirgagi qirrasi
orasida 0,5 mm dan ortiqroq tirqish paydo bo’lishi natijasidir, bunda
tirqishdan zang yoki moy paydo bo’lishi mumkin.
Agar nazorat belgilari surilgan bo’lsa, ammo bandajni bolg’a bilan urib
ko’rilganda jaranglab, qo’nim
yaxshi ekanligi aniqlansa, va bandaj o’yiqda
zich o’tirgan bo’lsa, u holda mel bilan yangi belgi qo’yiladi. Texnik holat
haqidagi Jurnalga bu haqida yozib qo’yiladi, chunki almashtirilgan
mashinist va texnik xi zmat punktining ustasi bandajning qo’nimini
tekshirib ko’rish kerak.
G’ildirak juftligida yana surilish bo’lsa, u holda bu g’ildirak juftligi
elektrovoz ostidan chiqarib olinib ta’mirlanadi.
Bunda mustahkamlovchi halqasini tozalab, darzlarning yo’qligi
aniqlanadi, yuza toza bo’lgan holatda esa bolg’a bilan urib ko’riladi, bunda
barmoqni
halqaning
qo’shni uchastkalariga qo’yib tekshiriladi;
barmoqning metallni dirillashini sezishi, halqa qo’nimining
bo’shashib
qolganligidan darak beradi.
Bandajning dumalash yuzasida hosil bo’lgan sudralgichlarning
chuqurligi 0,7 mm va u 57 mm dan ortiq bo’lmagan maydongacha mos
keladi. Sudralgich chuqurligi shablon bilan o’lchanadi, buning uchun
bandajning prokati o’lchanib, u shkastlanmagan yuza qismining o’lchash
natijasi bilan takrorlanib aniqlanadi.
Bandaj chetida tashqi mahalliy nuqsonlarining hosil bo’lishi uni
tayyorlangan metallda nuqson borligini ko’rsatadi. Shu joy ekspluatatsiya
davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Bu nuqsonning 5 mm dan ortiq
mahalliy kengayishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, bandajni butun aylanasi
bo’yicha nuqsonning (nakat) bir tekisda 8 mm atrofida bo’lishiga ruxsat
etiladi.
29
Qolgan barcha nuqsonlar bandaj va g’ildirak markazi toza bo’lgan
holda aniqlanadi, buning uchun depodagi barcha turdagi qarovlardan va
ta’mirda ularning yuza qismi kerasin bilan ho’llangan mato bilan artiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |