Tortuv elektr dvigatellarining osmasi.
Traversiyalarida prujinalar-
ning, sterjenlarining sinishi yoki tushib qolishi yoki ularning qotirish
detallarini
bo’shab qolishi, tortuv elektr dvigatellari burnidagi
prokladkalarining yo’qolib qolishi mumkin emas, VL80
k
va VL80
t
elektrovozlarining bu uzellarida puchayib qolishi (diskdan tashqari
qismda), rezina qistirilmalarining shikastlanishi yoki qatlam-qatlam bo’lib
qolishi va osma valligi va tirgagichning buzilishi mumkin emas.
Barcha qarovlarda eng asosiy e’tibor dvigatel tayanchi uzelida g’ildirak
juftligining
o’qiga qaratiladi. Bunda shapka boltlari bo’shab
qolmaganligiga ishonch hosil qilish kerak, chunki har ostki shapka tiqinlari
har ikkala shapka qopqoqlarilariga ishonchli tarzda qotirilgan va kigizli
(voylok) qistirmaga ega shapkalardan har qanday moyning oqib chiqishiga
yo’l qo’yilmaydi; ishlash davomida o’qning aylanishi natijasida ishlangan
moy asta-sekin o’q podshipniklarining ko’ndalang yon tomonidan oqib
chiqishi mumkin (jumladan, o’qning o’rta qismidagi himoya kojuxining
ko’rish tirqishi).
Elektrovozlarga har bir TXK-2 va TXK-3 o’tqazishda nazorat belgili
shup (paypaslagich) bilan B ishchi kameralaridagi moy sathi tekshirib
ko’riladi. Bu sath paypaslagichning ostki belgisidan yuqori bo’lishi kerak.
Moy V kamerasi 0,15...0,25 MPa gidropult yordamida to’ldiriladi.
Podshipniklarning holatini ularning ko’rinadigan qismini o’qning o’rta
qismidagi himoya kojuxidagi unchalik katta bo’lmagan darcha orqali
ko’rib bilish mumkin.
Bunda
babit
parchalari
yoki
bronza
changi
bo’lsa, bu
podshipniklarning eyilganligi yoki qatlamlanishidan darak beradi. Bu
haqida texnik holat haqidagi Jurnalga yozib qo’yish kerak bo’ladi. Bitta
dvigatel
o’qidagi ikkita podshipniklar
va vkladish orasidagi tirqishlar farqi
1mm dan ortiq bo’lmasligi kerak, aks holda dvigatellarning bir tomoni
32
o’tirib qoladi, bu tishli uzatmaning ishlashini buzadi (tishlar kesilishi
mumkin). Shuningdek g’ildirak juftligi o’qi bo’ylab dvigatelning ko’p
miqdorda yurishi (razbeg) ham maqsadga muvofiq emas, chunki bu motor
o’q podshipnigini chiqish qoplami
jadal yeyilishi natijasida sodir bo’ladi.
Oqibatda uzatma tishlarining jadval eyilishiga motor o’q podshipniklari-
ning separatorlarini sinishiga, katta tishli g’ildirak ko’ndalang yon
tomonining kojux devorlari bo’yicha ishqalanishiga olib keladi.
Kuzov tayanchlarining holatiga qarab elektrovoz ravon harakatlanishi
va yuklama g’ildirak juftliklari bo’yicha taqsimlanishi mumkin. Tayanch
detallari sinib qolganda elektrovoz relsdan chiqib ketishi mumkin, shu
sababli ularning holatiga ularni qarovdan o’tqazishda ularga qarash
imkoniyati juda kam bo’lsa ham alohida e’tibor beriladi.
Ko’p doimiy tok elektrovozlarida VL10 elektrovozidan tashqari
kuzovdan asosiy yuklama aravachalarga yassi ishchi yuzaga ega bo’lgan
tovon
(pyata)
orqali beriladi. Tovonning tanasida darzlar bo’lmasligi va
mintaqaviy qotirish boltlari esa bo’shab qolmasligi kerak. Qo’zg’aluvchi
tovon uyasining bo’sh qismiga chet narsalar tushib qolmasligi uchun u
boltlar bilan qotiriladigan gorizontal shitlar bilan yopib qo’yilgan. Ko’p
elektrovozlarda sirpangichlar tirqishi har ikkala tomonga jami 4
12 mm
oralig’ida bo’lishi kerak. Bosh va qo’shimcha tayanchlarni moylagich
voronkasi orqali o’q moyi bilan, sirpangichlarni esa salidol bilan joriy
xizmat ko’rsatishda moylanadi. Sug’urtalash boltlari kuzov ramasi orqali
aravacha ramasiga o’tkazilgan bo’lib, ular avariyalarda kuzovni
aravachadan ajralib qolishiga yo’l qo’ymaydi va ayni paytda kuzovning
qiyshayishiga va aravachaning burilishiga imkon beradi. Shu sababli
boltning shaybasi va aravacha ramasining ko’ndalang balkasi tagida 10
12
mm tirqish qo’yiladi. O’zgaruvchan tok elektrovozlarida (VL60
k
va
VL80
k
) shuningdek, VL10 elektrovozlarida tayanchlarini qarov jarayoni
qotirilishni tekshirish, darzlarni aniqlash, korpus rezinasini ezilishidan
iborat. Markaziy shkvorenni va ag’darilishga qarshi turish qurilmasini
moylash, shuningdek, VL80
k
elektrovozlarining yon tayanchlarini moylash
rejasi qarov va ta’mirlash jarayonida amalga oshiriladi. Bu elektrovozlar-
ning yon tayanchlari prujinasining holatini bevosita vertikal cheklagich va
aravacha ramasining yuqori qismi orasidagi tirqish bilan belgilanadi
(tirqish10 mm dan kam bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi va bu prujinaning
shikastlanganligini ko’rsatadi). Gidravlik amortizatorlarda moyning
tomchilashiga yo’l qo’yilmaydi. Kuzovning haddan tashqari ortiqcha
vertikal tebranishi bitta yoki undan ko’proq amortizatorlarni almashtirish
zaruriyati haqida darak beradi. VL80
k
, VL80
t
elektrovozlarida bundan
33
tashqari yuksizlantirish qurilmasi havo silindrining qotirilishini tekshirib
ko’rish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |