3 Маклакова Т.Г., Нанасова С.М., Шарапенко В.Г., Балакина А.Е. Архитектура/Учебник – М.: Изд-во АСВ,
2004 (382-384 bet)
131
Bir va ikki nishabli stropilali tom yopmasining ko‟rinishi 4 va 6-rasmlarda keltirilgan. Bunda
stropil oyog‟i “mauerlat” deb nomlanadigan stropil osti brussiga tiralgan bo‟ladi (5.27-rasm, 2).
Mauerlat binoning butun perimetri bo‟yicha yotqizilishi yoki faqatgina stropil oyog‟i ostiga
qo‟yilgan alohida kalta brussdan iborat bo‟lishi mumkin.
Oralig‟i 5 metrdan katta bo‟lgan hollarda stropil oyog‟iga qo‟shimcha tirgaklar qo‟yiladi.
Stropil oyoqlari orasidagi masofa 800 mm dan 1700 mm oralig‟ida olinadi
60
.
5-rasm. Stropilali tom elementlari
Ikki nishabli tom yopmasining ichki tayanchi sifatida yuk ko‟taruvchi devorning(6-rasm, 11)
yuqori qismiga o‟rnatilgan asos brussi (6-rasm, 9) xizmat qiladi. Bunda ushbu asos brussiga 3-6
metr oraliqda ustunlar (6-rasm, 7) joylashtirilib, so‟ng ustunlarga “xari” deb nomlanuvchi g‟o‟la
o‟rnatiladi (6-rasm, 8). Bu ko‟rinishdagi asos brussi, ustun va xaridan iborat konstruksiya
birgalikda stropil osti ramasini tashkil etadi. Ko‟p hollarda xari ko‟ndalang kesim yuzasini
kamaytirish va konstruksiya bikirligini oshirish maqsadida ular ostiga qiya tirgaklar (6-rasm, 6)
qo‟yiladi.
Stropilaning pastki qismi mauerlatga tiralganligi bois tomning bo‟g‟ot qismi ustiga
o‟rnatiladigan obreshyotka taxtalarini “kobilka” deb nomlangan kalta taxtachalarga qotiriladi (6-
rasm, 4). “Kobilka” esa o‟z navbatida stropilaning pastki oyog‟iga mahkamlangan bo‟ladi.
3 Маклакова Т.Г., Нанасова С.М., Шарапенко В.Г., Балакина А.Е. Архитектура/Учебник – М.: Изд-во АСВ,
2004 (37-43 bet)
132
6-rasm. Ikki nishabli stropilali tom yopmasining konstruksiyasi
1 – chordoq ora yopmasi; 2 – mauerlat; 3 – stropila oyog‟i; 4 – kobilka; 5 – obreshyotka; 6 –
tirgak; 7 – ustun; 8 – xari; 9 – asos brusssi; 10 – yuk ko‟taruvchi devor.
Temir-betondan ishlangan birlashtirilgan tekis tom yopmalarining quyidagi turlari mavjud:
shamollatilmaydigan, shamollatiladigan va qisman shamollatiladigan
61
.
Birlashtirilgan shamollatiladigan tom yopmasi esa yuqori qavat orayopmasi ustidan o‟lchami
1,2x6 m bo‟lgan qovurg‟ali yopma plitasini o‟rnatish orqali tashkil etiladi (1-2-rasmlar).
61 Andrea Deplazes BUILDING CONSTRUCTION ADHESIVES, Birkhauser Constructing architecture materials
processes structures / Bauhauz, Berlin, 2013 (214-218 betlar)
133
1-rasm. Birlashtirilgan shamollatiladigan tom yopmasi
2-rasm. Birlashtirilgan shamollatiladigan chordoqli tom yopasi
1 – qovurg‟ali pita; 2 – xari; 3 – chordoq orayopmasi;
Birlashtirilgan shamollatilmaydigan tomlarda yopma qismi chordoq ora yopma
konstruksiyasi bilan birlashgan bo‟ladi. Bunday binoning chordoq qismi bo‟lmaydi. Yopma plita
yuqori qavat uchun shift vazifasini bajaradi.
3-rasm. Atmosfera suvlari bino ichkarisidan oqiziladigan bino chordoqli tomi yig„ma
elementlari:
1 – chordoq tomining serkovak plitasi; 2 – g„ishtin ustuncha; 3 – temir-beton xari; 4 –
tomga yopiladigan qovurg„ali plita; 5 – yig„ma parapet plitalar; 6 – ventilatsiya teshigi.
134
Shamollatilmaydigan tomlarning issiqlik o‟tkazmasligini ta‟minlash maqsadida temir-beton
yopma plitasi ustidan bir-ikki qavatdan iborat ruberoid qatlami bitum yordamida yopishtiriladi.
Plita yoki sochiluvchan material ko‟rinishidagi issiqlik izolyatsiya (g‟ovakli yoki keramzit beton,
fibrolit, shlak va h.k.) materiallaridan iborat to‟shama qalinligi issiqlik izolyatsiya hisoblari
natijasida aniqlanadi. Issiqlik izolyatsiya to‟shamasi plitali bo‟lsa 15-20 mm, sochiluvchan
materialdan iborat bo‟lganda 25-30 mm qalinlikdagi sement qorishmasidan iborat bo‟lgan
tekislovchi qatlam tashkil etiladi. Ushbu teksilovchi qatlam ustidan bir necha qavat ruberoid
to‟shamasi mastika yoki issiq bitumlar yordamida elimlanadi. So‟ng, 6-8 mm qalinlikdagi mayda
donali yengil keramzit shag‟al yoki shlakdan himoya qatlami yozib chiqiladi.
Tekis tomlardan atmosfera suvlarini ketkazib yuborish uchun 20-80 oralig‟ida nishab
qilinadi. Bunda tomlarning nishabi 3, 4 va 5 qavatli ruberoid qatlamlari hisobiga tashkil etiladi.
4-rasm. Shamolatilmaydigan birlashtirilgan tom
Qisman shamollatiladigan birlashtirilgan tom yopmalaridan havo o‟tishi yopma panellarning
yuqori qismida ko‟zda tutilgan havo yo‟llari yoki g‟ovaklari orqali amalga oshiriladi (5-rasm).
135
5-rasm. Birlashtirilgan shamollatilmaydigan va
qisman shamollatiladigan tom yopmasi
a, b – shamollatilmaydigan; v – qisman shamollatiladigan; 1 – himoya qatlami; 2 – rulonli
to‟shama; 3 – tekislovchi qatlam; 4 – issiqlik izolyatsiya qatlami; 5 – bug‟dan izolyatsiya
qatlami; 6 – yuk ko‟taruvchi konstruksiya; 7 – suvoqli shift; 8 – yuk ko‟taruvchi konstruksiya
(g‟ovakli materialdan iborat); 9 – havo qatlami.
Shamollatilmaydigan tomlarda temir-beton yopma plitasi ustidan bir yoki ikki qavat
ruberoid qog„oz issiq bitum bilan yopishtiriladi. Bu qatlamning asosiy vazifasi issiqlikni
o„tkazmaslik va temir-beton plita orqali xona ichidan ko„tarilayotgan bug„dan namlanishining
oldini olishdir
62
.
Plita yoki sochiluvchan material ko„rinishiga ega bo„lgan g„ovak beton, fibrolit, shisha
paxta, shlak, keramzit va boshqa issiqlik izolatsiyasi materiallari to„sham qalinligi teplotexnik
usulda hisoblab topiladi.
Issiqlik izolatsiyasi qatlami ustidan qalinligi 15-20 mm bo„lgan sement qorishmasidan
tekislovchi qavat yozib chiqiladi. Agar issiqlik izolatsiyasi materiali sochiluvchan bo„lsa
tekislovchi qavat qalinligi 25-30 mm qilib olinib, kataklari 200-300 mm bo„lgan to„r qo„yib
yuboriladi. Tekislovchi qatlam ustidan bir necha qavat ruberoid yoki boshqa materialdan
qilingan to„shamalar maxsus yopma mastikalar yoki issiq bitumlar yordamida yelimlanib,
ustidan 6-8 mm qalinlikda mayda yengil keramzit shag„al yoki shlakdan himoya qatlami yozib
Do'stlaringiz bilan baham: |