265
27 – MA’RUZA
TOSH-G‘ISHT KONSTRUKSIYALARI. G‘ISHT TERIMINING ME’YORIY VA
HISOBIY QARSHILIKLARI. FAN BO‘YICHA XULOSA.
Reja:
1.
Tosh–g’isht va armotosh konstruksiyalar haqida umumiy malumotlar.
2.
Tosh–g’isht va armotosh konstruksiyalar uchun ishlatiladigan materiallar.
3.
Tosh–g’isht devorning mustahkamlik tavsiflari.
4.
G’isht terimining yuk ostidagi ish bosqichlari.
5.
Tosh–g’isht devorning deformasiyalanish tavsifi.
Tosh–g‟isht va armotosh konstruksiyalar haqida umumiy malumotlar
Tabiiy toshdan ishlangan konstruksiyalar insoniyat tarixida birinchi qurilish
konstruksiyalari bo‟lgan. Tosh asridayoq tabiiy toshdan dastlabki inshootlar qurilgan.
Jamiyatning ishlab – chiqarish kuchlari taraqqiy etishi bilan yo‟nilgan tosh, birinchi suniy tosh –
xom g‟isht va, nihoyat, pishiq g‟isht ishlatila boshlandi.
Armotosh konstruksiyalar, yani po‟lat armatura qo‟shilgan konstruksiyalar, XIX asrda
paydo bo‟ldi. 1813-yilda Angliyadagi fabrikalardan birida temir–g‟ishtdan ishlangan mo‟rkon
truba bu xildagi birinchi inshoot hisoblanadi. Keyiichalik Angliyada 1825-yili Temza yaqinidagi
tunnel, AQShda 1853-yili suv saqlashga mo‟ljallangan katta rezervuar qurilishida bunday
armaturalar ishlatilgan. Armotosh konstruksiyalar bizning mamlakatimizda ham keng miqyosda
ishlatilgan.
Tosh–g‟isht va armotosh konstruksiyalarning olovbardoshligi, tayyorlash osonligi,
chidamliligi, ulardan foydalanishga mablag‟ deyarli sarf bo‟lmasligi bu xil konstruksiyalarning
afzalligidir. Tosh–g‟isht va armotosh konstruksiyalar o‟z massasining kattaligi, shuningdek,
nisbatan to‟la industrlashtirib bo‟lmasligi ularning kamchiligi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda tosh–g‟isht konstruksiyalar asosan turli xil bino va inshootlarning devor
hamda ustunlarini qurishda ishlatiladi. Bazan, og‟ir jinsli tabiiy toshlardan poydevorlar
yotqizishda foydalaniladi. Armotosh konstruksiyalar turli xil muhandislik inshootlari, masalan,
dudburon trubalar, rezervuarlar va shu kabi inshootlar qurishda ishlatiladi.
Tosh–g‟isht va armotosh konstruksiyalar uchun ishlatiladigan materiallar
Tosh–g‟isht va armotosh konstruksiyalar hosil qilish uchun zarur bo‟ladigan asosiy
materiallarga tosh (tabiiy yoki suniy), toshlarni bir–biriga biriktiruvchi qorishma, po‟lat armatura
(armotosh konstruksiyalarda) kiradi. Yengillashtirilgan devorlarda isitkich ham ishlatiladi.
266
Tosh–g‟ishtlar bir necha alomatlariga qarab sinflanadi. Kelib chiqishiga ko‟ra tabiiy va
suniy toshlar bo‟ladi. Tabiiy toshlar tosh karerlaridan qazib olinadi. Sun‟iylari yuqori haroratda
pishirish yoki bog‟lovchi moddalar asosida (tabiiy sharoitlarda yoki issiqlik bilan ishlov berib)
qotirish yo‟li bilan tayyorlanadi. Toshlar katta–kichikligiga qarab balandligi 500 mm va undan
ortiq bo‟lgan yirik (bloklar), balandligi 200 mm gacha bo‟lgan mayda donali toshlar hamda
balandligi 65 mm, 88 mm yoki 103 mm, rejadagi o‟lchamlari esa 250x120 mm li g‟ishtlarga
ajratiladi. Tosh materiallarga quyidagi asosiy talablar qo‟yiladi: ular mustahkam, uzoqqa
chidamli va issiqlikni saqlaydigan xossalarga ega bo‟lishi lozim. Tosh–g‟isht mustahkamligining
asosiy tavsifi uning markasi hisoblanadi. Marka ularning siqilishga bo‟lgan vaqtli qarshiligi
(kgk/sm
2
hisobida) kattaligi bo‟yicha, g‟ishtlar uchun esa egilishdagi mustahkamligini hisobga
olgan holda siqilishdagi vaqtli qarshiligi bo‟yicha belgilanadi. Mustahkamligi past (4, 7, 10, 15,
25, 35, 50 markali) tosh materiallarga yumshoq ohak toshlar, xom g‟isht,yengil beton toshlar,
o‟rtacha mustahkamlikdagi materiallarga (75, 100, 125, 150, 200 markalilar) tabiiyyengil toshlar,
beton va keramik toshlar; turli xil g‟ishtlar kiradi. Yuqori darajada mustahkam (250, 300, 400,
500, 600, 800, 1000 markali) tosh materiallarga tabiiy og‟ir va beton toshlar va klinker g‟isht
kiradi.
4
Toshning sovuqqa bardoshligi uning uzoqqa chidamliligining asosiy tavsifi hisoblanadi.
Sovuqbardoshlik toshning sovuqqa bardosh bera olishini ko‟rsatuvchi marka bilan baholanadi.
Bu marka toshning muzlash–erish (suvga to‟yingan holatda) sikllarining nechtasiga bardosh bera
olishini ifodalaydi. Tosh materiallarning sovuqbardoshlik bo‟yicha quyidagi markalari
belgilangan: Mrz 10, 15, 25, 35, 50, 75, 100, 150, 200, 300. Beton toshlar uchun
sovuqbardoshlik bo‟yicha markalari ham shularning o‟zi (faqat Mrz 10 bundan mustasno).
Materialning talab etiladigan sovuqbardoshligi konstruksiya turiga, uni ishlatilish
sharoitlariga va talab etiladigan uzoqqa chidamlilik (ishonchlilik) darajasiga bog‟liq bo‟ladi,
Uzoqqa chidamlilik (ishonchlilik)ning uch darajasi belgilangan: 1 daraja–xizmat muddati
oshirilgan (taxminan 100 yildan ortiqqa mo‟ljallangan) to‟sib turuvchi konstruksiyalar uchun; II
daraja–xizmat muddati o‟rtacha bo‟lgan (taxminan 50–100 yilga mo‟ljallangan) to‟sib turuvchi
konstruksiyalar uchun; III daraja – xizmat muddati kamaytirilgan (taxminan 20 – 50 yilga
mo‟ljallangan) to‟sib turuvchi konstruksiyalar uchun.
Issiqlik izolyasiyasi xossalari binoning tashqi devorlarini ko‟tarishga bir yo‟la qilinadigan
chiqimga ham, binoni isitishga ketadigan foydalanish sarflariga ham jiddiy tasir etadi.
Materialning hajmiy massasi qancha katta bo‟lsa, uning issiqlik o‟tkazuvchanligi shuncha yuqori
bo‟ladi, tashqi devorlar esa qalin chiqib, qimmatga tushadi. Shu sababdan tashqi devorlar uchun
4
William T. Segui. “Steel design” Fifth edition, The University of Memphis 2013 (150-160 betlar).
267
hajmiy massasi kam bo‟lgan tosh materiallar yoki g‟ovak g‟isht, yacheykali beton, ichi bo‟sh
keramik yoki beton toshlar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Tosh–g‟isht terish uchun sement, ohak, gips, gil va aralash (sement–ohak, sement–gil va
shunga o‟xshash) qorishmalar ishlatiladi. Hajmiy massasi (
) ga ko‟ra ular og‟ir (
1500 kg/m
3
)
va yengil (
< 1500 kg/m
3
) qorishmalarga bo‟linadi. Og‟ir qorishmalar uchun kvars, ohak va
boshqa xil qumlar,yengil qorishmalar uchun esa shlak, tuf, pemza kukunlari va boshqa yengil
qumlar to‟ldiruvchi material hisoblanadi. Qorishma alohida toshlarni bir–biriga bog‟lab, yaxlit
devorga aylantiradi. Qorishma orqali kuchlanish bir toshdan ikkinchi toshga tekis uzatiladi,
shuningdek, devorning havo va nam o‟tkazuvchanligi kamayadi. Shunga ko‟ra devorning
mustahkamligi, uzoqqa chidamliligi, teplotexnik ko‟rsatkichlari ko‟p jihatdan qorishmaning
tarkibi va miqdoriga bog‟liq. Qorishma devorning gorizontal va vertikal choklarini to‟ldirish
uchun qulay bo‟lishi, tarkibidagi suvni tutib tura oladigan darajada qo‟zg‟aluvchan bo‟lishi
kerak. Uning tarkibi bir jinsli, qotgandan keyin esa talab etiladigan darajada mustahkam va
sovuqbardosh bo‟lishi kerak. Qorishmaning mustahkamligi uning markasi bilan baholanadi. Bu
marka qorishmadan yonlari 7 sm li qilib yasalgan va 28 kun saqlangan kublar siqilganda
ko‟rsatgan
vaqtli
qarshilik
(kg/sm
2
da)
bilan
belgilanadi.
Qorishmalar
uchun
4, 10, 25, 50, 75, 100, 150, 200 loyiha markalari belgilangan. Muzlatish uslubi bilan ko‟tarilgan
devordagi muzdan tushgan qorishma kabi yangi to‟shalgan qorishmaning mustahkamligi ham
nolga teng deb olinadi.
Armotosh konstruksiyalarga ishlatiladigan armatura A–I sinfdagi issiqlayin prokatlangan
po‟lat, A–II sinfdagi, diametri 6 dan 40 mm gacha bo‟lgan davriy profilli po‟lat, shuningdek,
Bp–I sinfdagi, diametri 3 – 8 mm li sovuqlayin cho‟zib taram–taram qilingan oddiy armatura
simdan iborat.
Tosh–g‟isht devorning mustahkamlik tavsiflari
Tosh–g‟isht devorning mustahkamligi tosh bilan qorishmaning mustahkamligiga, terish
sifatiga va boshqa omillarga bog‟liq. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‟rsatadiki, devorning vertikal
choklari amalda hech qanday ish bajarmaydi, chunki qorishma qota boshlagach kirishib, buning
oqibatida vertikal choklarda qorishmaning tosh bilan bog‟lanishi buziladi.
Yuk devorning yuqori qatorlaridan pastki qatorlariga gorizontal choklar orqali beriladi.
Qorishmaning qotishi bir xil bo‟lmaganligi va toshlar notekis bo‟lganligi sababli yuk ayrim
nuktalarga bir tekis uzatilmaydi. Natijada, siqilgan devordagi toshlar faqat siqilibgina qolmay,
balki egiladi va hatto darz ketadi.
O‟q bo‟ylab siqilish jarayonida, har qanday material singari devor ham ko‟ndalangiga
deformasiyalanadi. Qorishmaning ko‟ndalangiga deformasiyalanishi, odatda, toshnikidan ortiq
bo‟ladi. Qorishma bilan tosh o‟zaro bog‟langanligi sababli, ular mustaqil deformasiyalana
268
olmaydi. Buning oqibatida bog‟lanishning gorizontal tekisliklari bo‟ylab urinma kuchlanish
paydo bo‟ladi. Bu kuchlanish ta‟siri ostida qorishma siqiladi, tosh esa ko‟ndalang yo‟nalishda
cho‟ziladi. Qorishma qancha kuchsiz bo‟lsa, cho‟zuvchi kuchlanishlar shuncha katta bo‟ladi. Shu
sababli qorishma mustahkamligi kamayishi bilan devorning mustahkamligi ham kamayadi.
Vertikal siquvchi yuk noldan devorni buzish darajasiga qadar ortib borishi 4 bosqichda
o‟tadi (25.1–rasm). I bosqichda (devordagi kuchlanish buzuvchi kuchlanishlarning 50% idan
kam bo‟ladi) devor yaxlit materialdek ishlaydi, unda yoriqlar paydo bo‟lmaydi. II bosqichda
ayrim g‟ishtlarda mahalliy vertikal yoriqlar paydo bo‟ladi, ular balandlik bo‟ylab devorning 1–3
qatoriga tarqaladi. Bu yoriqlar, odatda, hali havfli hisoblanmaydi, chunki ular o‟zgarmaydigan
yuk tasirida boshqa tarqalmaydi, kuchlanish esa buzuvchi kuchlanishlarning faqat 50 – 70% ini
tashkil etadi; shu bilan birga juda pishiq qorishma ishlatilgan devordagi (bu bosqichda)
kuchlanish buzuvchi kuchlanishlarning 70 – 80% igayetishi mumkin. Yukning bundan keyin
ortishi (III bosqich) da vertikal yoriqlarning ayrimlari tutashadi, buning oqibatida material
alohida ustunchalarga bo‟linadi; bu paytda devordagi kuchlanish buzuvchi kuchlanishlarning 89
– 90% iga teng bo‟ladi. Nihoyat, dezorning buzilishi – IV bosqich boshlanadi. Bunda materialda
ilgari paydo bo‟lgan ayrim ustunchalar ustivorligini yo‟qotib vayron bo‟ladi.
10 va undan yuqori markadagi qorishmalar ishlatib ko‟tarilgan devor uchun siqilishga
ko‟rsatiladigan vaqtli qarshilik R‟
i
(mustahkamlik chegarasi) L.I.Onishchik formulasidan
aniqlanadi:
R‟
i
=AR
1
[1–
a
/(
b
+R
2
/2R
1
)],
(1)
buyerda R
1
vaR
2
– tosh–g‟isht va qorishmaning tegishlicha mustahkamlik chegarasi;
a
va
b
–
devor
turini
hisobga
oluvchi
empirik
koeffisientlar;
a
= 0,09…0,20,
b
=0,25…0,30; A –konstruktiv koeffisient; u harsangtosh devor uchun
0,15…0,25 ga, g‟isht devor uchun 0,5…0,6 ga, yirikyengil beton bloklardan terilgan devor
uchun 0,8 ga va og‟ir betondan ko‟tarilgan devor uchun 0,9 ga teng.
Devorning siqilishga bo‟lgan mustahkamligidan tashqari, ba‟zi hollarda cho‟zilish va
kesilishga bo‟lgan mustahkamligini etiborga olishga to‟g‟ri keladi. Devorning cho‟zilishi
bog‟langan va bog‟lanmagan kesimda sodir bo‟lishi mumkin (25.1–rasm). Bog‟langan kesim
bo‟ylab cho‟zilishda (25.1,b–rasm) devor qorishma bo‟yicha (1–1kesim) yoki tosh–g‟isht va
qorishma
(2
–
2
pog‟onali
kesim
yoki
3 – 3 yassi kesim) bo‟yicha buziladi.
Bog‟lanmagan kesimda (25.2,a–rasm) devor, odatda, tosh–g‟isht bilan qorishmaning
gorizontal choklariga tutashgan joyidagi tekislik bo‟yicha buziladi. Biroq, agar qorishmaning
cho‟zilish vaktidagi mustahkamlik chegarasi tosh bilan qorishma o‟rtasidagi bog‟lanishdan kam
bo‟lib qolsa, unda devor qorishma bo‟yicha buzilishi mumkin.
269
Devorning bog‟langan kesim bo‟ylab markaziy cho‟zilishi doiraviy rezervuarlar, silos
minoralari va boshqa inshootlarni hisoblashda, egilishda cho‟zilishi esa devorlar va ustunlarning
nomarkaziy siqilishini hisoblashda etiborga olinadi.
Bazi hollarda tosh devor kesilishga ham duchor bo‟lishi mumkin. Bunda kesilish
bog‟lanmagan kesim bo‟ylab ham, bog‟langani bo‟ylab ham sodir bo‟lishi mumkin.
G‟isht terimining yuk ostidagi ish bosqichlari
25
–
rasm. G‟isht terimining siquvchi yuk ortib borishi jarayonidagi to‟rtta ish bosqichi
a)
b)
25.2–rasm. Terimning cho‟zilish sxemasi: a–bog‟lanmagan kesimda; b– bog‟langan
kesimda
Tosh–g‟isht devorning deformasiyalanish tavsifi
Devor elastik jism bo‟lmaganligi uchun kuchlanishlar bilan deformasiyalar o‟rtasidagi
bog‟liqlik chiziqli bo‟lmaydi (25.3–rasm). Tosh–g‟isht terimining berilgan kuchlanishlar
bo‟yicha deformasiya moduli bu kuchlanishlarga to‟g‟ri keladigan nuqtadagi egri chiziqqa
o‟tkazilgan urinma qiyalik burchagining tangensi orqali izohlanadi.
270
25.3–rasm. Terimning qisqa muddatli siqilishida «kuchlanish–deformasiyalar»
diagrammasi
Elastiklik modulining vaqtli qarshilikka mutanosibligi tajriba yo‟li bilan aniqlangan.
Armaturalanmagan terim uchun elastiklik moduli quyidagi formula orqalitopiladi:
E
o
=
R'
i
,
(2)
Buyerda
– terimning elastiklik tavsifi.
Devorning (3) formulada keltirilgan siqilishga bo‟lgan mustahkamlik chegarasi (vaqtli
qarshiligi) ning o‟rtacha qiymatini quyidagi formuladan aniqlash mumkin:
R‟
i
=
R,
(3)
Buyerda R – terimning hisobiy qarshiligi;
– havfsizlik koeffisienti. Shuni etiborga olish
kerakki, g‟isht va barcha xildagi tosh–g‟ishtlardan, shuningdek, kesilgan harsangtosh,
harsangtosh qo‟shib tayyorlanadigan yirik beton bloklar uchun va vibrasiyalangan g‟isht
terimdan ishlangan panellar uchun
= 2, g‟ovak betonlardan tayyorlangan yirik va mayda
bloklar uchun
= 2,25 ga teng bo‟ladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Tosh–g‟isht konstruksiyalarga ishlatiladigan toshlar qanday sinflanadi?
2.
Tosh–g‟isht terimga qanday qorishmalar ishlatiladi?
3.
Terimning siquvchi yuk tasiri ostida ishlashiiing asosiy bosqichlari qanday?
4.
Tosh terimda kuchlanishlar bilan deformasiyalar o‟rtasidagi bog‟lanish nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |