141
1-rasm. Nishabli tom yopmalari:
a – tunukali yopma; b, v – asbest-sement plitkali yopma; g – o‟rama materialdan to‟shalgan
yopma; d – cherepitsali yopma; ye – asbest-sement listli yopma; 1 – mauerlat; 2 – tarnov; 3 –
tarnovning novi (jyolob); 4 – qotirgich; 5 – ilmoq; 6 – jyolob devori; 7 – tunukaning vertikal
choki; 8 – gorizontal chok; 9 – obreshyotka; 10 – stropil oyog‟i; 11 – ikki qavatli vertikal chok;
12 – bir qavatli vertikal chok; 13 – asbest-sement listi; 14 – qotirgich detali; 15 – ruberoid; 16 –
pergamin; 17- asbest-sement listi.
Mineral materialdan tayyorlangan yopmalar tekis yoki to‟lqinsimon ko‟rinishdagi asbest-
sement listlar va cherepitsalardan iborat bo‟ladi. Bunday yopma nishabi 25
0
dan 45
0
gacha
bo‟lgan tomlarda qo‟llaniladi. Yumshoq rulon materialladan qilingan tom yopmalari qalinliga
19-25 mm bo‟lgan yaxlit taxta to‟shama ustidan yotqiziladi. Tomlarga rulon materiali ikki
qatlamli (tom nishabi 12
0
dan katta bo‟lsa) yoki uch qatlamli (tom nishabi 12
0
gacha bo‟lsa)
ko‟rinishda yopishtiriladi.
Tomlardan asmosfera suvlarini oqizib to„ldirib yuborish usuliga ko„ra tomlar tarnovli (suv
bir joyga to„planadigan) yoki tarnovsiz bo„ladi
66
.
Tarnovli tomlar asosan besh qavatgacha bo„lgan binolarda uchraydi. Bunday usulda
suvlarni bo„g„ot chetidan oqizib tushirish mo„ljallangan bo„ladi. Bunday hollarda bo„g„otni
66 David Littlefield METRIC HAND BOOK Planning and Design Data/ Elsevier Ltd, USA, 2008 – 851 p. (690-
691 betlar)
142
devor satxidan kamida 550 mm chiqarish talab etiladi. Tarnovli tomlarda devorga yopishgan
yoki osilgan suv yig„uvchi voronkaga suvni tushirib yuboruvchi tarnovlar o„rnatiladi. Tarnovlar
diametri odatda 13 sm ni tashkil etib, ular soni 1 sm2 truba kesimiga 1m2 tom yopmasi yuzasi
to„g„ri kelishi bo„yicha hisoblab topiladi va bir-biridan 18-20 metr masofada o„rnashtiriladi.
Tarnovlar devorlarga maxsus qoziq mix yordamida qoqiladi (2-rasm).
2-rasm. Tomlardan suvlarni ketkazish uchun mo‟ljallangan
tarnovlar
a – tarnov bo‟g‟ot
orqali tushurilgan; b –parapet devorda qoldirilgan
teshik orqali tushurilgan
tarnov.
Tarnovli tomlar asosan besh qavatligacha bo‟lgan binolarda o‟rnatiladi. Tarnovli tomlarda
devorga yopishgan yoki osilgan suv yig‟uvchi maxsus moslama (voronka)ga suvni tushrib
yuboruvchi tarnovlar o‟rnatiladi (3-rasm). Tarnovlar bir-biridan 18-20 metr masofada
o‟rnatiladi. Tarnovlar devorga maxsus qotirgichlar yordamida
mahkamlanadi
67
.
3-rasm. Tarnovlarni
devorga maxkamlash
3 Маклакова Т.Г., Нанасова С.М., Шарапенко В.Г., Балакина А.Е. Архитектура/Учебник – М.: Изд-во АСВ,
2004 (384-388 bet)
143
Balandligi 10 m dan va nishabi 18
0
dan katta bo„lgan bino tomlarida tomlarni
qorlardan tozalash yoki uni tuzatish chog„ida kishilar xavfsizligini ta‟minlash maqsadida
balandligi kamida 0,6 m bo„lgan metall panjaralar o„rnatiladi.
a) yendova tashkil yetilsa b) suv ketish
lotogi tashkil yetilsa
4-rasm. Suv ketishi bino
ichidan tashkil etilganda
Yog„in-sochin suvlari tomdan tashqariga oqiziladigan bo„lganda tashqi devorning yuqori
qismi tugallanganligini ko„rsatuvchi profillangan do„ng joyi bo„g„ot (piramon) deb ataladi. Agar
yog„in-sochin suvlari tomdan bino ichi orqali maxsus qurilmalar yordamida tushurib
yuboriladigan bo„lsa, u xolda devorning tepa qismi tomdan yuqoriga chiqariladi va devorni bu
qismini parapet deb ataladi. Ularning balandligi 0,5-1,0 m ga teng bo„lib, u bino atrofini ikki
yoki uch tomondan o„rab turadi.
G„ishtin binolarda bo„g„otlar ko„pincha g„ishtdan terib chiqiladi, ayrim xollarda esa temir-
beton plita yoki yog„ochdan ishlangan bo„lishi ham mumkin. G„ishtin bo„g„otlar devor satxidan
devor qalinligining yarmi barobarida chiqariladi. Temir-beton plita ishlatilganda bo„g„otlar devor
satxidan nisbatan ko„p chiqarilishi mumkin (5-rasm).
144
5-rasm. Bo„g„otlar konstruksiyasi:
1 – stropil oyog„i; 2 – sim boylagich; 3 – anker to„sini;
4 – bo„g„ot plitasi; 5 – po„lat anker.
Do'stlaringiz bilan baham: