Nazorat savollari
1.
Qanday devor terimining tizimlarini bilasiz?
2.
Gishtli devorlar qanday armaturalanadi?
3.
Qanday devor terimi tizimlari xorijiy mamlakatlarda qo`llaniladi?
4.
Yuk ko‟taruvchi devorlar sxemasida loyihalangan binolarda zilzilaga qarshi qanday
tadbirlar qo‟llaniladi?
5.
Kompozit devor terimi haqida nimalar bilasiz?
6.
Yirik blokli bino sxemalari haqida nimalar bilasiz?
81
9 - MA’RUZA
KARKASLI BINOLAR.
Reja:
1.
Karkasli binolar.
2.
Karkasning asosiy elementlari
Karkasli binolar. Karkasning asosiy elementlari
Karkas – bu poydevorga qistirib mahkamlangan ustunlar va ushbu ustunlarga tayangan rigel,
so`ng orayopma yoki yopma plitalardan hamda bog`lovchilardan iborat bo`lgan tizim bo`lib, bu
elementlarning barchasi tizimning geometrik o`zgarmasligini va ustuvorligini taminlaydi.
Karkas -binoga tushadigan yuk va tasirlarni o`ziga qabul qiladi.
1-rasm. Yig`ma temirbeton karkasi:
1 – poydevor; 2 – ustun; 3 – rigel, 4 – yopma plita
Karkasli binolarni loyihalashda binoning hajmiy-rejaviyyechimiga mos keladigan
unifikatsiyalashgan parametrga ega bo`lgan karkas elementlari tanlanadi. (ustunlar qadami, plita
va rigel oralig`i, qavat balandligi).
Seysmik tumanlarda seriyasi IIS-04 bo`lgan yig`ma karkaslar yoki 1.020.1 – 2S seriyali
karkaslarni qo`llash mumkin.
82
2-rasm. Seysmik tumanlarda seriyasi 1.020.1 – 2S seriyali karkasli bino
Barpo etish materiali bo`yich karkasli binolar (3-rasm):
Temirbeton (a)
Yog`och (b)
Metal karkasdan (v) iborat bo`ladi.
38
38. Маклакова Т.Г., Нанасова С.М., Шарапенко В.Г., Балакина А.Е. Архитектура/Учебник – М.: Изд-во АСВ,
2004 – 464 с. (263-266 bet)
83
3-rasm. Karkasli binolar
Karkasli binolarning statik sxemalari.
4-rasm. Jamoat binolari temirbeton karkaslarining sxemalari
1 – poydevor; 2- devor paneli; 3 – ustun;
4, 6 – rigel; 5 – orayopma plitasi.
Karkaslar kompanovkasi va konstruktiv sxemalarining tasnifi
Ko`p qavatli sinch (karkas)li binolarning bikrligi va ustuvorligi, yuk ko`taruvchi
elementlarini romli (a); rama-bog`lagichli (b) va bog`lagichli (v) sxemalarda loyihalash bilan
amalga oshiriladi.
84
5-rasm. Karkasning statik sxemalari:
a – ramali; b – rama-bog`lovchili; v – bog`lovchili;
1 – rama; 2 – bikirlik diafragmasi; 3 – orayopmaning bikir diski
Ko`p qavatli sanoat binolari temirbetondan yoki po`lat karkasdan iborat bo`lishi mumkin.
Odatda ko`p qavatli sanoat binolari temirbeton karkasda ishlanadi.
Ko`p qavatli sanoat binolari konstruktiv yechimiga ko`ra to`liq karkasli, tashqi devori yuk
ko`taruvchi va yarim karkasli binolar turiga bo`linadi.
85
Ko`p qavatli temirbeton karkasli binolar o`z strukturasiga ko`ra
to`sinli
, ya`ni ustun, rigel
va plitadan iborat bo`lgan hamda
to`sinsiz,
ya`ni ustun, kapiteliy va plitalardan tashkil topgan
bo`ladi.
Ramali sxema
Romli tizim bu ustunlarni va rigellarni hamda orayopmalarni o`zaro bog`lash orqali bikr
va mustahkam fazoviy tizim xosil qilishdir. Bunda barcha gorizontal va vertikal yuklarni xosil
qilingan tizim qabul qiladi. Romli tizimning bo`ylama va ko`ndalang tugunlari bikr
mahkamlanadi.
Bu tizim sermehnat va ko`p po`lat sarfini talab etadi.
6-rasm. Ramali sxema
Rama-bog`lagichli tizim
Rama-bog`lagichli tizim ko`ndalang joylashgan yassi ramalar va bo`ylama yo`nalishda
joylashgan bikr bog`lovchilardan tashkil topadi. Ushbu karkas turida gorizontal yuklarni nafaqat
ramalar balki “bikrlik diafragmalari” qabul qiladi.
Vertikal yuklar esa ko`ndalang ramalarga uzatiladi. Bunda ko`ndalang joylashgan yassi
ramalar binoning faqat ko`ndalang yo`nalishdagi mustahkamligini taminlaydi. Binoning
bo`ylama mustahkamligi esa “bikrlik diafragmalari” yordamida taminlanadi.
86
7-rasm. Rama-bog`lagichli tizim
Bog`lagichli tizim
Bog`lagichli tizimda ramalar faqat vertikal yuklarni qabul qilib, gorizontal yuklar esa
orayopmalar yordamida vertikal diafragmalarga yoki mustahkamlik o`zagiga (yadro jyostkosti)
uzatiladi.
Bog`lagichli tizim bu rigelsiz karkasli konstruktsiyalarda qo`llaniladi.
Binoda diafragmalar o`zaro simmetrik joylashgan bo`lishi kerak.
Bikrlik diafragmalari yig`ma yoki monolit ko`rinishda bo`lishi mumkin. Bunda
diafragmalar binoning butun balandligi bo`yicha xosil qilinadi.
8-rasm. Bog`lagichli tizim
Diafragma va mustahkamlik o`zaklari
Gorizontal yuklarni qabul qiluvchi diafragma va mustahkamlik o`zagi binoning
balandligi bo`ylab bir xil bo`lishi va ikki tomonlama yo`nalishda binoning og`irlik markaziga
nisbatan simmetrik bo`lishi kerak.
87
Qavat balandligiga teng bir xil o`lchamli yig`ma vertikal diafragmalar (qalinligi 140 mm
li) temirbeton panellar ko`rinishida loyihalanadi.
Binoning zilzilaviy chidamliligini taminlashda asosiy vazifani qavatlararo yopmalar
bajaradi, ular gorizontal zilzila kuchini karkas vertikal konstruktsiyalari orasida taqsimlaydi.
9-rasm. Diafragma va mustahkamlik o`zaklari
Mustahkamlik o`zaklari
Minora ko`rinishidagi binolarning markazida qo`shtavr, kvadrat yoki xoch shaklidagi
fazoviy mustahkamlik o`zaklari joylashtiriladi.
Ushbu fazoviy mustahkamlik o`zaklarining gabarit o`lchamlarini binoga tasir etuvchi
hisobiy yuklar va seysmik yukni etiborga olgan holda hisoblab topiladi.
88
10-rasm. Mustahkamlik o`zaklari
Binolarni quyidagi xollarda zilzilaga qarshi choklar bilan ajratish kerak:
•
bino murakkab shaklga ega bo`lsa;
•
bino uchastkalarining balandligi 5 m va undan ortiq bo`lsa.
Zilzilaga qarshi choklar binoni butun balandligi bo`ylab ajratishi kerak. Zilzilaga qarshi chok
cho`kish choki bilan bir xil bo`lgan taqdirda, poydevor choksiz bo`lishi mumkin. Zilzilaga qarshi
chok juft devorlar yoki romlarni qo`yish orqali bajariladi.
Balandligi 5 metrgacha bo`lgan binolarda zilzilaviy chokning eni 3 sm dan kam bo`lmasligi
kerak. Juda baland binolarda zilzilaga qarshi chokning eniga binoning har 5 m balandligi uchun
2 sm dan qo`shib borish tavsiya etiladi.
Karkasli bino konstruktiv elementlari
Poydevor – binoning yer ostki qismida joylashib, ustunlardan tushadigan barcha yuklarni
o`ziga qabul qilib oladi.
Karkasli binolarda yig`ma va quyma ko`rinishdagi ustun osti (stakansimon) poydevorlar
qo`llaniladi.
89
11-rasm. Yig`ma temirbeton poydevor
Ustun osti poydevorlarining pastki pog`onasi stakansimon ko`rinishdagi maxsus bloklardan
tashkil topadi.
12-rasm. Ustunsimon poydevor ko`rinishi
Poydevorlar katta o`lchamga ega bo`lganda poydevor osti pog`onalarining sonini ortirish
mumkin.
90
13-rasm. Ustunsimon poydevor tarxining ko`rinishi
14-rasm. Ustunsimon poydevor joylashgan bino qisminung tugunlari
Poydevorlarning joylashish chuqurligi binoning hajmiy- rejaviyyechimiga bog`liq bo`ladi (yer
osti qavatining borligi yoki mavjud emasligi, lift, qurilish tumani gidrogeologik sharoitlari)
39
.
39 R.Chudley, R.Greeno BUILDING CONSTRUCTION HANDBOOK /Elsevier Linacre House, Jordan Hill,
Oxford OX28DP,UK, 2008 – 754 р. (484 bet)
91
15-rasm. O`rtacha yuklangan ustunni poydevorga o`zaro birikishi
16-rasm. Katta miqdorda yuklangan ustunni poydevorga birikishi
92
Karkasli binolarni zaif va bir jinsli bo`lmagan gruntlarda qurish jarayonida, ustunlarga
tushadigan yuk katta bo`lib, poydevor cho`kishini oldini olish uchun tasmasimon poydevorlar
qo`llanilishi maqsadga muvofiqdir
40
.
17-rasm. Tasmasimon poydevor ko`rinishi
Plitali poydevorlar
18-rasm. Plitali poydevorni barpo etish
Ko`p qavatli binolarni zaif va bir jinsli bo`lmagan gruntlarda qurishda, asosning notekis
cho`kishini oldini olish uchun qovurg`ali yoki to`sinsiz yaxlit plitali poydevor qo`llaniladi.
40.
Edward Allen. How Buildings Work. THE NATURAL ORDER OF ARCHITECTURE/ OXFORD UNIVERSITY
PRESS , USA, 2005 – 270 р (201 bet)
93
Plitali poydevorning qalinligi ustunlar qadamiga ko`ra qabul qilinadi: qovurg`a plitali
poydevor uchun 1/8 -1/10 L, yaxlit plitali poydevor uchun esa 1/6 – 1/8 L.
buyerda: L-ustun qadami
Plitali poydevorlar egilishga ishlab, odatda temirbetondan ishlanadi
41
.
19-rasm. Plitali poydevor ko`rinishi
20-rasm. Plitali poydevor
42
.
41.
Edward Allen. How Buildings Work. THE NATURAL ORDER OF ARCHITECTURE/ OXFORD UNIVERSITY
PRESS , USA, 2005 – 270 р (201 bet)
94
Qoziqli poydevorlar
Qoziqli poydevorlar asos tuprog`i bo`sh va siqiluvchan gruntlarda qo`llaniladi.
Ular rostverk va qoziq qismidan iborat bo`ladi.
21-rasm. Qoziqli poydevor konstruktsiyasi
Qoziqli poydevorlar:
Asosga yukni uzatish usuliga ko`ra:
a) ”ustun” qoziq (cho`kuvchan tuproq qatlamidan o`tib, qattiq va mustahkam bo`lgan tuproq
qatlamiga yukni uzatib beradi)
b) ”osma” qoziq (qattiq va mustahkam bo`lgan tuproq qatlamigayetmasdan, binodan
tushayotgan vertikal yukni qoziq sirti bilan tuproqning ishqalanish kuchi hisobiga ishlaydi )
43
.
42 R.Chudley, R.Greeno BUILDING CONSTRUCTION HANDBOOK /Elsevier Linacre House, Jordan Hill,
Oxford OX28DP,UK, 2008 – 754 р. (210 bet)
43 R.Chudley, R.Greeno BUILDING CONSTRUCTION HANDBOOK /Elsevier Linacre House, Jordan Hill,
Oxford OX28DP,UK, 2008 – 754 р. (212-218 bet)
95
22-rasm. Qoziqli poydevorni barpo etish
23-rasm. Qoziqli poydevor konstruktsiyasi
Zaminga kiritish usuliga ko`ra:
a) qoqib kiritiladigan (maxsus tayyorlangan qoziqniyerga uskunalar yordamida qoqib yo burab
kiritiladi);
b) quyma (oldindan burg`alangan quduqlarga beton quyish yordamida kiritiladi).
Shakliga ko`ra: qoziqlar prizma va tsilindr shakliga ega bo`ladi.
44
.
Shuningdek, yog`och qoziqlar ham qo`llanilib, ularning diametri kamida 180 mm bo`lib,
uzunligi 4,5 dan 16 m gacha bo`ladi.
44.
Edward Allen. How Buildings Work. THE NATURAL ORDER OF ARCHITECTURE/ OXFORD UNIVERSITY
PRESS , USA, 2005 – 270 р (202 bet)
96
Do'stlaringiz bilan baham: |