O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Xedjirlash operatsiyasi bo’yicha soliq



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

341-modda. Xedjirlash operatsiyasi bo’yicha soliq 
bazasini aniqlashning
o’ziga xos xususiyatlari
Ushbu Kodeksning 
54-moddasi birinchi qismi
talablarini inobatga olgan holda 
xedjirlash operatsiyasi amalga oshirilgan taqdirda, soliq bazasini aniqlashda 
xedjirlash ob’ekti bilan bog’liq bo’lgan daromadlar va xarajatlar hisobga olinadi. 
Banklar foyda bo’yicha soliq bazasini uyushgan bozorda muomalada 
bo’lmagan va asos aktivi chet el valyutasidan iborat bo’lgan, etkazib beriladigan 
muddatli bitimga doir operatsiyalar bo’yicha ko’rilgan zararning summasiga 
kamaytirishga haqli. 
Asos aktivlari foizli stavkalardan iborat bo’lgan muddatli bitimlarning 
moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirishda bunday vositalarning 
shartlarida nazarda tutilgan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda daromadlarni 
(xarajatlarni) hisobga olish hisobot (soliq) davrining so’nggida amalga oshirilmaydi. 
Bunda muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir tegishli operatsiyalar 
bo’yicha daromad (xarajat) deb shu jumladan foizli stavkalardan kelib chiqqan holda 
hisoblab chiqarilgan va bunday operatsiyalarga doir shartnomaga muvofiq olinishi 
(to’lanishi) lozim bo’lgan daromadlar (xarajatlar) e’tirof etiladi. 
Tegishli shartnomada nazarda tutilgan to’lovlarning sanasi bunday 
operatsiyalar bo’yicha daromadlarni (xarajatlarni) e’tirof etish sanalari deb tan 
olinadi. 
342-modda. Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhining ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar 
bo’yicha soliq bazasini aniqlashning o’ziga xos xususiyatlari
 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining barcha ishtirokchilari 
tomonidan olingan daromadlar bo’yicha soliq bazasi (bundan buyon ushbu moddada 
konsolidatsiyalashgan 
soliq 
bazasi 
deb 
yuritiladi) 
soliq 
to’lovchilar 


328 
konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining soliqqa tortish maqsadlarida 
hisobga olinadigan barcha daromadlarining va barcha xarajatlarining summalari 
asosida, ushbu moddada belgilangan o’ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda 
aniqlanadi. 
Bu maqsadlar uchun ushbu guruhning har bir ishtirokchisi soliq to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisiga konsolidatsiyalashgan 
soliq bazasini hisoblab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha zarur axborotni soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to’g’risidagi 
shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etadi. 
Soliq bazasini aniqlash va soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining 
mas’ul ishtirokchisiga zarur axborotni taqdim etish tartibi soliq siyosatida soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga soliq solish maqsadida belgilanadi.
Konsolidatsiyalashgan soliq bazasining hisobot (soliq) davridagi hisob-kitobi 
ushbu moddaga muvofiq ushbu guruh barcha ishtirokchilarining ma’lumotlari 
asosida, soliq to’lovchilar uyushgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan 
soliq davri boshlanganidan e’tiboran o’sib boruvchi yakun bilan mustaqil ravishda 
tuziladi. 
Konsolidatsiyalashgan soliq to’lovchilar guruhining konsolidatsiyalashgan 
soliq bazasi ushbu guruh barcha ishtirokchilarining ushbu bo’lim qoidalari hisobga 
olingan xarajatlarining arifmetik summasiga kamaytirilgan xarajatlarining arifmetik 
summasi sifatida aniqlanadi. Manfiy farq soliq to’lovchilar uyushgan guruhining 
zarari deb e’tirof etiladi. 
Konsolidatsiyalashgan 
soliq 
to’lovchilar 
guruhi 
ishtirokchilarining 
daromadlarni to’lash manbaida soliq solinishi lozim bo’lgan daromadlari, 
shuningdek konsolidatsiyalashgan soliq to’lovchilar guruhining nazorat qilinadigan 
chet el kompaniyalarining nazorat qiluvchi shaxslari bo’lgan ishtirokchilarining ular 
nazorat qiladigan chet el kompaniyalarining foydasi tarzidagi daromadlari 
konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydi. 
Konsolidatsiyalashgan soliq to’lovchilarning guruhi ishtirokchilari ushbu 
Kodeksning 
328-moddasiga
muvofiq kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat 
ko’rsatish bo’yicha zaxirani tovarlarni (xizmatlarni) ushbu guruhning boshqa 
ishtirokchilariga realizatsiya qilishga taalluqli qism bo’yicha shakllantirmaydi. 
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibiga soliq to’lovchi 
kirgan taqdirda, kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko’rsatish bo’yicha zaxira 
ushbu guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilingan tovarlarga (ishlarga) 
taalluqli bo’lgan zaxiralar summalariga oid qism bo’yicha tiklanadi. 
Bunda ushbu Kodeks 
328-moddasining to’rtinchi qismiga 
muvofiq 
aniqlanadigan zaxiraning eng ko’p miqdoriga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish soliq 
to’lovchi tomonidan kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko’rsatish bo’yicha 
haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning ko’rsatkichlarini aniqlash chog’ida soliq 
to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan 
guruhi 
ishtirokchilari 
o’rtasidagi 
operatsiyalarni ko’rsatilgan tovarlarni (xizmatlarni) o’tgan uch yilda realizatsiya 
qilishdan olingan tushum, shuningdek ko’rsatilgan tovarlarni (ishlarni) hisobot 
(soliq) davrida realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmida istisno etadi. 


329 
Soliq 
to’lovchi soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi 
ishtirokchisiga aylangan soliq davri boshlanguniga qadar o’tgan uch yilda tovarlarni 
(ishlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning ko’rsatkichiga tuzatish kiritish 
amalga oshirilmaydi. Soliq to’lovchi soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi a’zosi bo’lgan soliq davrlarida bu ko’rsatkich mazkur tovarlarni (ishlarni) 
bunday guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilishdan olingan tushumni 
o’z ichiga olmaydi. 
Kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko’rsatish bo’yicha tiklangan 
zaxiralarning summalari, shu jumladan zaxiraning eng ko’p miqdorini kamaytirish 
natijasidagi summalar soliq to’lovchi soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi a’zosiga aylangan soliq davridan oldingi soliq davridagi jami daromad 
tarkibiga kiritiladi. 
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi bo’lgan 
banklar soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilaridan birining 
bu guruhning boshqa ishtirokchilari oldidagi qarziga taalluqli qism bo’yicha ushbu 
Kodeksning 
327-moddasiga
muvofiq rezervni shakllantirmaydi. 
Banklar zaxirani bu guruhning boshqa ishtirokchilariga tegishli bo’lgan 
qarzning summasiga tiklaydi. Tegishli summalar bank soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi a’zosiga aylangan soliq davridan oldingi soliq 
davridagi jami daromad tarkibiga kiritiladi. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ushbu guruh tarkibiga 
kirgan, soliq davridan oldingi soliq davrlarida ushbu bobga muvofiq hisoblab 
chiqarilgan zararlarni ko’rgan a’zolari konsolidatsiyalashgan soliq bazasini o’zlari 
ko’rgan zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga 
kamaytirishga yoxud ushbu guruh tarkibiga kirgan soliq davridan e’tiboran 
zararlarni ushbu Kodeksning 
314
va 
337-moddalarida 
belgilangan tartibda kelgusiga 
o’tkazishga haqli emas. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi a’zolarining ushbu guruh 
tarkibiga kirguniga qadar ko’rgan zararlarini (shu jumladan ushbu Kodeksning 
314-
moddasiga 
muvofiq xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar ob’ektlaridan foydalanganlik 
oqibatida ko’rilgan zararlarni) konsolidatsiyalashgan soliq bazasi bilan 
umumlashtirishga yo’l qo’yilmaydi. Mazkur qoida soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibiga ushbu guruhning ishtirokchisiga qo’shib 
olish yoki bunday guruhning ishtirokchisiga qo’shib yuborish yo’li bilan kirgan 
yuridik shaxslar ko’rgan zararlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. 
Xarajatlarga soliq solish maqsadida qabul qilinadigan, Kodeksning ushbu 
bo’limida nazarda tutilgan normativlar soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhining har bir ishtirokchisi tomonidan qo’llaniladi. 
Ushbu Kodeksda qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari 
bo’lmagan soliq to’lovchilar uchun belgilangan qimmatli qog’ozlarga va muddatli 
bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha soliq bazasini 
aniqlashning o’ziga xos xususiyatlarining soliq bazasini alohida aniqlashga, 
shuningdek soliq bazasini ko’rilgan zararlar summasiga kamaytirishga va zararlarni 


330 
kelgusi davrga o’tkazishga taalluqli qismi konsolidatsiyalashgan soliq bazasini 
hisoblab chiqarish chog’ida qo’llaniladi. 
Ushbu moddada belgilangan qoidalar faqat 
349-moddaning 13-bandida
belgilangan soliq stavkasi qo’llaniladigan soliq bazasini aniqlashga, banklar, 
sug’urta tashkilotlari, birjalar, kim oshdi savdolari, bozorlar va savdo majmualari 
uchun esa – ushbu Kodeks 
349-moddasining
1-bandida 
belgilangan soliq stavkasi 
qo’llaniladigan soliq bazasini aniqlashga tatbiq etiladi. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari boshqa 
soliq stavkalari qo’llaniladigan soliq bazasini ushbu bobga muvofiq mustaqil 
ravishda belgilaydi. Ushbu qismda ko’rsatilgan soliq bazasi soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha soliqni hisoblab chiqarishda hisobga 
olinmaydi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish