O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Qimmatli qog’ozlar qadrsizlanganligi



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

338-modda. Qimmatli qog’ozlar qadrsizlanganligi 
tufayli
qimmatli qog’ozlar bozorining professional
ishtirokchilarida zaxiralarni shakllantirish
xarajatlari
Qimmatli qog’ozlar bozorining ishtirokchisiga belgilangan tartibda berilgan 
tegishli litsenziya mavjud bo’lgan taqdirda, qimmatli qog’ozlar bozorining 
professional ishtirokchilari professional faoliyatni amalga oshiruvchilar deb e’tirof 
etiladi. 
Qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari soliq solish 
maqsadlarida qimmatli qog’ozlar qadrsizlanganligi tufayli tuzilgan zaxiralarga 
ajratmalarni xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli. Bunday holda qimmatli qog’ozlar 
qadrsizlanganligi tufayli tuzilgan zaxiralarning summalari, ilgari soliq bazasini 
aniqlashda hisobga olingan tashkil etishga (tuzatish kiritishga) oid ajratmalar 
mazkur soliq to’lovchilarning daromadi deb e’tirof etiladi. 
Qimmatli qog’ozlar qadrsizlanganligi tufayli tuziladigan zaxiralar qimmatli 
qog’ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo’lgan emissiyaviy qimmatli 
qog’ozlarni sotib olish narxlarining bu qimmatli qog’ozlarning bozor kotirovkasidan 
(zaxiralarning hisob-kitob miqdori) ortiq bo’lgan miqdorda, hisobot (soliq) 
davrining oxiridagi holatga ko’ra tashkil etiladi (tuzatish kiritiladi). Bunda qimmatli 
qog’ozni sotib olish narxiga ushbu modda maqsadlarida qimmatli qog’ozni sotib 
olishga doir xarajatlar ham kiritiladi. 
Zaxiralar mazkur talablarni qanoatlantiradigan qimmatli qog’ozlarning bir 
marta chiqarilishidagi (qo’shimcha chiqarilishidagi) har bir qimmatli qog’ozga 
nisbatan, boshqa chiqarilgan (qo’shimcha chiqarilgan) qimmatli qog’ozlarning 
qiymati o’zgarishidan qat’i nazar, tashkil etiladi (tuzatishlar kiritiladi). 
O’ziga nisbatan ilgari zaxira tashkil etilgan qimmatli qog’ozlar realizatsiya 
qilingan yoki boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, ilgari soliq bazasini aniqlash 
chog’ida hisobga olingan tashkil etishga (tuzatish kiritishga) doir ajratmalar, bunday 
zaxiraning summasi soliq to’lovchining qimmatli qog’ozni realizatsiya qilish yoki 
uning boshqacha tarzda chiqib ketishi sanasidagi daromadlariga kiritilishi lozim.
Agar hisobot (soliq) davri tugagach zaxiraning mazkur davr oxiridagi qimmatli 
qog’ozlarning bozor kotirovkasi hisobga olingan holdagi summasi etarli bo’lmasa, 
soliq to’lovchi zaxira summasini yuqorida belgilangan tartibda ko’paytiradi. Agar 
hisobot (soliq) davrining oxiriga kelib ilgari tashkil etilgan zaxiraning qayta 
tiklangan summalar hisobga olingan holdagi summasi hisob-kitob qilingan 


321 
miqdordan ko’p bo’lsa, soliq to’lovchi zaxirani bunday qayta tiklash summalari 
daromadga kiritilgan holda hisob-kitob qilingan miqdorga kamaytiradi (tiklaydi). 
Qimmatli qog’ozlar qadrsizlanganligi tufayli tuziladigan zaxiralar, qimmatli 
qog’ozlar nominalining valyutasidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasining 
milliy valyutasida tashkil etiladi. Chet el valyutasida nominallashtirilgan qimmatli 
qog’ozlar uchun sotib olish narxi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
qimmatli qog’ozni sotib olish sanasidagi rasmiy kursi bo’yicha milliy valyutada 
qayta hisob-kitob qilinadi, ularning bozor kotirovkasi esa O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining zaxirani tashkil etish (tuzatish kiritish) sanasidagi rasmiy kursi 
bo’yicha aniqlanadi.
Chiqarilish shartlarida qimmatli qog’ozlarning nominal qiymatini vaqtincha 
qoplash nazarda tutilgan qimmatli qog’ozlar uchun hisobot (soliq) davrining 
oxiridagi holatga ko’ra zaxirani shakllantirish (unga tuzatish kiritish) chog’ida sotib 
olish narxiga tuzatish qimmatli qog’ozning nominal qiymatini qisman qoplash 
ulushi inobatga olingan holda kiritiladi. 
REPOning birinchi qismi bo’yicha sotuvchi bo’lgan yoki qimmatli qog’ozlar 
qarziga doir operatsiyalar bo’yicha qarz oluvchi bo’lgan soliq to’lovchi REPO 
operatsiyalari (qarz shartnomasi) bo’yicha berilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha 
qimmatli qog’ozlar qadrsizlanganligi tufayli zaxiralarni shakllantirishga haqli emas. 
REPOning birinchi qismi bo’yicha xaridor bo’lgan yoki qimmatli qog’ozlar 
qarziga doir operatsiyalar bo’yicha qarz oluvchi bo’lgan soliq to’lovchi REPO 
operatsiyalari (qarz shartnomasi) bo’yicha olingan qimmatli qog’ozlar bo’yicha 
qimmatli qog’ozlar qadrsizlanganligi tufayli zaxiralarni shakllantirishga haqli. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish